Bino va inshootlar


-ma’ruza: Sanoat binolarining poydevorlari haqida umumiy ma’lumotlar



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

5-ma’ruza: Sanoat binolarining poydevorlari haqida umumiy ma’lumotlar. 
Yig‘ma va quyma poydevorlar. Sanoat binolarida ishlatiladigan 
poydevorlarning turlari. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
lentasimon poydevorlar, alohida turuvchi 
poydevorlar, qoziqli poydevorlar, yaxlit poydevorlar 
Reja:
1.
 
Sanoat binolarining lentasimon poydevorlari
 
2.
 
Sanoat binolarining alohida turuvchi poydevorlari
 
3.
 
Sanoat binolarining qoziqli poydevorlari
 
4.
 
Sanoat binolarining yaxlit poydevorlari
 
Sanoat binolarida poydevorlarini o‘rnatish uchun mehnat talablik binoga 
sarflanadigan umumiy mehnatni 6-8 % ni tashkil qiladi, temir beton sarfi esa umumiy 
hisobdan 20 % gacha etadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, poydevorlarning turi va 
formasini tanlash bino umumiy narhini tusharishga olib kelishi mumkin (2.5-rasm). 
Poydevorlarni o‘rnatish ikki xil: yig‘ma va quyma usulda amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunlarda yirik o‘lchamli poydevorlarni qurishdagi mehnat talablik katta 
bo‘lishiga qaramay quyma usulda olib boriladi. 
Agarda asos tuprog‘i cho‘kuvchan va unga katta dinamik kuchlar ta’sir etadigan 
bo‘lsa va bulardan tashqari zilzila ta’siri ham kuzatiladigan joylarda lentasimon 
poydevorlarini qo‘llash foydali hisoblanadi. 
Amaliyotda bir, ikki va ko‘p blokli yig‘ma poydevorlar ishlatiladi. 
Ularning qalinligi 100 mm dan kam bo‘lmagan qumli yoki betonli asosga 
o‘rnatiladi. 
Poydevorlarda piramida shaklida bo‘lgan “stakan” ko‘rinishidagi chuqurlar 
bo‘lib, ularga ustunlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan (2.6-rasm). 
“Stakan” chuqurligi 0,8; 0,9; va 1,25 m pog‘onalar balandligi esa 0,3 va 0,45 m 
teng qilib qabul qilingan.


77 
2.5-rasm. Sanoat binolarining poydevorlarini turlari: 
a- quyma; b-yig‘ma tuzilgan; v-qoziq oyoqli; g-yig‘ma qovurg‘ali; d-yig‘ma 
kovakli; e-ustun osti “to‘nkasimon” qismi bo‘lgan 1-rostverk; 2-qoziq. 


78 
2.6-rasm. Temir beton ustunlarning poydevor bilan tutashgan joylari a,b- 
tirqishlarni beton to‘ldirilgan ; v,g-uchlari chiqarilgan armaturalar yordamida; d-
anker boltlari yordamida tutashtirilgan ; 1-beton; 2-armatura; 3- po‘lat prokladka; 4-
po‘lat truba; 5-po‘lat plita; 6-anker. 
Poydevrolarning katta kichikligi va er sathidan chuqurligi hisoblab topilib, ular 
ustunlardan tushadigan yuk va asos tuprog‘i hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bir blokli poydevor ko‘p blokli poydevorga nisbatan ashyo varfi bo‘yicha 
tejamli bo‘lib, montaj ishlari engil hisoblansa, uni ishlatish chegarasi cheklangandir. 
Sanoat binolarining harakterli tomonlardan biri poydevorlari bitta binoda har xil 
chuqurlikda joylashgan bo‘lishidadir. Bunday poydevorlarni konstruktiv echimlari 
hamda ustunlarni ularga tayanishi bir necha variantlarda bo‘lishi mumkin: 
-
poydevorlarni balandliklari bir xil qabul qilinib, ustunlar balandliklari bir 
xil; 
-
poydevorlar balandligi bir xil, ustunlar balandligi bir xil; 
-
poydevorlari pasti baland qilib qo‘yilgan joylarda mahsus vstavka va 
ustunlar osti elementlari qo‘llanib ustunlari balandligi esa barobar bo‘ladi. 
Ustunlar pasti-balandligi turlarini kamaytirish maqsadida poydevor tepa 
sathini, poydevorini chuqurligidan qat’iy nazar, sex poli satxi 0,15 m chuqurlikda 
olinadi, ya’ni poydevor tepa satxi er sathi bilan
barobarlashtirilgan bo‘ladi (2.9-rasm). Bunda ustunlarni montaj qilishni 
handaqlar tuproq bilan to‘ldirilib va pol ostini tayyorlash ishlari tugallangach hamda 
er osti kommunikatsiyalarini o‘tkazib bo‘lingach (nol sikl ishlari tugallangach) olib 
boriladi. 


79 
Poydevorlari juda chuqur o‘rnatiladigan hollarda ularni ostiga “banket”lar 
o‘rnatilib, ular ustidan mahkamlanadi. 
Keyingi paytlarda sanoat poydevorlarini texnik-iqtisodiy asoslangan qoziq 
poydevorlaridan qilinmoqda. Quyma poydevorlarni qo‘llash natijasida er ishlari, 
beton ishlari hajmini 30-40 % qisqartirish, narxini esa taxminan 50 % ga va qurilish 
ishlarini tezligini 1,5-1,7 marotaba oshirishga imkon beradi. 
Ustunlar osti poydevorlariga sarf bo‘ladigan beton hajmi sanoat binosi uchun 
ishlatiladigan umumiy betonning 20-35% ni, narxi esa bino narxining 5-20% ni 
tashkil etadi. Demak, poydevorlar konstruksiyasini asosli tanlash katta ahamiyatga 
ega. Sanoat inshootlarida quyma va yig‘ma poydevorlar ishlatiladi (
8.3-rasm).
Poydevorlar qalinligi 100 mm li shag‘alli (quruq gruntlarda) yoki betonli (nam 
gruntlarda) tayyorlamalar ustida o‘rnatiladi. Bitta poydevorlar bo‘limiga to‘rttagacha 
(harorat choki joylarida) ustun o‘rnatish mumkin. 
Massasi 12 t gacha bo‘lgan bir bo‘limli poydevorlar zavodlarda yig‘ma holda, 
boshqa holatlarda esa qurilish maydonchasida quyma tarzda tayyorlanadi Yig‘ma 
poydevorlarga hamma vaqt ortiqcha beton va po‘lat sarflanishini unutmaslik kerak. 
Poydevor ustki sathining belgisi pol belgisidan 150 mm pastda bo‘lishi kerak. 
Karkas ustunini poydevor bilan birlashtirish, odatda, bikr tugun ko‘rinishida 
bajariladi. Buning uchun ustun poydevorda loyihalangan maxsus joyga (stakanga) 
qo‘yiladi va atrofidagi bo‘shliq ponalar bilan vaqtincha zichlangach, betonlanadi, 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish