Yig‗ma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va fermalari
juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Ko‗pincha metall elementlar – kran osti to‗sinlari, ustunlar,
deraza panjaralari, bog‗lamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks yiriklashtirilgan bloklar –
metall
ko‗taruvchi konstruksiyali va samarali engillashtirilgan ustyopmali (tomli) qoplama bloklari
yiriklashtiriladi.
Konstruksiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruksiyalarni yiriklashtirib
yig‗ishning bir turi bo‗lib metall konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul
rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik idishlarini (sig‗imlarini)
montaj
qilishda qo‗llaniladi.
Ko„tarish - montaj qilish jihozlari
uchta asosiy guruhga bo‗linadi:
Montaj kranlari
– avtomobil, pnevmog‗ildirakli, maxsus shassiga o‗rnatilgan kranlar,
gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo‗lli.
Kransiz
moslama
–
chig‗ir, polispast,
ko‗targichlar, domkratlardan
foydalanib,
konstruksiyalarni ko‗tarish va joylash uchun.
Yuk ko‘taruvchi qurilmalar
– montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko‗targichlari,
domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko‗tarish qobiliyatidan ortiq bo‗lgan konstruksiyalar va
jihozlarni montaj qilish uchun.
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir
qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo‗llaniladi:
• yuk ko‗tarish qobiliyati 6,3...16 t bo‗lgan avtomobil kranlari;
• pnevmog‗ildirakli kranlar (10...100 t.);
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t)
• minorali kranlar (60...100 t);
• temir yo‗l kranlari (16...30 t);
• chorpoya kranlar (15...100 t.);
Temir yo‗l va chorpoya kranlarini odatda montaj ishlarini bajarish uchun loyihalashtirilmaydi,
ammo qayta qurishda yoki kengaytirishda bunday kranlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish
majmuilarida ular ishlarini amalga oshirish uchun ishlat ilishi mumkin.
Ayniqsa engil turdagi binolarni elementlab montaj qilishda ko‗pincha avtomobil va gusenitsali
kranlar qo‗llaniladi, chunki ular ko‗proq
xarakatchan, ishlashda qulayligi bilan farq qiladi. O‗rtacha va
og‗ir turdagi bir qavatli binolarni blokli va yirik blokli montaj qilishda katta ko‗tarish qobiliyatiga ega,
ko‗pincha minora-strelali qurilma bilan jihozlangan gusenitsali kranlardan foydalaniladi. Bunday montaj
qilishda ko‗pincha minorali kranlarni va SRK relsli kranlarni qo‗llanish nazarda tu tiladi. Ulardan biri
SRK – 3500 (yuk momenti 3500 t bo‗lgan strelali relsli kran) 35 m kulochda 100 t gacha yuk ko‗tarishi
mumkin.
Kranosti yo‗llarini qurish zarurligi minorali va strelali relsli kranlarning qo‗llanilishini ancha
murakkablashtiradi. Pnevmog‗ildirakli kranlar yaxshigina yuk ko‗tarish va geometrik tavsiflarga ega,
lekin montaj ishlarini bajarishda nisbatan kam qo‗llaniladi. Nisbatan og‗ir konstruksiyalarni montaj
qilish uchun bunday kranlarga chiqariluvchi tayanchlar o‗rnatish
talab etiladi , bu esa montaj ishlari
sur‘atini ancha pasaytiradi, shuning uchun gusenitsali kranlar qo‗llash afzaldir. Binoning karkaslarini
montaj qilish uchun montaj qiluvchi kranlarga bo‗lgan faqat ehtiyojnigina emas,
balki ularni
joylashtirishni ham loyihalashtirish zarur. Ishlar amalga oshirilayotgan joyda mavjud kranlarga bog‗liq
holda, ularni arendaga olish imkoniyatlariga, shuningdek binoning konfiguratsiyasiga, uning geometrik
tavsiflariga, konstruktiv echimlarining xususiyatlariga bog‗liq holda qaror qabul qil inadi. Odatda kranlar
joylashuvining ikki varianti tahlil qilinadi:
1. Kran bino karkasi ichida joylashgan. Montaj qilish ―o‗ziga tomon‖ amalga oshiriladi, kran
orqaga tisarilib, karkasning montaj qilingan yacheykalarini qoldirib montajni amalga oshiradi.
Montaj
qilishni bunday tashkil etishda elementlarni ko‗tarish joyida ularni oldindan joylashtirib olish oson.
Konstruksiyalar montaj qilish zonasiga kran harakatiga qarshi tomondan etkazib beriladi. Bunda
konstruksiyalarni tushirish va ularni montaj qilish karkasning turli xil yacheykalarida amalga oshiriladi
va ishchilar bir – birlariga xalaqit berishmaydi. Kranning bino karkasi ichida xarakatlanishi qurilish
amaliyotida juda keng tarqalgan, u oqilona va iqtisodiy jihatdan o‗zini oqlaydi.
2. Kran montaj ishlarini bino karkasining tashqarisidan amalga oshiradi. Bunday qaror
binoning er osti xo‗jaligi
rivojlangan holatda, demak er ishlari hajmi, texnologik jihozlar ostiga
poydevorlar qurish bo‗yicha beton ishlari hajmi katta bo‗lganda muhandislik kommuni katsiyalari
tunnellar bilan yotqizilganda qabul qilinadi. Bu holda konstruksiyalarni montaj qilishga uzatish montaj
qilish yo‗nalishida yoki boshqa
tomondan amalga oshiriladi, bu qurilish maydonchasidagi aniq
sharoitlarga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: