Tayanch iboralar:
Jamoat binolari, xajm-rejaviy, funksiya, funksional-
texnologik, funksional protsesslar,akustik,mexanizatsiya, sun’iy muzlatiladigan
arenalar,gorizontal va vertikal kommunikatsiya.
Jamoat binolarining asosiy xususiyati bu, ularning ko‘rinishlarini
xilma-xilligi va bundan kelib chiqadigan, funksional protsesslarning xam
xilma-xilligidir. Ba’zi xollarda bu funksional protsesslar murakkab bo‘lib,
maxsus
uskunlarning qo‘llanilishi bilan xarakterlidir (masalan,
mexanizatsiyalashtirilgan saxnalar, sun’iy muzlatiladigan arenalar va
boshqalar).
O‘ziga xos xususiyati esa, ularda ko‘p mingli odamlarning bir joyda
yig‘ilishdir. Masalan, oliy o‘quv yurtlarining binolarida bir vaqtni o‘zida bir
necha ming talabalar bo‘lishi mumkin, ko‘p qavatli ma’muriy, loyixa va
boshqa idoralarda besh ming va undan ortik xizmatchilar bo‘lishi mumkin.
Universial sport zallarida esa bir vaqtning o‘zida 15-20 ming tomoshabin
yig‘ilishi mumkin. Jamoat binolarining ba’zi turlarida yong‘in xavfi juda
yuqori bo‘ladi. CHunki ularda juda tez yonadigan materiallar, uskunalar
(teatrlarda dekoratsiyalar, tadqiqot
idoralarida tajribaviy uskunalar va
boshqalar) bir joyda yig‘ilgan bo‘ladi.
Jamoat binolarining xarakterli xususiyati esa, ularda xar xil parametrli
xonalarning birgalikda joylashuvidir (ya’ni,
xar xil maydonli, balandlikli).
Jamoat binolarining
muxim
xususiyati bo‘lib,
ularning arxitekturaviy badiy obrazi xisoblanadi.
Funksional protsesslar
. Jamoat binolarining xar bir ko‘rinishi uchun
o‘ziga xos xarakterli funksional protsess mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida
loyixalash uchun funksional talablarni aniqlaydi.
O‘ziga xos funksional talablar, ma’lum bir soxa mutaxassislari
tomonidan ishlab chiqiladi (masalan,maktablar uchun pedagoglar tomonidan,
kasalxonalar uchun meditsina xodimlari tomonidan va boshqalar).
Umumiy funksional talablar (odamlarning ijtimoiy va mexnat faoliyati
va bularni kerakli fazoviy territoriya bilan ta’minlash, odamlar oqimining
xarakati va talab etilgan parametrli xarakat yo‘llari, tomosha va ko‘rish
parametrlari bilan ta’minlash;xonalardaqulay xavo muxiti, yorug‘lik va
insolyasiya rejimlarini yaratish) quruvchi mutaxassislar tomonidan ishlab
chiqiladi. Xar bir jamoat binosida va xonalarida asosiy funksional protsesslar
va yordamchi funksional protsesslar mavjud bo‘ladi. Jamoat binolarida xonalar
116
va ularning bog‘lanishi to‘g‘ri guruxlash uchun maxsus sxemalar ishlab
chiqiladi
Maktab binosining funksional sxemasi
Oshxona binosining funksional sxemasi.
1-vestibyul; 2-sanitar xonalari; 3-savdo zali; 4-issiq sex; 5-tarqatishxonasi; 6-
non kesish xonasi; 7,8-idishlarni yuvish xonasi; 9-xizmatchilar garderobi;
10,11-masalliq
tayyorlash sexi; 12-pishirish idishlarini yuvish xonasi; 13-omborxonalar; 14-
sovutgich kameralari; 15-yukni tushurib olish xonasi: 16-ma’muriyat va
xizmatchilar xonalari.
Jamoat binolarida kechadigan funksional protsesslarning elementlarini xar
tomonlama o‘rganib,ishlab chiqiladi va rejalash me’yorlarida aks ettiriladi.Bu
117
esa xonalarni va undagi elementlarni inson uchun qulay jarayonlarini
loyixalashga asos bo‘ladi
Oshxonaning rejalash me’yorlari sxemasi.
a- odamlarni va uskunalarni joylashtirish parametrlari; b-
ovqatlanish zali rejasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |