Bino va inshootlar qurilishi


Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko„chirish usullari



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko„chirish usullari 
Tayanchlarga o‗rnatish usuliga bog‗liq holda montaj qilish usullari vertikal ko‗tarish, buri sh, 
surish, dumalatish yo‗li bilan farq qilinadi. 
Vertikal ko‗tarib o‗rnatish usuli ko‗tarilayotgan konstruksiya yoki inshootning massasi montaj 
mexanizmlarining yuk ko‗tarish qobiliyatidan ortiq bo‗lmaydigan hollarda qo‗llaniladi. Umuman bu 
usulning qo‗llanilishi konstruksiyani yaxlit holda ma‘lum bir balandlikka u yoki bu mexanizmlar 
yordamida ko‗tarish va bunday ko‗tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan 
bog‗lanadi. Ko‗tarilgan konstruksiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo‗yish imkoniyati 
va bu tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib ketishi qobiliyati muhim 
holat hisoblanadi. (8.6.-rasm). 
Tomyopma bloklarini engil montaj kranlari yordamida erda yig‗ib olib, keyin loyihadagi 
belgiga ko‗tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruksiyani yig‗ishni o‗rnatish joyida, binoning 
chetida yoki barpo etilayotgan inshootning bevosita Yaqinida joylashgan, maxsus jihozlangan 
maydonchada amalga oshirish mumkin. 
Ayrim bloklarni, butun tomyopmani yoki uning asosiy ko‗taruvchi qismini loyihaviy holatga 
o‗rnatish joyi ostida yig‗ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus gidroko‗targichlar 
yoki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida ustunlar bo‗yi baland 
konsolli bo‗lishi kerak bo‗lib, bu konsollarga ko‗taruvchi polispastlarning qo‗zg‗almas bloklari osiladi.
8.6-rasm. Vertikal ko‗tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‗rnatish:
1 – traversa; 2 – ko‗tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj krani; 4 – yig‗ilgan 
qobiq ko‗tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj qilingan qobiqlar tayanchlari. 
8.7-rasmda har birining yuk ko‗tarish qobiliyati 160 t bo‗lgan to‗rtta polispast yordamida 
amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog‗lanishlar bilan biriktirilgan ko‗taruvchi fermalardan 
iborat tomyopmaning ko‗taruvchi blokini ko‗tarish ko‗rsatilgan. Fazoviy konstruksiyani gorizontal 
holatda tomyopmaning barcha konstruktiv elementlarini erda o‗rnatib va tomyopma ele mentlari va tom 
qoplamasi bilan birgalikda qurib yiriklashtiriladi. Ustunlar (tayanchlarning fazoviy konstruksiyalari) 
ham gorizontal holatda yig‗ilib, proekt holatiga polispastlar yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan 
keltiriladi va keyinchalik o‗sha polispastlar yordamida tomyopma bloki ko‗tariladi.


8.7-rasm. Tomyopma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi:
1 – ustun; 2 – montaj yon tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to‗sin; 5 – ko‗taruvchi 
polispast; 6 – tomyopma bloki. 
Fermalarni quyi belbog‗larining tayanch bog‗lamalari ostiga uchlariga harakatlanuvchi 
polispast bloklari mahkamlangan ko‗ndalang to‗sinlar keltiriladi. Barcha to‗rtta polistpastning 
ko‗taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8-
rasmda keltirilgan. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal ko‗tarilgandan so‗ng uning 
ko‗taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi.
Burish usuli
bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo‗lgan inshootlarni butun 
ko‗rinishda montaj qilish amalga oshiriladi.Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o‗rnatish hududida 
gorizontal holatda yig‗iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda 
poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o‗rnatiladi. Bu usul 
bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va 
undan ortiq bo‗lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi. 
Surish usulida
konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig‗iladi, keyin esa bu tayanchlarga 
vaqtincha o‗rnatilgan yo‗llar bo‗ylab gorizontal ko‗chirish yo‗li bilan o‗rnatiladi. Bu usul ko‗p oraliqli 
ko‗priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruksiyalarini montaj qilishda, shuningdek 
ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo‗lganda erda boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni 
qo‗shib olib borishda keng qo‗llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, h avo 
isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig‗ilib va keyin eski demontaj 
qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir.
Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha 
bo‗lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq 
bo‗lganda po‗lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin. 
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo‗lgan 84 m oraliqli spo rt 
majmuasi binosini montaj qilishni ko‗rib chiqamiz (8.9 -rasm). YUqori va quyi belbog‗lari bo‗yicha 4 
mm qalinlikdagi po‗lat listlar bilan o‗rab olingan tomyopma (qoplama) fermalari yopiladigan inshootdan
bevosita Yaqin joyda maxsus aravalar ustida erda yig‗ilgan. Aravalar tomyopma elementlarini berilgan 
aniqlikda yig‗ishni ta‘minlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega, aravachalarning konstruksiyasi 
ularga gorizontal va qiya relsli yo‗llar bo‗ylab mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi . 
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko‗tarish uchun ikkita og‗ma (qiya) montaj to‗sinlari 
montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomyopma bloki bilan ko‗chirilishi ikkita tortuvchi 
polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga etganidan so‗ng aravachalar maxsus tirgakka
taqaladi, tomyopma bloki po‗lat katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli bilan ikkita engil 
polispast yordamida loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni 
bo‗shatish uchun ko‗tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko‗rib chiqilgan 
usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga ko‗chirish va o‗rnatish uchun 
foydalanish qiymati yuqori bo‗lgan katta yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega montaj kranini qo‗llanishining 
zaruriyati yo‗q. 


8.9-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi:
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya to‗sinlari; 4 – 
tomyopma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha;
6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relsli yo‗li; 8 – tirgak. 
Montaj qilish amaliyotida ba‘zida bir necha usul qo‗shib olib borish hollari uchraydi, xususan 
surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish