Qurilishni tashkil etish ishlariningoqimli (uzluksiz) bo‗lishini ta‘minlash kerak, uning
mohiyati barcha montaj va boshqa hamrox operatsiyalarni uzluksiz va bir tekisda bajarishdan
iborat. Oldindan tegishlicha ishlab chiqarish ritmini (sur‘atini) yaratish zarur bo‗lib, bunda
qurilishning barcha ishtirokchilari berilgan vaqt oralig‗ida ishchilar va ishlovchi mexanizmlar
parkiningdoimiy o‗zgarmas
miqdorida, qurilish va montaj ishlarini birgalikda olib borishda
ma‘lum ish hajmini bajarishadi.
Inshootlarning murakkabligi va ayrim ish turlarining ko‗proq mexnat talab etishga
bog‗liq holda oqimli (uzluksiz) qurilishni loyihalashda oqimli bajariladigan ishlar ro‗yxatiga
quyidagi ishlar kiritilishi mumkin: er qazish ishlari, poydevor qurish bo‗yicha beton ishlari,
qurilish konstruksiyalarini montaj qilish, texnologik
uskunalarni montaj qilish, issiqtexnik,
santexnik, ventilyasiya, elektrotexnik va shu kabi ishlar. Qurilish maydonchasida bir necha kran
mavjud bo‗lganda konstruksiyalarni montaj qilish bo‗yicha ishlar poydevorlarni, ustunlarni, kran
osti to‗sinlarini, yopma elementlarini, devor panellarini osishni mustaqil oqim bilan montaj
qilishga ajratilishi mumkin. Qurilishning oqimli ishlab chiqarishini ishlab chiqqanda montajdan
keyingi pardozlash ishlari majmuini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
Qurilishda ishtirok etuvchi turli kasb ishchilarini aniq taqsimlash bunyod etilayotgan
binoni qamrovlarga ajratish bilan ta‘minlanishi mumkin bo‗lib, ular o‗z
navbatida montaj
qilinuvchi yoki ishchi uchastkalariga bo‗linadi, ularning har birida ma‘lum smenalar soni yoki
kunlar mobaynida faqat bir turdagi ishlar bajariladi. Bir uchastkadan boshqasiga o‗tish qat‘iy
belgilangan vaqtda grafik bo‗yicha yuz beradi, bu vaqtgacha har bir qurilish ishtirokchisi
o‗zining ish hajmini bajarishga ulgurishi kerak.
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti qurilayotgan
ob‘ektlarni yoki ularning qismlarini foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish
hisoblanadi, chunki ularni qurishga sarflangan mablag‗lar maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish
hisobiga tezroq natija bera boshlaydi, bu bilan ob‘ektlarning o‗zini qoplashi tezlashadi.
Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarining umumiy hajmida tomyopma elementlari
karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu konstruksiyalarni montaj qilishning mehnat
talab etishi montaj qilishga mexnat sarflarining 65 ... 70%
ini tashkil etadi, shuning uchun
tomyopma konstruksiyalarini va ularni montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib binoni
montaj qilishning umumiy mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin. Inshootni va uni barpo
etishni loyihalash jarayonida umuman binoning va ayniqsa tomyopma bloklarining hajmiy –
joylashtirish echimlarining maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona texnologiyasi
topilishi kerak. Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan montaj qilish muddatlarining
qisqartirilishi montaj qilinayotgan elementlar sonini kamaytirish va montaj qilishning yanada
mukammal usullarining qo‗llanilishi hisobiga ta‘minlanishi mumkin.
Montaj qilinuvchi elementlar sonini qisqartirilishiga quyidagi
ikki usul bilan erishish
mumkin:
• oraliqlarni va ustun qadamlarini oshirish, progonsiz echimlar qabul qilish, prinsipial
yangi konstruktiv – joylashtirish echimlarini qo‗llanishi bilan;
• konstruksiyalarni ko‗targunga qadar va loyihadagi holatga o‗rnatguncha ularni erda
yiriklashtirish bilan.
SHunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning
ikkita prinsipial
har xil usuli bo‗lishi mumkin: elementlab, bunda har bir konstruktiv elementni loyihadagi
holatga alohida ravishda ko‗tarishadi va o‗rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv
elementlar ko‗tarishdan oldin dastlab fazoviy bloklarga yig‗iladi (yiriklashtiriladi).
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
1.
BozorboevN. Binovainshootlarnibarpoetishtexnologiyasi. I-qism.
O‗quvqo‗llanmaToshkent, 2000.
2.
BozorboevN., Sobirov M. Binovainshootlarnibarpoetishtexnologiyasi. II-qism.
O‗quvqo‗llanmaToshkent, 2000.
3.
Texnologiya vozvedeniya zdaniy i soorujeniy: Ucheb.dlya stroit, vuzov/V.I. Telichenko,
O.M. Terentev, A.A. Lapidus— 2-e izd., pererab. i dop.— M.: Vыssh. shk., 2004.— 446 s;
il.
4.
Texnologiya
stroitelnogo proizvodstva.
Uchebnik,
(S.S. Ataev, N.N.Danilov, B.V.Prыkin
i dr.) M., Stroyizdat, 1994.
5.
Texnologiya
stroitelnogo proizvodstva
(O.O.Litvinov i dr.) Kiev, Vыsshaya
shkola. 1995.
6.
Xamzin S. K., Karasev
A. K.Texnologiya stroitelnogo
proizvodstva. Kursovoe i diplomnoe
proektirovanie. Ucheb.posobie dlya
stroit, spets. vuzov. — M.:OOO
≪
BASTET
≫
, 2006. - 216 s.: il
7.
Bozorboev N.,
Bozorboev F. Binovainshootlarning er
ostkiqisminibarpoetishtexnologiyasi.
O‗quv qo‗llanma. Toshkent, 2003.
8.
SHvidenko V.I. Montaj stroitelnыx konstruksiy. Uch. pos. M., Vыs.shkola, 1987.
6
Do'stlaringiz bilan baham: