GLOSSARIY
Mashina – detallar va uzellar yig‗indisidan iborat, energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi;
Detal – mashinani bir jinsli materiallardan, birikmalarsiz tayyorlangan qismlaridir;
Joiz o‗lcham (dopusk) – detallarni eng katta va eng kichik nominal o‗lchamlari orasidagi ayrma dopus
deyiladi.
O‗tqazish – detallarning birikish xarakteri o‗tqazish (posadka) turi bilan aniqlanadi.
Birikma – detallarni va uzellarni yig‗ish har xil birikmalar vositasida bajariladi;
Uzatma – energiya manbaidan mashinani ish bajaruvchi qismlariga xarakatlarni uzatib o‗zaro bog‗lovchi
mexanizmlar.
Po‗lat arqon (tros) – yuklarni ko‗tarishda, tushirishda, qurilish mashinalarning blok-trosli ish jihozlarida
qo‗llaniladi.
O‗qlar – mashinalarning aylanuvchi qismlarini tutib turadi;
Vallar – detallar bilan birga aylanuvchi va burovchi moment uzatadi.
Podshinniklar – aylanadigan val va o‗qlarni tayanchi xisoblanadi.
Muftalar – aylanuvchi vallarni o‗zaro birlashtiruvchi, silliq ulash va uzish uchun ishlatiladi.
Polisplast – qo‗zg‗aluvchan va qo‗zg‗almas bloklarni o‗zaro po‗lat arqon (tros) bilan birikkan sistemaga
polispast deyiladi.
Qurilish mashinalari tasnifi – mashinalarning vazifasi, bajaradigan ishining turi, yurish qismi universalligi
va boshqa xususiyatlari.
Kuch manbalari – dvigatellari, matorlari.
Kuch o‗tkazmalari – mexanik, elektrik, gidravlik bo‗lib energiyani ish jihozlariga uzatadi.
Qurilish mashinalarini T.I.K. – ish unumdorligi, mehnat unumdorligi.
YOpishqoqlik – ish jihozlariga yopishib qolish xususiyati.
Tayyorlov mashinalari – qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishda qo‗llaniladigan
mashinalar;
Bo‗takeskich – qurilish maydonidagi butalarni, mayda daraxt va changalzorlarni qirqish uchun xizmat
qiluvchi mashina.
Kundakkov – yig‗ishtirgich – qurilish maydonida uchraydigan massasi 3tagacha bo‗lgan toshlarni va
to‗pkalarni sug‗orish uchun mo‗ljallangan mashina;
Buldozer jihozi – traktor yoki pnevmo g‗ildirakli tyagachlarga montaj qilinadigan almashinadigan osma
ish jihozli mashina;
Skreper – pnevmatik g‗ildirakli tyagachlarga o‗rnatiladigan cho‗mich ish jihozli mashina.
Ekskovator – davriy va uzluksiz ishlaydigan o‗zi yurar er qazish mashinasi;
Droglayn – strelasi panjarasimon, cho‗michi ikkita tros bilan xarakatlanadigan ekskavator;
Greyfer – jag‗simon ikkita tros, yoki gidravlik xarakatlanadigan ish jihozli ekskavator;
Aralashtirish mashinalari – beton qorishmasi va qurilish qorishmalarini tayyorlash uchun ishlatiladi;
Aralashtirish barabani – komponentlarni yuklash uchun mo‗ljallangan ma‘lum hajmga ega idish;
Avtobeton qorgich – dozalangan quruq komponentalarni yo‗l davomida aralashtirish tashish va sifatli
qilib etkazib berish mashinasi;
Vibrator – beton qorishmasini zichlash mashinasi;
Betonnasos – yuqori bosim ostida beton qorishmasini quvurlar orqali uzatish, tashish qurilmasi;
Ko‗p cho‗michli ekskovator – beto‗xtov, uzluksiz ishlaydigan bir vaqtda gruntni qazish, tashish
(transporterlar yordamida) va ag‗darish ishlarini uzluksiz bajaradi;
Ustun qoziq (svay) – poydevorlarni, suv havzalarni, quduqlarni, xandoqlarni suvdan ximoya qilishda
to‗siqlari barpo etishda ishlatiladi;
Dizelbolg‗a – dizel yoqilg‗isida ishlaydigan ustun qoziq qoqish mashinasi;
Debalaps – titratish, vibratsiya xosil qiladigan jihoz;
Koper – ustun qoziqlarni loyihaviy joyga o‗rnatish va qoqish jarayonida ushlab turish jixozlari;
Maxsus transportlar – bitum tashigich, ohaktashigich, quvurtashigich, temir beton konstruksiyalar, ferma,
plita, blok, santexkabinatashigichlar;
Domkrat – uncha katta bo‗lmagan ko‗tarib olib yurish mumkin bo‗lgan yuk ko‗tarish mehanizmi;
CHig‗ir – barabanchi o‗raladigan tros yordamida yuklarni ko‗tarib-tushiruvchi mexanizm;
Ko‗targich – qurilish ashyolarini imoratning tomiga qavatlariga, havozalarga olib chiqish, ishchilarni
chiqarib qo‗yish uchun machtali ko‗targichlar bo‗ladi;
Mikorali kranlar – elektr toki bilan ishlaydigan, relslar, bo‗ylab xarakatlanadigan yuk ko‗tarib – tushirish
mashinasi;
Strelasini qulochi – kranning aylanish o‗qidan ilmoqning o‗qigacha bo‗lgan masofa;
Sikl – kran uchun biror konstruksiyani ilishdan boshlab, to montaj qilib keyingi konstruksiyani ilishgacha
bo‗lgan davr uchun sarflangan vaqt;
Strelali o‗zi yurar kran – qurilish maydonida o‗zi xarakatlanadigan, manevrchanligi yuqori, yurish qismi
zanjirli yoki pnevmog‗ildirakli bo‗lishi mumkin;
Avtomobil kranlari – yuk avtomobillari bazasida ishlab chiqarilgan kranlar;
Suvoq stansiyasi – yarim pritsepga o‗rnatilgan, suvoq ishlari uchun kerakli asbob – uskuna va
qorishmalarni tayyorlash ish joyiga tashish, sepish uskunalari komplektlar majmuasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |