Bino va inshootlar qurilishi



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

TA‟MINOTI 
Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta‘minot bo‗lishini talab qiladi. Ko‗p qavatli yig‗ma 
va monolit binolar konstruksiyalarini barpo etish aniqlik va to‗g‗ri o‗rnatilishiga yuqori talablar bilan 
xarakterlanadi. O‗rnatilgan qo‗yim(dopusk)larga amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig‗ilishi ishlarni 
bajarishni qiyinlashtiradi, ayrim elementlarni va umuman binoning yuk ko‗taruvchanlik qobiliyatini va 
to‗rg‗unligini kamayishiga olib keladi. 
Binoni aniq barpo etishning asosi 
kompleks geodezik rejalashtirish ishlari
bo‗lib, ularning bir qismi 
tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi: 


• binoda o‗qlari biriktirilgan va bu o‗qlarni qavatlarga ko‗chirish imkoni bo‗lgan geodezik 
rejalashtirish planini yaratish ; 
• har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va yordamchi o‗qlarni 
rejalashtirish; 
• elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‗rnatuvchi chiziqlarni belgilash; 
• qavatlarda montaj gorizontini aniqlash; 
• qavatlar bo‗yicha bajarish sxemasini to‗zish. 
Binoning poydevorlarini cho‗kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik nazorat qilish
majburiydir. 
Binoning er ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va erto‗la yopmasida o‗qlar o‗rni 
belgilanadi. Har bir bosh o‗q binoga qo‗yidagi tartibda ko‗chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida
binoning o‗qi mahkamlangan shtir ustida joylashgan holda o‗rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida 
joylashgan shunga uxshash belgiga stvor o‗qi bo‗ylab yunaltiriladi, keyin binoning sokol paneliga yunaltirilib 
unda stvor o‗qi belgilanadi. Xuddi shuningdek boshqa bosh o‗qlar ko‗chiriladi. Odatda o‗qlarning kerakli 
belgilari binoning sokoliga va qavatlararo yopmasiga bo‗yoq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha 
ravishda o‗qlarning uzaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o‗q binoga maydonning ikki joyida 
mahkamlangan o‗q nuqtalaridan ikki marta ko‗chiriladi. Loyihadagi va amaldagi o‗qlar orasidagi masofa va 
burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo‗ylama 
o‗qlar orasidag farq ±3 mm, yonma-yon ko‗ndalang o‗qlar orasidagi farq ±1 mm bo‗lishi mumkin. 
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‗liq holda asosiy 
o‗qlarni boshlang‗ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga ko‗chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash 
usuli bilan amalga oshiriladi. YOtiq proeksiyalashda teodolit ko‗chiriladigan asosiy yoki yordamchi o‗qni
chizig‗ida o‗rnatiladi. Binoning sokolida o‗qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. 
Kuchiriladigan o‗qni orayopmaga proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon (ko‗p hollarda − shoqulli 
uchoyoq) o‗rnatiladi, o‗qni holati orayopmaga ko‗chiriladi va belgi-chiziq bilan belgilanadi (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko‗chirish sxemasi: 
1 – qurilish reperi; 2, 8 – reykalar; 3, 7 – nivelirlar; 4 – ruletkaga o‗rnatilgan qushimcha yuk; 5 – 
ruletka; 6 – kronshteyn; 9 – ishchi reper; 
a
va 
b – 
nivelir bo‗yicha sanoqlar



Vertikal proeksiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yoki qurilishni tor sharoitlarida 
qo‗llaniladi. Uning uchun vertikal proeksiyalashni maxsus priborlari ishlatiladi. O‗qlarni qavatlarga 
ko‗chiriladigan tayanch nuqtalari kolonna yoki panellar qatorining o‗qlarida emas, parallel siljitilgan bo‗ylama 
va ko‗ndalang chiziqlarda joylashtiriladi. 
Ko‗chiriladigan asosiy o‗qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‗liq. Yirik panelli binolar 
uchun qamrovlar chegarasidagi ko‗ndalang o‗qlar va bir chetki bo‗ylama o‗q ko‗chiriladi. Karkasli binolarda 
hamma bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlar ko‗chiriladi. 
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli binolarda kolonna bosh 
qismini tayanch yuzasi, kran osti to‗sinlari o‗rnatiladigan konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va 
tashqi devor panellari o‗rnatiladigan erdagi panellar va qavatlararo yopmalarni yuzalari nivelirlanadi. Montaj 
gorizonti sifatida eng baland no‗qtani raqamiy belgisi olinadi.Montaj gorizonti sathi mayaklar yordamida 
tayyorlanadi. 
Montaj gorizonti qo‗yidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) o‗rnatilish joylari 
belgilangandan so‗ng mel yoki rangli qalam bilan mayaklar o‗rni belgilanadi ( kolonnalar uchun – nivelir 
reykasini o‗rnatilish joyi) . Keyin nivelir qamrov tashqarisiga o‗rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar 
nivelirlanadi va reykadagi sanoqlar yoziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va montaj chokini minimal 
qalinligini e‘tiborga olgan holda montaj gorizontini amaldagi sathini raqami aniqlanadi. 
Uzunligi 100 m dan kam bo‗lgan binolarda bitta montaj gorizonti, bundan ham uzun bo‗lganda
umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar orasidagi uchastka qabul qilinadi. 
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‗lgan ustunlarni, kran osti to‗sinlarini va stropila 
fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi. YAnada 
uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita teodolit 
yordamida yuqori o‗q chizig‗i kolonnani pastki qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna 
pastki qismini o‗rnatishda rejalashtirish o‗qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan pastdagi kolonnalarning 
o‗qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini vertikalligi tekshirilgandan so‗ng rigel, to‗sin va 
fermalarga tayanch bo‗lib xizmat qiluvchi ularning konsoli va ko‗ndalang yuza qismi nivelirlanadi.
Kolonnalarni montaji va nivelirlashlari tugagandan so‗ng rigel , to‗sin va fermalar o‗rnatiladigan yuzalardagi 
belgilarni o‗rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo‗li qo‗yidagicha. Montaj qilishdan oldin erda 
turgan kolonnani baland qismidan yoki konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o‗lchov o‗lchanadi va 
shu sathda bo‗yoq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi , undan kolonnani pastki qismiga qadar bo‗lgan 
masofa 1.5 m dan ortiq bo‗lmasligi kerak.Kolonnalar o‗rnatilib bo‗lgandan so‗ng nivelirlashni shu pastgi 
gorizont bo‗yicha oborish mumkin. 
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruksiyalarni rejalash o‗qlariga nisbatan
holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish sxemasi bajariladi. Bu yig‗ilib qolgan xatolarni e‘tiborga 
olishni va yuqori qavatlar konstruksiyalari montajini holatini korrektirovka qilish imkonini beradi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish