holatiga o‗rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar,
minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo‗lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.
Surish usulida
konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig‗iladi, keyin esa bu
tayanchlarga vaqtincha o‗rnatilgan yo‗llar bo‗ylab gorizontal ko‗chirish yo‗li bilan o‗rnatiladi.
Bu usul ko‗p oraliqli ko‗priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruksiyalarini
montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo‗lganda erda boshqa
ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo‗shib olib borishda keng qo‗llaniladi. Bu usul amaldagi
texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi
inshoot chetda yig‗ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylangan da
ayniqsa samaralidir.
Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha
bo‗lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va
undan ortiq bo‗lganda po‗lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin.
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo‗lgan 84 m oraliqli
sport majmuasi binosini montaj qilishni ko‗rib chiqamiz YUqori va quyi belbog‗lari bo‗yicha 4
mm qalinlikdagi po‗lat listlar bilan o‗rab olingan tomyopma (qoplama) fermalari yopiladigan
inshootdan bevosita Yaqin joyda maxsus aravalar ustida erda yig‗ilgan. Aravalar tomyopma
elementlarini berilgan aniqlikda yig‗ishni ta‘minlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega,
aravachalarning konstruksiyasi ularga gorizontal va qiya relsli yo‗llar bo‗ylab mahkamlangan
fermalar bilan siljishga imkon beradi.
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko‗tarish uchun ikkita og‗ma (qiya) montaj
to‗sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomyopma bloki bilan ko‗chirilishi ikkita
tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga etganidan so‗ng aravachalar
maxsus tirgakka taqaladi, tomyopma bloki po‗lat katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli
bilan ikkita engil polispast yordamida loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida
uni oldin katoklarni bo‗shatish uchun ko‗tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj
qilishning ko‗rib chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga
ko‗chirish va o‗rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo‗lgan katta yuk ko‗tarish
qobiliyatiga ega montaj kranini qo‗llanishining zaruriyati yo‗q.
6.6-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi:
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya to‗sinlari;
4 – tomyopma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha;
6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relsli yo‗li; 8 – tirgak.
Montaj qilish amaliyotida ba‘zida bir necha usul qo‗shib olib borish hollari uchraydi ,
xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: