Bino va inshootlar


-amaliy mashg‘ulot: Ko‘tarma-transport uskunalari



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

2-amaliy mashg‘ulot: Ko‘tarma-transport uskunalari. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
: osma kranlar, ko‘prikli kranlar, strelali kranlar
 
Reja:
1.
Osma kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati. 
2.
Ko‘prikli kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati. 
Sanoat binosi ichida yarim fabrikat yoki tayyor mahsulotlarni bir joydan 
ikkinchi bir joyga ko‘chirish, ishchilar og‘ir qo‘l mehnatini engillashtirish va 
biron bir texnologik dastgoxlarni yig‘ish va montaj qilish ishlarini ko‘tarma 
transport vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Ko‘tarma transport uskunalari ishlash usuliga ko‘ra ikki guruxga, ya’ni 
vaqti-vaqti bilan ishlaydigan hamda uzluksiz ishlaydigan turlarga ajraladi. 
Birinchi guruhga osma vosita (relsda yuruvchi osma kranlar) ko‘prikli 
kran, erda yuruvchi transport (chorpoyali kran, elektrokara, o‘rmalovchi 
aravalar) kabilar kirsa, ikkinchi guruxga esa konveyerlar (tasmali, cho‘michli, 
kurakchali, ko‘tarma zanjirli), pnevmatik (siqilgan havo) va gidravlik transport 
vositalari kiradi. 
Sanoatda ko‘plab qo‘llaniladigan osma va ko‘prikli kranlar binolarning 
hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv echimlariga ko‘proq ta’sir etadi (1.3.-rasm.) 
Osma kranlar massalari 250 kg dan 500 kg gacha bo‘lgan yuklarni 
ko‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazib qo‘yish uchun mo‘ljallangan 
engil ko‘prikdan yoki to‘sindan iborat bo‘lib, ular yopmasining ko‘taruvchi 
konstruksiyasiga (to‘sin yoki fermaga) ilingan bo‘ladi. Bunday kranlar g‘altakli 
ikki yoki to‘rt osma profilli po‘lat yo‘lda harakatlanuvchi elektrotaldan iborat 
bo‘ladi. Oraliqlar o‘lchami yoki yopmalar ko‘taruvchi konstruksiyalari 
qadamiga qarab binoda bir yoki bir necha kranlar o‘rnatilishi mumkin. Kranlarni 
sex polida turib yoki ko‘prikka ilingan mahsus kabinadan boshqariladi. Ko‘prik 
kranlar sex ishchi oralig‘ini to‘liq yopib turuvchi ko‘taruvchi ko‘prikdan, kranni 
kranosti yo‘l bo‘yicha harakat qildiruvchi mexanizmdan va ko‘prik bo‘yicha 
yuruvchi aravachadan, hamda ko‘prikka o‘rnatilgan boshqarish kabinasidan 
iborat bo‘ladi. Sanoatda 5 t dan 500 t gacha yuk ko‘tara oladigan bunday kranlar 
ustunlar tokchasiga o‘rnatilgan kranosti to‘sinlar ustiga qotirilgan relslar ustida 
harakatlanadi. Relslar orasi unifikatsiyalangan bo‘lib, bu masofa bino oraliqlari 


36 
12: 18: 24: 30 va 36 metr bo‘lgan hollarda shularga mos holda 10,5: 16,5: 28,5 
va 34,5 m. bo‘ladi. Bunday kranlarda yuklarni bir joydan ikkinchi joyga uch 
yo‘nalishda ko‘chirish mumkin. 
1.3 rasm. Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan sanoat 
binolarining qirqimda ko‘rinishi: 
a-osma kran bilan jihozlangan; v-ko‘prikli kran bilan jihozlangan; 
1-ko‘taruvchi to‘sin; 2-harakatlanuvchi mexanizm; 3-osma yo‘l; 4- 
elektrotal; 
5-kranchi kabinasi; 6-kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi; 
7-ko‘taruvchi kran; 8-yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan 
aravacha;
9-kranosti yo‘li; 10-elektr tok o‘tkazgichlar. 
Ustunlarni ajratish o‘qlari bilan kran yuruvchi relsi o‘qlari orasidagi 
masofa ko‘pincha 750 mm qilib olinadi. 
Kranlarning asosiy texnikaviy parametrlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va 
gabaritlari Davlat Standartlari yordamida aniqlanadi. Bunda kranlarning 
samaradorligini 
tanlashda 
ular 
bir 
yo‘lda sarflanadigan harajatlar 
solishtirilmasdan, foydalaniladigan paytida bo‘ladigan chiqimlarni ham hisobga 
olinib tanlanadi. 
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul 
qiladi. Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. 
Qavatlar soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va 
rigellarida vujudga keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun 
va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini 
birxillashtirishni (unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 
qavatdan baland bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal 


37 
yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana 
shu kuchlar ta’siriga hisoblanadi. 
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda 
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik 
elementlari, vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul 
qiladi. Bunday elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar 
yoki metaldan ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining 
ko‘rsatishicha rama–bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal 
kuchlarning 80...90 % ini, agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila 
olar ekan. Rama – bog‘lagichli tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar 
orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. YOpmalar gorizontal diafragma sifatida 
ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga uzatadi. Vertikal diafragmalar gorizontal 
kuchlar ta’sirida, poydevorga mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal 
diafragmalarning bikirligi kamroq bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini 
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – bog‘lagichli tizimlarni seysmik 
hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman 
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli 
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Sanoat binolari ichida yuklarni ko‘chirish ko‘taruvchi-tashuvchi 
transport jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Transport turi sanoat 
binosioiing konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ko‘taruvchi transport jihozlarini to‘g‘ri tanlash esa ko‘p jihatdan sanoat 
binosining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini oldindan aniqlaydi. 
Sex ichi transporti ikki guruhga bo‘linadi: davriy harakatdagi trans-
port, uzluksiz harakatdagi transport. 
Birinchi guruhga er usti relssiz (avtokara, avtoyuklagicl») va relsli 
transporti, osma transport (chig‘ir, langarcha, osma kranlar, ko‘prik 
kranlar) kiradi. 


38 
Ikkinchi guruhga barcha turdagi konveerlar, pnevmatik va gidravlik 
transportiari kiradi. 
Sex ichi yuk ko‘targich va tashigichlarini tanlash binodagi 
texnologik jarayon. yukning tavsifi va ishlab chiqarish jarayonini 
zamonaviylashti- rish masalalaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi. Iloji boricha binoning konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga 
ta’sir etmaydigan yuk ko‘taruvchi va tashuvchi jihozlar - pol usti relssiz, 
osma, konveerli, pnevmatik va gidravlik transportiari qo‘llashga. ko‘prik 
va boshqa bi- noni zamonaviylashtirishga to‘sqinlik qilishi mumkin 
bo‘lgan transport vositalaridan voz kechishga harakat qilish zarur. 
CHig‘ir.
Qo‘l yoki elektr bilan yuritiladigan (
telfer),
ko‘chmas va 
ko‘chma. ochiq va yopiq bo‘lmali (xonali) chig‘irlar sanoat binolarida 
ishlatiladi. 
Langar.
Bu aravaga biriktirilgan chig‘ir bo‘lib, qo‘shtavrli to‘siq- 
ning pastki tokchasi
 {monorels)
bo‘ylab zanjirli uzatma yordamida qo‘lda 
yuritiladi. Langarlarning yuk ko‘tarish qobiliyati L—10 t. Lan- garlar
asosan ko‘tarish rnexanizini, harakatlanuvchi mexanizmli arava- cha va 
ilmoqli halqa kabi uchta bo‘g‘indan iborat. CHig‘ir va langarlar tor 
yo‘lkali ish joyida monorels bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi. bu ularning 
kamchiligi hisoblanadi. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish