Bog'liq Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Ochiq usul yoki tugallangan ―nol sikli‖ usuli bino sinchi ostiga poydevorlarni asbob-uskuna va
etajerka ostiga poydevorlar qurish bilan bir vaqtda bajarishini ko‗zda tutadi.
Yopiq usul asbob-uskunalar va etajerka ostiga poydevorlarni binoning er usti qismini barpo qilgandan
so‗ng qurilishini ko‗zda tutadi.
Asbob-uskunalarni montaj qilishning
birlashtirma usuli binoning qurilish konstruksiyalari va
etajerkani montaj qilishni asbob-uskunalarni uzatish va o‗rnatishni birgalikda olib borishni ko‗zda tutadi.
Bunday usulda bitta qurilish brigadasining o‗zi (oqim) qurilish konstruksiyalarni montaj qilish bilan birga
asbob-uskunalarni joyiga o‗rnatish ishlarini xam bajarida. Montaj qilish ishlarining davomini (yig‗ish,
agregatlash va boshqalarni) keyingi ixtisoslashgan oqim bajaradi.
Montaj qilishning
ajratma usuli qurilish konstruksiyalarini montaj qilishni bitta ixtisoslashgan oqim
(qurilish brigadasi) bilan, asob-uskunalarini montaj qilishni (takelaj ishlari, o‗rnatish va mexanomontaj ishlari)
esa boshqa ixtisoslashgan oqim bilan to‗la qurilgan binoning ichkarisida bajarishni ko‗zda tutadi. Aralash usul
birlashtirma usuldan farqli ravishda asbob-uskunalarining bir qismini qurilish konstruksiyalarini montaj qilishda
keyin, qurib bitirilgan binoning ichkarisida montaj qilishni ko‗zda tutadi. Amaliyotda u yoki bu usulni tanlash
ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗ladi: asbob-uskunalarining harakteristikalariga, qurilish konstruksiyalarining
ustivorligiga, mavjud montaj qilish mexanizmlarining parametrlariga, ishchi kuchining etarlicha mavjudligiga,
qurilishning belgilangan muddatlariga va bir qator boshqa omillarga. YUqorida keltirilgan barcha usullar
o‗zining ijobiy tomonlari va kamchiliklariga ega. Birlashtirma usulni qullash ajratma usularga qaraganda asbob-
uskunalarni montaj qilish bo‗yicha ishlarni ko‗proq darajada mexanizatsiyalash, eng asosiysi esa - uzluksiz,
bir tekis oqimli ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi. SHu bilan birga yuqori quvvatli montaj
kranlarini ishlatish asbob-uskunalar va quvur yo‗llarni montaj qilishni, yiriklashtirilgan bloklar va tugunlarni
qo‗llash yo‗li bilan, industrlashtirish darajasini oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Birlashtirma usul
montaj qilishning jadal usuli sifatida barcha ishlab chiqarish zvenolarini yuqori aniqlikda o‗zaro bog‗lashni va
jarayonlarni bajarishda qat‘iy uzluksiz nazoratni o‗rgatishni talab etadi. SHuningdek montaj qilish zonasida
ishlarni tashkil qilish ham juda murakkablashadi. Binolarni barpo qilishning ajratma usulini yopiq usul bilan
birgalikda qo‗llanilganda binoning ichkarisida bajariluvchi ishlar uchun qulay mikroiqlimiy sharoitlar hosil
bo‗lishi ta‘minlanadi. Bu ayniqsa keskin tabiy sharoitlarga ega bo‗lgan hududlar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ajratma usulda montaj qilish kranlarning yuk ko‗tarish
qobiliyatidan to‗laroq foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Ikkala uslubning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini taqqoslash natijasida birlashtirma uslubning
afzalroq ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin, chunki bu uslub ishlarni oqimlar bo‗yicha tashkil qilishning
qulay imkoniyatlarini yaratib beradi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish esa o‗z navbatda ob‘ektlar
qurilishi muddatlarining qisqartirilishiga olib keladi. Kelajakda oqimli - birlashtirma uslub ob‘ektlarni to‗la -
yig‗ma montaj qilinishiga o‗tishga olib keladi. Bunda faqat qurilish konstruksiyalari emas, balki asbob-