2 – ilova
Sanoat binolarining xajmiy- rejaviy echimlari
Amalda ko‗pincha to‗liq yig‗ma holatda maydoni 3...20 ming m
2
gacha bo‗lgan bir qavatli
sanoat binolari ko‗p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko‗priksimon kranlar bilan
jihozlangan bo‗lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m,
binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo‗ladi. Yig‗ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha
bo‗ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo‗ylama hamda ko‗ndalang yo‗nalishlar
bo‗ylab katta o‗lchamlarga egaligi bilan
ajralib turadi.
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan
yukni to‗g‗ridan-to‗g‗ri gruntga uzatishi, ustunlar to‗rini siyrak xillarini qo‗llash mumkinligidir.
Bunday binolar asosan planda to‗g‗ri to‗rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo‗yicha bir xil, oraliqlari
bir yo‗nalishda bo‗ladi.
Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan bo‗lib, ular
industrial montaj qilish uslublarini qo‗llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit
sxemalarining o‗zaro bog‗liqligi chegaralangan. Oraliq o‗lchamlari o‗zaro ma‘lum balandlik va
ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog‗liq bo‗ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining
elementlari, to‗suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o‗lchamlari nominal yiriklashtirilgan
modulga karrali bo‗lib reja bo‗yicha – 6 m, balandlik bo‗yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.
ISHLARNI BAJARISH KETMA-KETLIGI
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyorlangan tipovoy (namunaviy)
yig‗ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli binolarning yig‗ma konstruksiyalari
to‗suvchi va yuk ko‗taruvchi turlarga bo‗linadi. YUk ko‗taruvchi konstruksiyalarga – yig‗ma
poydevorlar, ustunlar, kran osti to‗sinlari, stropila va stropilaosti fermasi, to‗suvchilariga esa –
tomyopma plitasi, kamar – to‗sin va devor panellari kiradi.
Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo‗lganda karkasni montaj qilish bir nechta
paralel va ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin: yig‗ma poydevorlar, ustunlar, ustunlar orasidagi
bog‗lamalar, kranosti to‗sinlari va tom yopma elementlari, devor panellari montaji. Ishlarini bunday
tashkil etilishi ob‘ektni montaj muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.
Poydevorlar uchun transheya yoki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib zichlangandan so‗ng,
poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur joylashtirilganda yoki yaxlit kotlovan
qazilgan bo‗lsa kran kotlovan tubi bo‗ylab xarakatlanadi.
Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi sikl ishlari tugallanib
birinchi qamrov qabul qilingan bo‗lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: ustunlarni montaj
qilish uchun qabul qilingan poydevorlar, transheya va chuqurlarni yon-biqinlari grunt bilan qayta
to‗ldirilishi, qamrov chegarasida gruntlarni tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo‗llar
tayyorlash, konstruksiyalarni taxlash va kranni ishlashi uchun maydonchalar tayyorlash. Tekislash
ishlaridan keyin eng ma‘qul echim butun qamrov yuzasi bo‗yicha pol ostini betonlanishidir. Transport
va kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo‗l plitalaridan foydalanish mumkin. Bu holatda
konstruksiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga joylashtirish tavsiya etiladi
Odatda uzunligi 12 m gacha bo‗lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, ya‘ni tortqilar
ishlatilmaydi, ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan ta‘minlanadi. Balandroq ustunlarni
o‗rnatganda ular bikrlik yuzasini kichik tekisligida tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori
bo‗ylab). Ustun va poydevor tutashuv joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan
so‗ng bog‗lamalarni montajiga va kranosti to‗sinlarini o‗rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti
to‗sinlarini qo‗yma detallari ustun konsoliga payvandlanib va tutashuv joylari to‗ldirilgandan keyin
ustunlar orasidagi tortqilar olinadi.
Kranosti to‗sinlari odatda tomyopma konstruksiyalari bilan bir oqimda montaj qilinadi.
Karkasning xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya etiladi: ya‘ni yacheykadagi
xamma kranosti to‗sinlari, stropilaosti to‗sini, stropila fermasi va yacheykadagi barcha tomyopma
plitalari o‗rnatiladi. Plitalar bir yon tomondan ikkinchi yon tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi
plitasi birinchi qator ustunlariga ilingan osma montaj maydonchasidan turib, o‗rta oraliq plitalari oldin
montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan turib montaj qilinadi.
Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj qilinadi. Panellarni
qushni ustunlar orasiga butun balandligi bo‗yicha deraza panjarasi bilan bir paytda va elementlar
choklarni yaxlitlash bilan birgalikda montaj qilinadi.
Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda ob‘ekt oldi omborlari tashkil etilmaydi. Montaj
qilish zonasiga konstruksiyalar uchinchi smenada keltirilib, tushiriladi va ko‗tarish joylariga taxlab
teriladi. Konstruksiyalar zaxirasi kamida ikki yoki uch kunlik ishga mo‗ljallanadi, keltirishda uzilishlar
bo‗ladigan holatlarda zaxira kuni oshishi mumkin. Konstruksiyalarni etkazishni kunduzi ham tashkil
etsa bo‗ladi, bunda konstruksiyalar montaj yo‗nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib keltirilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |