Bino va inshootlar qurilishi


O„ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo„nalishini tanlash



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

O„ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo„nalishini tanlash
. Montaj qilish 
yo‗nalishini tanlash – bir qancha parametrlar bilan – konstruktiv sxemaning xususiyatlari, ayrim oraliqlar 
yoki bino qismlarining texnologik jihozlarini ketma – ket montaj qilish uchun topshirish zaruriyati, 
texnologik liniyalarning joylashuvi va ularning o‗zaro bog‗lanishi bilan aniqlanadi. Montaj ishlarini 
tashkil etish ob‘ektini qurishda ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan ishlarni paralel ba jarishini, 
binoning ayrim uchastkalarini texnologik jihozlarni montaj qilish uchun, ayrim qismlar, oraliqlar yoki 
qamrovlarni foydalanishga tez topshirishni ta‘minlash kerak.
Ob‘ektning asosiy o‗qlariga nisbatan montaj qilish yo‗nalishiga bog‗liq holda, 
konstruksiyalarni o‗rnatish alohida oraliqlar bo‗yicha olib boriladigan bo‗ylama montaj va bino 
yacheykalari ko‗ndalang yo‗nalishda montaj qilinadigan ko‗ndalang yoki seksion montaj bilan 
farqlanadi(8.1-rasm).Ko‗ndalang montaj binoni foydalanishga topshiri sh binoning ko‗ndalangiga alohida 
seksiyalar bo‗yicha nazarda tutilganda yoki mexanizmlarning o‗rnini almashtirishni ancha qisqartirishga 
imkon beruvchi, ta‘sir doirasi katta bo‗lgan kranlardan foydalanilganda qo‗llaniladi.
Bo‗lishi mumkin bo‗lgan harakat yo‗nalishini tahlil qilish faqat o‗zi yurar kranlar uchun va 
karkasida stropilaosti fermalari bo‗lmagan, bir qavatli fonarsiz sanoat binolarini barpo etishda mumkin.
8.1-rasm. Bino karkasini bo‗ylama (a) va ko‗ndalang (b) montaj qilish sxemasi
Usul asosan faqat yopma elementlarini montaj qilish uchun asosiy ikki sababga ko‗ra 
aniqlanadi– strelasining qulochi ancha katta bo‗lganda mavjud montaj kranining yuk ko‗tarish qobiliyati 
etarlicha bo‗lmaganda va bir qator ko‗ndalang yacheykalarni navbatdagi texnologik jihozlarni montaj 
qilish va pardozlash ishlarini bajarish uchun tezda bo‗shatish zarurligi sababli (8.2. -rasm). 
Bo‘ylama
usulda bino alohida oraliqlar bo‗yicha ketma – ket montaj qilinadi, bu esa qisqa 
muddatlarda ularni texnologik uskunalarni montaj qilishga topshirishga imkon beradi. Montaj qiluvchi 
kran montaj amalga oshirilayotgan yacheykadan tashqarida joylashadi va ustyopma plitalarini montaj 
qilish montaj qilingan stropila konstruksiya ustidan olib boriladi. Tomyopma plitasining fazoda kran 
strelasi bo‗ylab joylashganligi, nihoyatda ma‘qul emasdir. 


Bir qavatli binolar ustyopmasielementlarini montaj qilishning turli yo‗nalishlarida montaj 
qilish: 
a - montaj qilishning ko‗ndalang usuli; b - montaj qilishning bo‗ylamausuli; 1 - ferma, 2 - 
tortqi (elementni montaj qilishdan oldin kuchaytirish); 3 – traversa; 4 – montaj qilinuvchi element; 5 – 
montaj qiluvchi kran. 
Ko‘ndalang
usulda kran oraliqlarda ko‗ndalang ravishda xarakatlanadi. Bunday usul asosan 
kransiz tizim binolarida ustunlar qadami 9 va 12 m bo‗lganda qo‗llanilishi afzaldir. Montaj qiluvchi kran 
montaj yacheykasi ichida bo‗ladi, strela montaj qilinayotgan ustyopma plitasiga ko‗ndalang joylanadi,
demak, plitani osish nuqtasi streladan 6...9 m masofada emas, balki bor yo‗g‗i 1...1,6 m masofada 
bo‗ladi. Ko‗ndalang montaj konstruksiyalarini bir vaqtda turli yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega ikkita kran 
bilan o‗rnatish imkoniyatini beradi. Katta yuk ko‗tarish imkoniyatiga ega birinchi kran ketma – ket 
fermalarni montaj qiladi. Kichik yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega boshqa kran ham oraliqlarga ko‗ndalang 
holda xarakatlanib, plitalarni joylashtirishni amalga oshiradi. Mo ntaj qilishni bunday tashkil etishda
ishlarning qiymati va davomiyligi ancha pasayadi. 
Bu usul bino karkasida kranosti to‗sinlari mavjud bo‗lganda ham (8.3-rasm) konstruksiyalarini 
montaj qilishga imkon beradi.Montaj qilishning texnologik kartasida bayon qilingan elementlarni 
o‗rnatish ketma – ketligi bo‗yicha tavsiyalarga (fermalar, kranosti to‗sinlari, ustyopma plitalari) qat‘iy 
amal qilish zarur. 
8.3-rasm. Montaj qilish yo‗nalishlari har xil bo‗lganda elementlarni o‗rnatish ketma – ketligi: 
a – bo‗ylama montaj; b – ko‗ndalang montaj. 
Montaj qilishning ko‗ndalang usuli quyidagi hollarda qo‗llaniladi: 
• binoni, uning barcha oraliqlarini o‗z ichiga qamrab oluvchi alohida seksiyalar tarzida 
foydalanishga topshirishda; 
• amal qilish radiusi katta bo‗lgan kranlar bilan montaj qilishda, shuning uchunkim har bir 
to‗xtash joyidan to‗laroq foydalanish uchun; 


• montaj kranlarini faqat ko‗ndalang yo‗nalishda xarakatlanishi zarur bo‗lganda yoki maqsadga 
muvofiq bo‗lganda. 
Kombinatsiyalangan
, ya‘ni bo‗ylama – ko‗ndalang usul ustunlarni bo‗ylama usulda o‗rnatishga 
va tomyopmani kranning ko‗ndalang yurishida montaj qilishga asoslangan. Ko‗ndalang montaj qilish 
ayniqsa 12 x 3 m va 24 x 3 m o‗lchamdagi ustyopma plitalarini va montaj kranini tanlashga massasi 
hamda qulochi jiddiy ta‘sir ko‗rsatuvchi ―2T‖ uzun o‗lchovli to‗shamalardan foydalanganda yanada 
tejamliroq bo‗lishi mumkin. Kranni ikkita montaj qilingan fermalar orasiga joylashtirish hisobiga u 
strelasining kam qulochi bilan ishlaydi. Montaj qilish yo‗nalishini tanlash ko‗p jihatdan barpo 
etilayotgan sanoat binosining texnologik xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish