Bino va inshootlar qurilishi


Konstruksiyalarni oldindan yiriklashtirish



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Konstruksiyalarni oldindan yiriklashtirish.
Oldindan yiriklashtirish darajasiga 
bog‗liq holda quyidagilarga ajratiladi: 
• alohida konstruktiv elementlar bilan montaj qilish; 
• oldindan yiriklashtirilgan yassi va hajmiy bloklar bilan montaj qilish; 
• kompleks bloklarni muhandislik va texnologik jihozlari o‗rnatilgan va mahkamlangan 
elementlari bilan montaj qilish. 
Yig‗ma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va 
fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Ko‗pincha metall elementlar – kran osti 
to‗sinlari, ustunlar, deraza panjaralari, bog‗lamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks 
yiriklashtirilgan bloklar – metall ko‗taruvchi konstruksiyali va samarali engillashtirilgan 
ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi. 
Konstruksiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruksiyalarni yiriklashtirib 
yig‗ishning bir turi bo‗lib metall konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu 
usul rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik idishlarini 
(sig‗imlarini) montaj qilishda qo‗llaniladi. 
Ko„tarish - montaj qilish jihozlari
uchta asosiy guruhga bo‗linadi: 
Montaj kranlari
– avtomobil, pnevmog‗ildirakli, maxsus shassiga o‗rnatilgan kranlar, 
gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo‗lli. 
Kransiz moslama
– chig‗ir, polispast, ko‗targichlar, domkratlardan foydalanib, 
konstruksiyalarni ko‗tarish va joylash uchun. 
Yuk ko‘taruvchi qurilmalar
– montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko‗targichlari, 
domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko‗tarish qobiliyatidan ortiq bo‗lgan konstruksiyalar 
va jihozlarni montaj qilish uchun. 
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala 
hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari 
(uskunalari) qo‗llaniladi: 
• yuk ko‗tarish qobiliyati 6,3...16 t bo‗lgan avtomobil kranlari; 
• pnevmog‗ildirakli kranlar (10...100 t.); 
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) 
• minorali kranlar (60...100 t); 
• temir yo‗l kranlari (16...30 t); 
• chorpoya kranlar (15...100 t.); 
Temir yo‗l va chorpoya kranlarini odatda montaj ishlarini bajarish uchun 
loyihalashtirilmaydi, ammo qayta qurishda yoki kengaytirishda bunday kranlar bilan jihozlangan 
ishlab chiqarish majmuilarida ular ishlarini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.
Ayniqsa engil turdagi binolarni elementlab montaj qilishda ko‗pincha avtomobil va 
gusenitsali kranlar qo‗llaniladi, chunki ular ko‗proq xarakatchan, ishlashda qulayligi bilan farq 
qiladi. O‗rtacha va og‗ir turdagi bir qavatli binolarni blokli va yirik blokli montaj qilishda katta 
ko‗tarish qobiliyatiga ega, ko‗pincha minora-strelali qurilma bilan jihozlangan gusenitsali 
kranlardan foydalaniladi. Bunday montaj qilishda ko‗pincha minorali kranlarni va SRK relsli 


kranlarni qo‗llanish nazarda tutiladi. Ulardan biri SRK – 3500 (yuk momenti 3500 t bo‗lgan 
strelali relsli kran) 35 m kulochda 100 t gacha yuk ko‗tarishi mumkin. 
Kranosti yo‗llarini qurish zarurligi minorali va strelali relsli kranlarning qo‗llanilishini 
ancha murakkablashtiradi. Pnevmog‗ildirakli kranlar yaxshigina yuk ko‗tarish va geometrik 
tavsiflarga ega, lekin montaj ishlarini bajarishda nisbatan kam qo‗llaniladi. Nisbatan og‗ir 
konstruksiyalarni montaj qilish uchun bunday kranlarga chiqariluvchi tayanchlar o‗rnatish talab 
etiladi, bu esa montaj ishlari sur‘atini ancha pasaytiradi, shuning uchun gusenitsali kranlar 
qo‗llash afzaldir. Binoning karkaslarini montaj qilish uchun montaj qiluvchi kranlarga bo‗lgan 
faqat ehtiyojnigina emas, balki ularni joylashtirishni ham loyihalashtirish zarur. Ishlar amalga 
oshirilayotgan joyda mavjud kranlarga bog‗liq holda, ularni arendaga olish imkoniyatlariga, 
shuningdek binoning konfiguratsiyasiga, uning geometrik tavsiflariga, konstruktiv ech imlarining 
xususiyatlariga bog‗liq holda qaror qabul qilinadi. Odatda kranlar joylashuvining ikki varianti 
tahlil qilinadi: 
1. Kran bino karkasi ichida joylashgan. Montaj qilish ―o‗ziga tomon‖ amalga oshiriladi, 
kran orqaga tisarilib, karkasning montaj qilingan yacheykalarini qoldirib montajni amalga 
oshiradi. Montaj qilishni bunday tashkil etishda elementlarni ko‗tarish joyida ularni oldindan 
joylashtirib olish oson. Konstruksiyalar montaj qilish zonasiga kran harakatiga qarshi tomondan 
etkazib beriladi. Bunda konstruksiyalarni tushirish va ularni montaj qilish karkasning turli xil 
yacheykalarida amalga oshiriladi va ishchilar bir – birlariga xalaqit berishmaydi. Kranning bino 
karkasi ichida xarakatlanishi qurilish amaliyotida juda keng tarqalgan, u oqilon a va iqtisodiy 
jihatdan o‗zini oqlaydi. 
2. Kran montaj ishlarini bino karkasining tashqarisidan amalga oshiradi. Bunday qaror 
binoning er osti xo‗jaligi rivojlangan holatda, demak er ishlari hajmi, texnologik jihozlar ostiga
poydevorlar qurish bo‗yicha beton ishlari hajmi katta bo‗lganda muhandislik kommunikatsiyalari 
tunnellar bilan yotqizilganda qabul qilinadi. Bu holda konstruksiyalarni montaj qilishga uzatish 
montaj qilish yo‗nalishida yoki boshqa tomondan amalga oshiriladi, bu qurilish 
maydonchasidagi aniq sharoitlarga bog‗liq. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish