Bino va inshootlar qurilishi


Montaj qilish va ishlarni birgalikda bajarish usullarini tanlash



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Montaj qilish va ishlarni birgalikda bajarish usullarini tanlash
 


Montajni tashkil etishning asosiy sxemalari
. Bir qavatli sanoat binolarini montaj 
qilishning asosiy sxemalari ishga jalb qilingan kranlar soni bilan bog‗liq: 
• barcha konstruksiyalarni, poydevorlardan boshlab bitta kran bilan montaj qilish; 
• konstruksiyalarning er osti qismini bitta kran bilan,er usti qismini boshqa kran bilan 
montaj qilish; 
• har bir qamrovda mustaqil kran bilan montaj qilish; 
• mustaqil kranlar bilan bir qavatli sanoat binolari karkasining turli xil konstruksiyalarini 
montaj qilish (poydevorlar, ustunlar, kran osti to‗sinlari, fermalar, tomyopmaplitalari, devor
panellari) – 5 ... 7 oqimlar. 
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda qamrov yoki montaj qilish uchastkasi sifatida 
ishlarni maksimal darajada qo‗shib olib borish uchun binoning bir oralig‗ini yoki uning bir 
qismini harorat choklari orasidagi chegarada qabul qilish mumkin. 
Binoni montaj qilishni oqilona tashkil etilishini tanlashdagi asosiy masala – 
konstruksiyalarni montaj qilishning usulini va texnologik ketma – ketligini aniqlash bo‗lib, ular 
montaj mexanizmlarini tanlash bilan uzviy bog‗liqdir. Binolarni barpo etish sur‘ atlari, ayniqsa, 
balandda bajariladigan ishlarni montaj operatsiyalarining mehnat sarfi, qurilishning umumiy 
qiymati va davomiyligi qabul qilingan usulga bog‗liq bo‗ladi. Qabul qilingan ishlar usuli oqimli 
qurilishni, birgalikda bajariladigan barcha montaj, umumqurilish va maxsus ishlarning grafik 
bo‗yicha amalga oshirilishini ta‘minlashi va subpudratchilarga tanaffuslarni istisno qiluvchi, 
zarur ishlar frontini ta‘minlash kerak.
Montaj qilishning tanlab olingan usuli yig‗ish, mahkamlash va tutashuv joylarini ishlash 
bo‗yicha ko‗pchilik operatsiyalarni konstruksiyalar yoki surilardan turib emas, balki erda 
bajarilishini, ya‘ni stendlar yoki konduktorlarda yiriklashtirilgan montaj bloklarini loyihadagi 
holatiga zamonaviy montaj kranlari yordamida ko‗tarish va o‗rnatishni nazarda tutish kerak.
Montaj qilishning mumkin bo‗ladigan usullarini taqqoslashda ancha sodda, havfsiz, mexnat va 
moddiy resurslarni kam sarflagan holda yuqori ish sifatini ta‘minlovchiga afzallik berilishi 
kerak. 
Loyihalash va barcha ishlarni bajarishni bosh pudratchi tashkilot tashkil etadi, 
boshqaradi va muvofiqlashtiradi, u odatda barcha umumqurilish ishlarini, boshqa ishlarni esa 
ixtisoslashtirilgan qurilish – montaj subpudratchi tashkilotlar amalga oshiradi. 
Ishlarni oqimli tashkil etishning zarur – qoidasi har bir qurilish brigadasi boshqa 
brigadaga o‗z vaqtida ish frontini ta‘minlashi shart. Masalan, poydevorlarni barpo etuvchi 
quruvchilar tayyor poydevorlarni ustunlarni o‗rnatish uchun kelgan montajchilarga topshirishlari 
kerak.Ustyopma (tomyopma) konstruksiyalarini montaj qiluvchi brigada belgilangan muddatga 
tom qoplamasini yopuvchilar brigadasiga ish frontini taqdim etishlari shart va h.k. Ishlarni 
bunday qo‗shib birgalikda olib borish katta aniqlikni va barcha ijrochilardan texn ologik 
intizomni talab etadi. 
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti qurilayotgan 
ob‘ektlarni yoki ularning qismlarini foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish 
hisoblanadi, chunki ularni qurishga sarflangan mablag‗lar maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish 
hisobiga tezroq natija bera boshlaydi, bu bilan ob‘ektlarning o‗zini qoplashi tezlashadi.
Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta jismoniy hajmga va mos 
ravishda sermehnat bo‗lgan karkasini montajini bajarish muddatlariga bog‗liq. 
Ob‘ektlarni barpo qilish bo‗yicha barcha ishlar taqvim rejalari va grafiklariga mos holda 
bajarilishi kerak bo‗lib, ularda montaj va umumqurilish ishlarining ayrim turlarini maksimal 
darajada qo‗shib birgalikda olib borish hisobiga qurilish muddatlarini qisqartirish nazarda 
tutilishi kerak. Qurilishning maqbul muddatlariga amal qilish qurilish – montaj tashkilotining 
ishlab chiqarish faoliyati barcha texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilashning va birinchi 
navbatda ishlarning tannarxini pasaytirishning va mehnat unumdorligi ortishining muqarrar 
sharti hisoblanadi. 
Bir qavatli sanoat binolari konstruksiyalarining umumiy hajmida tomyopma elementlari 
karkas massasining kamida 50% ini tashkil etadi, bu konstruksiyalarni montaj qilishning mehnat 
talab etishi montaj qilishga mexnat sarflarining 65 ... 70% ini tashkil etadi, shuning uchun 
tomyopma konstruksiyalarini va ularni montaj qilish texnologiyasini takomillashtirib binoni 


montaj qilishning umumiy mehnat sarfini ancha kamaytirish mumkin. Inshootni va uni barpo 
etishni loyihalash jarayonida umuman binoning va ayniqsa tomyopma bloklarining hajmiy – 
joylashtirish echimlarining maqbul variantlari hamda montaj qilishning oqilona texnologiyasi 
topilishi kerak. Mehnat sarfining ancha kamaytirilishi va shu bilan montaj qilish muddatlarining 
qisqartirilishi montaj qilinayotgan elementlar sonini kamaytirish va montaj qilishning yanada 
mukammal usullarining qo‗llanilishi hisobiga ta‘minlanishi mumkin. 
Montaj qilinuvchi elementlar sonini qisqartirilishiga quyidagi ikki usul bilan erishish 
mumkin: 
• oraliqlarni va ustun qadamlarini oshirish, progonsiz echimlar qabul qilish, prinsipial 
yangi konstruktiv – joylashtirish echimlarini qo‗llanishi bilan; 
• konstruksiyalarni ko‗targunga qadar va loyihadagi holatga o‗rnatguncha ularni erda 
yiriklashtirish bilan. 
SHunday qilib, bunday xulosa chiqarish mumkinki, montaj qilishning ikkita prinsipial 
har xil usuli bo‗lishi mumkin: elementlab, bunda har bir konstruktiv elementni loyihadagi 
holatga alohida ravishda ko‗tarishadi va o‗rnatishadi, va yirik blokli, bunda konstruktiv 
elementlar ko‗tarishdan oldin dastlab fazoviy bloklarga yig‗iladi (yiriklashtiriladi). 
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish