Bino va inshootlar



Download 24,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/153
Sana16.04.2022
Hajmi24,05 Mb.
#555953
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153
Bog'liq
УМК ГЕДРОТЕХНИКА

-
-
2,5-3,0
Bufet xonasi 5-6 m
2
+
+
+
YAsli guruhini birinchi qavatlarda joylashtirish va alohida kirish joylari
bo‘lishikerak, katta yasli yoshidagilar guruhlari uchun bitta ikkitasiga kirish
joyi bo‘lishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha yoshdagilar guruhlarining 3-4 tasiga bitta kirish joyi nazarda
tutish mumkin (2.109 bandi, 8-jadval va 2.131 bandi lar talabini hisobga olgan
holda). Maktabgacha yoshdagilar guruhlarni ikkinchi qavatga joylashtirilganda
kiyim-kechak almashtirish xonalarini birinchi qavatga kiraverish yaqinida
ko‘zda tutish mumkin.
Eslatma: 1. Kirish joyi yaqinida yasli guruhidagilar uchun kolyaskalar joyi
bo‘lishi kerak.
2.
Tashqi kirish joylaridagi tamburlar 1.6 m dan kam bo‘lmagan kenglik
va uzunlikda bo‘lishi kerak.
3.
Maxsuslashgan bolalar muassasalari uchun SHNQ 2.08.07. talablari
e’tiborga olinishi shart.
YAsli guruhi xojatxonasi bitta xonadan iborat bo‘lib 15 m
2
dan iborat
(suyuqlik chiqarish kabinasi joylashtirilishi bilan); maktabgacha guruhlar
uchun yuz-qo‘l yuvish xonasi (8 m
2
) va xojatxona (8 m
2
) bo‘lishi kerak; katta
va tayyorlov guruhlari uchun (5-7 yoshdagi bolalar) xojatxonalar o‘g‘il bolalar
va qizlar uchun alohida bo‘lishi kerak (kengligi 0.8 m bo‘lgan ochiq kabinalar
va ular orasida balandligi 1.2 m li to‘siqlar joylashtirilishi kerak).
Musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun umumiy zallar 3-6 ta
maktabgacha guruhlarga va bir nafar shug‘illanuvchiga 4-5 m
2
maydon bo‘lishi
hisoblariga asosan ko‘zda tutilishi kerak (20 nafar bolalarga).
Maktabgacha guruhlar soni 6 tadan oshsa jismoniy tarbiya va musiqa
zallari alohida nazarda tutilishi shart; bu holda jismoniy tarbiya (gimnastika)
zallari, qoida bo‘yicha, 9x9 m (81 m
2
) dan kam emas, musiqa bilan


120
shug‘illanuvchilar zallari - 55 m
2
dan kam bo‘lmasliklari zarur ( 1 nafar
shug‘illanuvchiga 2.8-3.0 m
2
maydon hisobidan).
Zallar ajratilgan tartibda foydalanishga hisoblanishi va u erdan kesib
o‘tish ta’qiqlangan bo‘lishi shart.
Maktabgacha guruhlarning soni 3 tadan kam bo‘lib 60 nafardan oshmagan
maktabgacha yoshdagilar uchun umumiy zallar ko‘zda tutilmasligi mumkin.
Eslatma:Zallar tarkibida inventar-omborchalar ko‘zda tutilishi kerak.
Bolalar yasli-bog‘chasida nazarda tutiluvchi xonalar: tib xonasi (12 m
2
)
oldida protsedura xonasi (12 m
2
), logoped xonasi - 12 m
2
(8 ta guruhlilardan
boshlab).YAsli-bog‘chalarda 115 o‘rinligacha 14 m
2
dan kam bo‘lmagan
maydonli bitta tib xonasi, undan ko‘pida ikkita yondosh tib xonasi bo‘lishiga
ruxsat etiladi (har biri 12 m
2
dan kam emas).
Izolyator xonasi bolalar muassasasining sig‘diraolishlik miqdorining 1.5-
2% ini tashkil etishi, ammo ikki palatadan kam bo‘lmasligi shart (ikki xil
yuqumli kasallik uchun).
O‘rni soni 100 tagacha bo‘lgan bolalar muassasalarida maydoni 5
m
2
bo‘lgan ikkita izolyator xonasi ko‘zda tutilishi kerak, palatalar oldida
xojatxona va bufet bo‘lishi zarur.O‘rni soni 100-150 gacha bo‘lganda ikkitadan
kam bo‘lmagan 3 o‘rinlidan bo‘lishi kerak.Izolyator oldida tashqariga chiqish
joyi bor keluvchilar tamburi, xojatxona va hamshira xonasi (6-8 m
2
) bo‘lishi
shart.
Sog‘lomlantirish va davolovga mo‘ljallangan xonalarga qo‘shimcha
xonalar (massaj, fizoterapiya, ingalyatsiya, suv protseduralari va boshqa
xonalar) loyiha topshirig‘i bo‘yicha ko‘zda tutiladi.
Jismoniy va aqliy rivojlanishida doimiy nuhsonlari bor bolalar uchun
mo‘ljallangan maxsus bolalarning maktabgacha muassasalarining loyihalanishi,
qoida bo‘yicha, 6-10 guruhga hisoblangan bo‘lib, har bir guruhning to‘ldirilishi
ijtimoiy-pedagogika va tib asoslariga mos bo‘lishi kerak (10-12 nafar bolalar).
Guruh xonalarining tarkibi va maydoni 13-jadvaldan qabul qilinadi.
Maxsuslashgan maktabgacha muassasalar SHNQ 2.08.07 ga asosan
loyihlanishi kerak va ushbu normalarda sanab o‘tilgan xonalardan tashqari
tarkibiga reabilitatsiya majmualari va bolalarning kasallanishi yo‘nalishlari
bo‘yicha xonalarni kiritish zarur (loyiha topshirig‘iga asosan).
Ko‘rishi, hamda tayanch-harakati funksiyalarida va aqliy rivojlanishida
nuhsonlari bor nogiron bolalar bog‘chalari binolari bir qavatli, eshitishi va
nutqida hastaliklari bor bolalar uchun ikki qavatli loyihalanishi shart.


121
Xizmat-maishiy xonalarining tarkibida nazarda tutilishi zarur: kirish
dahlizi – xoll (12-18 m
2
), mudir kabineti (12 m
2
), xo‘jalik mudiri kabineti (8
m
2
), metodika kabineti (18-20 m
2
), xo‘jalik omborchasi (6-8 m
2
), kir yuvish
xonasi (10-12 m
2
), dazmollash xonasi (10-12 m
2
), toza kiyim-kechak xonasi (6
m
2
), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi, dushxona va xojatxona.
O‘rni 100 dan ortiq bo‘lgan holatlarda ta’mirlash ustaxonasi nazarda tutiladi
(15-20 m
2
).
Ovqatlanish bloki kirish oldidagi tashqi yuk tushirish xonasi bilan
loyihalanishi kerak (6-9 m
2
). Ovqatlanish blokida ko‘zda tutilishi kerak:
oshxona ovqat tarqatuvchi xonasi bilan (20-30 m
2
), oshxona idish-tovog‘ini
yuvish xonasi (6 m
2
), go‘sht-baliq va sabzovot ishlov sexi (2 ta 8 m
2
dan),
sabzovot va quruq maxsulotlar omborchasi (2 ta6-8 m
2
dan), muzlatish
kameralari (6-8 m
2
), xodimlar xonasi (8-10 m
2
), xodimlarning dush va
xojatxonasi.
Guruhlar yacheykalari va ovqatlanish bloklari xonalari kiraverish
qarshisida kir yuvish xonasiga kirish joyini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Guruhlar xonalarining tag qavatida ovqatlanish bloki va kir yuvish,
dazmollash xonalarini joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Xizmat-maishiy xonalari, ovqatlanish va kir yuvish xonalarini alohida
blokda joylashtirish mumkin.
Eslatma: YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat-maishiy xonalari va
ovqatlanish bloki tarkibi va maydonlari, jumladan tayyorlov, pishirish, go‘sht-
baliq va sabzavot sexlari, muzlatish kameralari, omborcha xonalari, boshqa
xonalarning maydoni sig‘diraolishlik miqdoriga, shtat jadvaliga, ovqatlanish
blokining
ishlab-chiqarish
hajmiga
asosan
loyiha
topshirig‘ida
belgilanadi.O‘rni 120 tagacha bo‘lganda muzlatish kamerasio‘rniga muzlatgich
jihozlari qo‘llash mumkin.
Bollar bog‘chasi va boshlang‘ich maktabni bitta qo‘shma binoda
joylashtirilgan holatlarda bog‘cha va maktab uchun bo‘lak kirish va
evakuatsiya joylari ko‘zda tutilishi zarur. Maktabgacha yoshdagi guruhlarning
va o‘quv xonalarining xonalari tarkibini va o‘quvchilar uchun rekriatsiya
joylarini amaldagi loyihalash normalariga asoslanib qabul qilish kerak. Bolalar
muassasalari va maktablari uchun jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlari
zallari, tib va sog‘lomlantirishga mo‘ljallangan ma’muriy-xo‘jalik xonalarining
bloklari umumiy birgalikda nazarda tutiladi.


122
Bolalarning 12 nafar kichik guruhiga mo‘ljallangan kichik cho‘milish
basseyni o‘lchamlari, qoida bo‘yicha, 3x7(6) m dan kam bo‘lmasligi shart
(chuqurligi 0.6-0.7 m gacha); basseynchani maydoni 50 m
2
, balandligi 3.6 m
bo‘lgan zalga joylashtirish ko‘zda tutiladi. Basseynchaga chiqish dushxona
orqali chuqurligi 0.1 m bo‘lgan oyoq vannasidan o‘tiladigan qilib,
basseynchaga tushish uchun 1.2 m kenglikda zinapoya nazarda tutilishi kerak
(qo‘l ushlagichlari bilan). Vanna atrofida balandligi 0.15 m, kengligi 0.3 m
bo‘lgan uzluksiz supacha ko‘zda tutilishi kerak, aylanib o‘tuvchi yo‘lakcha
kengligi 0.75 m, kirish tomonidagisi 1.5 m bo‘lishi kerak. Basseyncha zalida
jismoniy tarbiya bilan shug‘illanadigan maydoncha ham nazarda tutilishi
tavsiya etiladi.
O‘g‘il bolalar va qizlar echinish xonalari oldida 1 ta unitazli xojatxona va
2 ta shoxchali dushxona nazarda tutilishi kerak. Echinish xonalari 0,75-1,0
m
2
/bolaga hisobidan, lekin 9 m
2
dan kam bo‘lmagan miqdorlarda bo‘lishi shart.
Basseyncha oldida hamshira xonasi (8 m
2
), sport inventar xonasi (6 m
2
),
ekspress- laboratoriya (8-12 m
2
), suvni xlorlash va ilitish uchun texnik xonalar
ko‘zda tutilishi kerak (xonalar tarkibi loyiha topshirig‘iga asoslanishi kerak).
Bolalarning 15-20 nafarini suzishga o‘rgatish basseyni o‘lchamlari, qoida
bo‘yicha, 6x12 m dan va chuqurligi 0.8 m dan kam bo‘lmagan holda bo‘lishi
shart. Tayyorlanish mashg‘ulotlarining maydoni, qoida bo‘yicha, 60 m
2
dan
kam bo‘lmasligi zarur.
Basseynlar loyihalanishida amaldagi qurilish normalarining talablari
hisobga olinishi shart.
Turar-joy binolarida maktabgacha yoshdagi bolalarning 10-12 nafardan
iborat guruhi uchun vaqtinchalik xonalar tarkibi: guruhlar xonasi 30 m
2
;
kiyimkechak almashtirish - qabul xonasi 12 m
2
, bufet-pishiriq xonasi 6 m
2
,
bolalar xojatxonasi (4 m
2
), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi
va dushli xojatxonasi, tozalash invetarlari uchun xonalar (4 m
2
) ko‘zda tutilishi
kerak.
Ilova: Ovqatlantirish va kunduzgi uxlatish ishlarini tashkil etish nazarda
tutilmaydi.

Download 24,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish