Bino va inshootlar qurilishi



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

.
 
 
O„zi yurar kranlarga oʻrnatiladigan strelali uskunalar: 
a-в-bosh qismi bikr mahkamlangan strelalar; г-teleskopik strela; д-tumshuq (tirgakli strela);
е, ж-boshqariladigan va boshqarilmaydigan guseklar; з-ayrisimon kallak. 
Gusenitsali strelali kranlar. Yurgizuvchi qurilmasining turi bo‗yicha bunday kranlar gusenitsasining
yuzasi normal va gusenitsasining yuzasi kengaytirilgan kranlarga bo‗linadi. Gusenitsali kranlar katta
harakatchanlik va ustivorlikka ega bo‗lib, ular 16...250 tonna yukni bemalol ko‗taradi, strela uzunligi
6,5 dan 40 m gacha bo‗ladi.
Pnevmog‗ildirakli strelali kranlar. Bu kranlar 16...100 t yukko‗taruvchanligiga ega, 25 m gacha
uzunlikdagi strelalar bilan jihozlangan, yaxshi ustivorlikka ega. Kranning ustivorligini oshiradigan
tayanchlar – autrigerlarga tayangan bo‗lishi lozim. Strelali avtomobil kranlar. Bunday kranlar
yordamchi va yuklash-tushirish 
ishlarini bajarishda, qo‗llanadi. Avtomobil kranlarning kamchiligi - bu ularning ikkita kabinaga ega 
bo‗lishidir, ulardan biri kranning yurishida uni boshqarish uchun bo‗lsa, ikkinchisi esa montaj
jarayonlarining bajarilishini boshqarish uchundir. Avtomobilkranlardan qurilish maydonlarining tor
sharoitlarida, yopiq binolarda foydalanish mumkin. Strelali temir yo‗l kranlari. Bunday kranlar 75 t
gacha yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega, strela uzunligi 10 dan 45 m gacha atrofida o‗zgaradi. Temir yo‗l
kranlarining kamchiliklari – temir yo‗lining mavjud bo‗lishi yoki uni qurish zaruriyati; 
Minorali kranlar
Minorali kranlar qurilish maydonida o‗rnatilish usuliga, yurgizuvchi qurilmasining turi bo‗yicha, 
minoralari vastrelalariga qarab sinflarga bo‗linadi. O‗rnatish usuliga ko‗ra kranlar statsionar,
ko‗chadigan va o‗zi ko‗tariladigan kranlarga bo‗linadi. Statsionar kranlar poydevorga o‗rnatiladi va 
qurilish maydoniga bir joydan turib hizmat ko‗rsatadi, barpo etilayotgan bino karkasiga mahkamlash 
taqoza etiladi. Tiralgan va o‗ziko‗tariladigan kranlar asosan ko‗p qavatli binolar qurilishida qo‗llaniladi.
Ko‗chma minorali kranlarning tayanch qismi siljiydigan arava ustiga o‗rnatiladi, bu arava kranning
harakatlantiruvchi mexanizmi yordamida po‗lat g‗ildiraklari bilan izbo‗ylab harakatlanadi. Kranlar


minorasi buriladigan va burilmaydiganga ajratiladi. Minorasi buriladigan kranlarda tayanch-buruvchi
konstruksiya uning yurish qismiga yoki portalga joylashtiriladi. Minorasi burilmaydigan kranlarda
tayanch-buruvchi konstruksiya minoraning tepa qismida joylashtiriladi. Strela qulochini o‗zgartirish usuli
va strela turiga bog‗liq ravishda minorali kranlar strelasi ko‗targichli vabalkalilarga bo‗linadi. Minorali 
kranlarning kamchiliklari – harakatlanadigan kranlar uchun kran osti yo‗llarini qurish vastatsionar kranlar 
uchun esa maxsus tayyorlangan tayanch yuzani qurish zaruriyatlaridan iborat (8.13-rasm). 
Montaj kranini tanlash
Konstruksiyalar montajining samaradorligi ko‗p me‘yorda qo‗llaniladigan montaj kranlariga bog‗liq
bo‗ladi. Kran tanlash binoning geometrik o‗lchamlari, massasi, montaj ishlarining hajmi va montaj
kranlarining texnik hamdaekspluatatsion tavsivlariga bog‗liq. 
Montaj qilinayotgan konstruksiyalar montaj massasi, montaj balandligi vatalab qilinayotgan strela qulochi 
bilan tavsiflanadi. Montaj massasi – bu montaj qilinayotgan konstruksiya va u bilan birgalikda 
ko‗tarilayotgan moslamalarining massasi. Montaj balandligi konstruksiyalarni o‗rnatish balandligi,
zahira balandligi, montaj qilinayotgan konstruksiyalarning balandligi (uzunligi va qalinligi), stroplar 
balandligi yig‗indisidan iborat bo‗ladi. Kran strelasining qulochi(relsda yuruvchi kranlar uchun) binoning 
kengligi va krandan barpo etilayotgan binogacha bo‗lgan masofaga bog‗liq. Minorali kranlar. Montaj 
kranini tanlash uchta asosiy tavsiflarni topish orqali aniqlanadi: – talab qilingan yuk ko‗taruvchanlik
(montaj massasi); – ilmoqning
ko‗tarish balandligi (montaj balandligi) vastrelaning qulochi (8.14-rasm

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish