Bino va inshootlar qurilishi


Vaqtinchalik tayanch va so„rilardan foydalanish



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 Vaqtinchalik tayanch va so„rilardan foydalanish 
 
Konstruksiyalarning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlariga bog‗liq holda 
montaj qilishning, shu jumladan so‗rilardan montaj qilishning vaqtinchalik tayanchlardan 
foydalangan holdagi turli usullari – yarim osma va osma yig‗ish uchraydi. 
Montaj qilish jarayonida konstruksiyani tutib turuvchi va uning massasidan tushayotgan 
yuklanishlarni qabul qiluvchi 
yaxlit so‘rilarda
qobiqlar, gumbazlar, arkalar, ko‗priklarning 
oraliq qurilmalarining ayrim turlarini va boshqalarning montaji amalga oshiriladi. 
Xavfsiz va unumli ishni ta‘minlovchi kranosti yo‗llari bo‗ylab 
harakatlanuvchi ko‘chma 
so‘rilar,
katta oraliqni tomyopmalarni montaj qilishda yig‗ishning qulayligi uchun qo‗llaniladi 
va bu elementlarning tutashgan tugunlari ostida joylashtiriladi (5.3-rasm). 
5.3-rasm. Ko‗chma so‗rilardan foydalanib ark 
tomyopmasini
montaj qilish:
1 – minorali kran; 2 – arkning montaj tutashuv joylari; 3 – domkratli ko‗chma montaj 
qiluvchi so‗rilar. 
Vaqtinchalik tayanchlardan
foydalanish bilan agar konstruksiyalarni butunligicha 
o‗rnatish imkoni bo‗lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‗lmasa, uni qismlari bo‗yicha (asosan 
katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish amalga oshiriladi.
YArim osma yig‘ish
shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj qilish jarayonida 
konstruksiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi yoki oraliq tayanchlarga o‗rnatiladi. 
Bunday usulda gumbazlar, arkalarning ayrim konstruksiyalari, ko‗priklarning oraliqli 
qurilmalari konstruksiyalari montaj qilinadi. 
Osma yig‘ishni
qo‗shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi. Konstruksiyani bir 
tomonidan doimiy tayanchga yoki avval montaj qilingan qismga mahkamlab, vaqtinchalik 
konsol tizimi hosil qilinadi. Bu usulning qo‗llanilishi inshootning montaj qilish jarayonida 
yig‗iladigan katta qulochli konsollarning zarur mustaxkamligini va barqarorligini ta‘minlaydigan 
konstruktiv xususiyatlari mavjud bo‗lgandagina mumkindir.
Odatda, (ravog‗i) oraliqi 48 m dan ortiq bo‗lgan arkalar vaqtinchalik tayanchlardan 
foydalangan holda yarim arka qilib yoki yanada mayda elementlar tarzida montaj qilinadi. 
Vaqtinchalik tayanchlarning soni arkaning oraliqi (ravog‗i) ga, montaj mexanizmlarining yuk 
ko‗tarish qobiliyatiga va arkaning konstruktiv echimlariga bog‗liq bo‗lib, ular ko‗pincha 
tomyopmani montaj qilish texnologiyasi qanday bo‗lishi kerakligini belgilab beradi. 
Osmalari montaj blokining tortqiga tiralishida vujudga keladigan kuchlanishlarni qabul 
qilishga mo‗ljallanmagan tortqili arkalarni montaj qilganda teleskopik konstruksiyali 
vaqtinchalik tayanchlardan foydalaniladi. Bu holatda arka elementlari va tortqilar alohida montaj 


qilinadi. Ikki arka montaj qilinib, tugunlar mahkamlanib va tortqilar taranglashtirilgandan so‗ng 
gumbaz hosil qilish (ko‗chirish) amalga oshiriladi, bu jarayonda vaqtincha tayanchlardagi 
domkratlar yoki boshqa ko‗tarib turuvchi elementlar sekin, ohista tushiriladi. Gumbaz hosil 
qilish (ko‗chirish)deganda, shunday amal tushuniladiki, buning natijasida montaj qilinayotgan 
konstruksiyaning xususiy massasidan tushayotgan yuklanish tayanch loyiha elementlariga to‗liq 
uzatiladi, vaqtinchalik montaj tayanchlari esa yuklanishdan ozod bo‗ladi. Tayanchlar tortqi 
satxidan pastroqqa tushiriladi va montaj qilish davomida keyingi oraliqlar ga ko‗chiriladi. 
Montaj qilish uchun ikkita vaqtincha tayanch mavjud bo‗lishi zarur bo‗lgan uch sharnirli 
arkani (5.4-rasm) montaj qilish misolini ko‗rib chiqamiz. Har bir tayanchning o‗rtacha 
teleskopik qismi arkaning ikki
5.4-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi:
1 – kran; 2 – teleskopik vaqtincha tayanchlar; 3 – domkratli tayanch tugunlari 
qo‗shni elementlarini tayanishi uchun mo‗ljallangan, bu tayanchning pastki qismi esa 
arkalarning tortqi elementlarining tayanishi uchun mo‗ljallangan. Arka, tortqi va osmalarining 
elementlari gusenitsali kran yordamida montaj qilinadi. Yig‗ilib montaj qilingan elementlar 
to‗g‗rilanib, ularning geometrik holati tekshirilib, ikkita navbatdagi to‗sinlarning va ular 
tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib, barcha tirgaklar va ular orasidagi bog‗lanishlar 
montaj qilingandan va loyihaviy mahkamlangandan so‗ng ko‗chirish -gumbaz hosil qilish 
amalga oshiriladi. Bu maqsadda vintli domkratlar vaqtinchalik tayanchlarning ichki te leskopik 
seksiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak. 
Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki seksiyalari kran yordamida quyi 
holatga tushiriladi va montaj qilishga navbatdagi yarim arklar juftligi tayyorlanayotgan keyingi 
to‗xtash joyiga ko‗chiriladi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish