Bino va inshootlar


-amaliy mashg‘ulot: Sanoat binolarida qo‘llaniladigan deformatsion choklar



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

4-amaliy mashg‘ulot: Sanoat binolarida qo‘llaniladigan deformatsion choklar. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
deformatsion choklar, harorat choklari, cho‘kish 
choklari. 
Reja:
 
1.
 
Sanoat binolarida loyihalanadigan harorat choklari.
 


70 
2.
 
Sanoat binolarida loyihalanadigan cho‘kish choklari.
 
3.
 
Sanoat binolarini loyihalanadigan seysmik choklar.
 
 
Birxillashtirishda qulaylik yaratish uchun sanoat inshooti hajmini qismlar 
va elementlarga ajratishadi. Hajm-rejaviy element yoki fazoviy katakcha 
deganda o‘lchamlari binoning balandligi, oralig‘i va qadami- ga teng bo‘lgan 
inshoot qismiga aytiladi. 
Rejaviy element yoki katakcha deganda, hajm-rejaviy elementning 
gorizontal soyasi tushuniladi. Rejaviy, hajm-rejaviy elementlar joylashuviga 
qarab, binoning burchagi, cheti, yoni, o‘rtasi va harorat choki uchun 
mo‘ljallanadi. 
Bir nechta hajm-rejaviy elementlardan tashkil topgan, bo‘ylama va 
ko‘ndalang harorat choklari oralig‘ida joylashgan (shuningdek, harorat 
choklari va binoning chetki yoki bo‘ylama devorlari oralig‘ida joylashgan) 
binoning qismiga harorat bloki deyiladi. 
Konstruktiv elementlarni bir qavatli karkasli sanoat binolarining bo‘lish o‘qlariga bog‘lashning bir 
necha xillari amaliyotda keng ishlatiladi
(3.1-rasm).
SHuiardan biri «nolii 
bog‘lanish» deb nomlanadi. 
Bu bog‘lanishda chetki qatorlar ustunlarining tashqi qirrasi binolar- ning 
chetki bo‘lish o‘qlari bilan ustma-ust tushadi. Agar chetki qatorlar 
ustunlarining qirralari binolarning chetki bo‘lish o‘qlaridan 250 yoki 500 mm 
tashqariga siljitilsa 250 yoki 500 mm masofuda bog‘lash deb aytiladi. 
Bog‘lanishlarni u yoki bu xilini tanlash ko‘prik kraniarning yuk ko‘tarish 
qobiliyati, ustunlar qadami va bino balandligiga bog‘liq. 
Asosiy karkas chetki qatorlarning ustunlarini geometrik o‘qlari binoning 
ko‘ndalang bo‘lish o‘qlaridan 500 mm ichkariga suriladi. CHetki devorlarning 
ichki sirtlari esa ko‘ndalang bo‘lish o‘qlari bilan ustma-ust tushishi darkor 
(nolli bog‘lanishi). SHunday echim qabul qilinganda chetki devorlarning 
faxverk ustunlarini erkin joylashtirishga. qo‘shimcha yopmalarisiz bino 
toinini bajarishga imkoniyat topiladi. 
Aks holda qancha qiyinchiliklar paydo bo‘lib qoladi. Harorat choklari. 
odatda, juft ustunlarda o‘rnatiladi. Ko‘ndalang harorat cho- kining o‘qi 
binoning ko‘ndalang bo‘lish o‘qi bilan ustma-ust tushishi kerak. Ustunlarning 
geometrik o‘qlari esa binoning bo‘lish o‘qidan 500 mm ichkariga siljitiladi. 
Po‘lat yoki aralash karkasli binolarda bo‘ylama harorat choki bir ustunda 
siljuvchi tayanch o‘rnatish yo‘li bilan loyihalanadi. 
Bir yo‘nalishdagi oraliqlar orasidagi balandliklar farqi o‘zaro tik oraliqlarda 
juft ustunlar o‘rnatish usuli bilan yoki yon qatorlar chetki ustunlari uchun 
qabul qilingan qoidaga binoan amalga oshiriladi. 
O‘rnatmalarning kengligi 300, 350, 400, 500 yoki 1000 mm qabul qili- 
nadi. O‘lchamlari 300-400 mm bo‘lgan o‘rnatmalar birxillashtirish qoidasiga 
bo‘ysunmaydi. 


71 
YUk ko‘tarish miqdori 50 t bo‘lgan ko‘prik kranlar kran osti relslari 
o‘qlarining binolar bo‘ylama bo‘lish o‘qlariga bog‘lash o‘lchami 750 mm; 
kran osti yo‘llari bo‘ylab o‘tish joylari loyihalanganda esa 1000 mm ni tashkil 
etadi

Deformatsiya choklari joylarida, balandliklarning farqlari bo‘lgan vaqtda 
yoki ustunlar tayanchlari har xil bo‘lgan hollarda bu qoidadan chetga 
chiqilishi mumkin. 
CHetki qatorlar ustunlari yoki «nolli bog‘lanish» qoidasi bo‘yicha 
joylashtiriladi yoxud ustunlarning ichki qirrasi modulli bo‘lish o‘qlaridan 
(ustun qalinligining yarmi) ma’lum masofada joylashtiriladi. 
Sanoat binolari asosiy o‘lchamlarini koordinatsiya qilish va konstruktiv 
elementlarni binolar moduli o‘qlariga bog‘lash ularning hajm- rejaviy va 
konstruktiv echimlarini birxillashtirish va qurilishni yanada sanoallashtirishga 
imkoniyat yaratadi. 
YUqorida ko‘rilgan masalalar asosan yig‘ma temirbeton yoki po‘lat 
karkasli binolarga tegishlidir. Bog‘lanishning boshqacha samarali echimlari 
ham yo‘q emas. Qiiyma temirbeton konstruksiyalar yoki fazoviy tizim 
ko‘rinishidagi yopmalar qo‘llanilganda bino o‘qlariga bog‘lash, Deformatsiya 
choklarini loyihalash boshqacha hal qilinishi ham mumkin. 
Binoning harorat choklari juft ustunlar qabul qilish yo‘li bilan hal etiladi. 
Ustunlar osti poydevorlariga sarf bo‘ladigan beton hajmi sanoat binosi uchun 
ishlatiladigan umumiy betonning 20-35% ni, narxi esa bino narxining 5-20% ni 
tashkil etadi. Demak, poydevorlar konstruksiyasini asosli tanlash katta ahamiyatga 
ega. Sanoat inshootlarida quyma va yig‘ma poydevorlar ishlatiladi (

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish