Takrorlash uchun savollar
1.
Jamoat binolarining hajmiy–tarxiy va kompozitsion echimlari deganda
nimani tushunasi?
2.
Jamoat binolarining asosiy xususiyati nimalardan iborat?
3.
Jamoat binolari qanday guruxlarga bo‘linib klassifikatsiya kilinadi?
4.Jamoat binolarining loyixalashning fizik-texnik asoslari – bu ?
6-Amalyot
mavzu:
Karkasli
binolarning
konstruktiv
elementlarini o‘rganish.
Reja.
1. Jamoat binolarining konstruktiv echimlari.
2. Karkasli binolar. Karkasning konstruktiv elementlari
3. Karkaselementlarining birikishi va konstruktiv tugunlari.
Tayanch iboralar:
Karkas, ko‘p qavatli jamoat binolarida unifikatsiyalangan,
jamoat binolarining karkas ustunlari, unifitsiyalangan karkasla, temir beton
rigelning ustunlarga tayanishi.
poydevorlar, ustunlar, devor-diafragmalari, rigellar va yopma panellari.
Ko‘p qavatli jamoat binolarida unifikatsiyalangan ramali-bog‘lamali va
bog‘lamali yig‘ma temirbeton karkas quyidagi elementlardan iborat:
poydevorlar, ustunlar, devor-diafragmalari, rigellar va yopma panellari.
Karkas ustunlari ostidagi poydevorlar stakan ko‘rinishida xamda lentali
quyma devor-diafragma ko‘rinishida qilinadi. Rejaviy setkasi 6x6 m bo‘lgan 1-
4 qavatli jamoat binolarining karkas ustunlari odatda barcha qavatlar uchun
300x300 mm dan ko‘p bo‘lmagan kesimga ega bo‘ladi, 5-12 qavatli binolar
uchun - 400x400 mm. Yiriklashtirilgan, rejaviy setkasi bo‘lgan binolar uchun
(9x9, 12x12m) ustunlar 600x600 mm kesimga ega bo‘ladi. Ustunlar yig‘ma
elementlardan qilinadi, ularning o‘lchami ikki va bir tomonli konsollari
bo‘lgan o‘rta va chetki tayanch qatorlari uchun bir yoki ikki qavatda bo‘ladi.
Ustunlarning yig‘ma elementlari qavatlarning 3,3; 3,6; 4,2 m balandlikka
xamda yiriklashtirilgan setka uchun qushimcha 4,8 va 6 m ga mo‘ljallangan.
138
Erto‘la va texnik qavatlarda 2,9 va 2,4 m li elementlar ko‘zda tutilgan. Ko‘p
qavatli binolarning quyi qavatlaridagi ustunlar elementlarida po‘lat o‘zaki
o‘rnatiladi. Unda yong‘in paytida yuqori xarorat ta’siridan muxofazalash uchun
beton qatlami 6-8 sm bo‘ladi. Po‘lat o‘zaklarning yuqori qavatlardagi va pastki
qavatdagi o‘lchamlarini bir xil saqlashga imkon beradi.
Balandlik bo‘yicha ustunlar elementlarining bog‘lamlari xar bir
elementning yonlaridagi
po‘lat boshlari yordamida beton quyish va
payvandlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHuningdek, «quruq bog‘lam» deb
yuritiladigan uslublar xam qo‘llaniladi, unda betonga kuchlanishni uzatish,
armaturani avtomatik payvandlash va ustun yonlari orasidagi joyni
qattiqqorishma bilan yopish kerak bo‘ladi
Po‘lat o‘zakli temirbeton ustun:
A-burchaklikdan; B-po‘lat tasmadan; 1-ugolnik; 2-tasmali po‘lat; 3-
payvand
Balandligi bo‘yicha ustunlarning bog‘lanishi:
1-temirbeton ustun; 2-po‘lat bosh; 3-payvand
139
Temir beton ustunlarning
«quruq bog‘lanish» usuli. 1-
armaturaning
«vannali»
payvandi;2-qattiqqorishma
bilan
chekankalash.
«Quruq bog‘lam»ning afzalligi metallni iqtisod qilish xamda
industrialligidadir. Montajning qulayligi uchun bu bog‘lam oraliq tom satxidan
0,6-1 m balandlikda joylashtiriladi.
Ko‘p qavatli binolarning po‘lat karkas ustunlari keng ravoqli
qo‘shtavrlardan, kvadratlardan qilinadi Po‘lat ustunlarning bog‘lamlari boltlar
yoki payvandlash yordamida amalga oshiriladi.
Unifitsiyalangan karkaslarning bog‘lanish diafragmalari ustunlar bilan
payvandlash yordamida biriktiriladigan temirbeton devorlardan iborat bo‘ladi.
Devorlarning
yuqori
qismida
ravoq
bo‘ladi,
bular
devorlarning
mustaxkamligini oshirishga, metall sarfini kamaytirishga
va tom
konstruksiyalarini ravoqlarga mindirishga imkon beradi Bog‘lanish
devorlarining qalingligi bino qavatlariga bog‘lik ravishda 120,140,180 mm
qabul qilinadi.
Po‘lat karkaslar ustunlari:
A,B-tasmali po‘latdan; V,G-burchakliklardan
140
Bog‘lovchi devor. A-bog‘lovchi devorlarning ustunlar bilan
birlashtirilishi;B-tom konstruksiyasi; 1-bog‘lovchi devorlar; 2- ustun va
yopma konstruksiyasi; 3-beton bilan to‘ldirish; 4-tom konstruksiyalari bo‘sh
liqlarini to‘ldirish;5-payvandlash; 6-quyma beton (shponka); 7-armaturani
diafragmadan chiqarish
Unifikatsiyalangan karkaslarning rigellari ikki yoki bir (chetki qatorlar
uchun) ravoqli bo‘lgan tavr kesimga ega bo‘ladi. Rigellar balandligi prolyot
kattaligiga bog‘lik bo‘lib 450 mm 900 mm ni tashkil etadi. Rigellar kengligi
400 va 600 mm qilib qabul qilinadi. Rigellarni tayanish joylariga maxkamlash
konsollardagi birikishdetallariga va ustundagi detallarga payvandlangan po‘lat
plastina yordamida amalga oshiriladi. Bu binoning barcha qavatlarida
rigellarning ustunlar bilan payvandini unifikatsiyalashga imkon beradi. Po‘lat
rigelning po‘lat ustunga tayanishi kuyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
141
Temir beton rigelning ustunlarga tayanishi.
A-ikki konsolliustunlarga; B-bir konsolli ustunlarga;
1-ustun; 2-rigel; 3-nakladka (rыbka); 4-bog‘lovchi detal; 5-payvandlash
Po‘latrigelning po‘lat ustunga tayanishi.
1-ustun; 2-rigel; 3-tayanch burchak «stolik»; 4- plastina; 5-bolt
Jamoat binolari uchun oraliq tom va tom konstruksiyalari turar- joy
binolari uchun ishlatiladigan konstruksiyalar qo‘llaniladi, ya’ni qalinligi 120,
142
180, va 220 mm bo‘lgan ko‘p bo‘shliqli plitalar va qalinligi 140 va 160 mm
xamda kengligi 1200 va 1500 mm bo‘lgan keng plitalar ishlatiladi.
Yiriklashtirilgan rejaviy setkasi bo‘lgan binolarning tomlari uchun 9m prolyotli
qovurg‘ali panellar xamda 9 va 12 m prolyotlar uchun «TT» tipdagi panellar
qo‘llaniladi Ustunlar orasidagi ramalarga perpendikulyar yo‘nalishida maxsus
plita-rasporkalar quyiladi. Mustaxkam gorizontal bog‘lovchi elementlar
tusiqlar xisobidan tashkil qilinadi
Plitalarning ko‘rinishlari:
A- qovurg‘ali plita; B- plita T-T; 1- uzunligi bo‘yicha qovurg‘a; 2-
yon qovurg‘a
Tom konstruksiyalarini joylashtirish sxemasi.
1-ustun; 2-rigel; 3-panel; 4-panel- bog‘lovchi element
Unifikatsiyalangan karkaslarni qo‘llash bilan bir qatorda ko‘p qavatli
binolarning ramali konstruktiv tizimlari bo‘yicha yangi echimlarini ishlab
chiqish va izlanishlar olib borilmoqda. Bunday konstruksiyalardan biri ramali
karkas bo‘lib, u xojli rama elementlari va konsoli N-shakldagi ramalardan
yig‘ilgan bo‘ladi. Karkas elementlari, ustunlar va rigellarning birlashuv
elementlari ularning balandligi va prolyotlari o‘rtasida joylashtiriladi, ya’ni
egiluvchan momentlari kam bo‘lgan joylarda. Yig‘ma ko‘ndalang ramalar
monolit bog‘lovchi rigel balkalari bilan ramalarga perpendikulyar yo‘nalishda
143
o‘rnatiladi. Gorizontal tekislikda samoviy mustaxkamlikni ta’minlash tusiqlarni
quyma beton orqali to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ramali tizimlarning
bunday ko‘rinishi binolar shakllarining plastikligi va echimlarning variatliligi
uchun imkoniyat yaratadi.
Xojli elementlardan bo‘lgan ramali karkasning chizmasi.
A-ikki konsolli elementlardan; B-konsolli N-shaklli elementlardan; V-Nshaklli
elementli karkas fragmenti; 1-rigel; 2-ustun; 3-bog‘lovchi balka; 4rigel bilan
bog‘lash uchun ulanish elementi
Do'stlaringiz bilan baham: |