- Korrektur-sinov metodikasi
Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari - Koss kubiklari
- Bu metodika 1923 yilda S.C.Kohs tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(6-ilova).
- Tajriba o‘tkazish uchun bir xilda bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
- Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi.
- Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‘lgach, eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.
- Xotira psixodiagnostikasi
Metodikaning mazmuni shundan iboratki, sinaluvchi aniq bir so‘zni – tushunchani eslab qolish uchun o‘zi mustaqil rasm sxema chizadi. Bu chizilgan rasm sxema keyinchalik so‘zni – tushunchani esga tushirishga yordam berishi kerak. Alohida harf so‘zlarni yozish tavsiya etilmaydi. Tajriba o‘tkazish uchun oldindan tayyorlangan toza varaq va qalam kerak bo‘ladi. - Metodikaning mazmuni shundan iboratki, sinaluvchi aniq bir so‘zni – tushunchani eslab qolish uchun o‘zi mustaqil rasm sxema chizadi. Bu chizilgan rasm sxema keyinchalik so‘zni – tushunchani esga tushirishga yordam berishi kerak. Alohida harf so‘zlarni yozish tavsiya etilmaydi. Tajriba o‘tkazish uchun oldindan tayyorlangan toza varaq va qalam kerak bo‘ladi.
- Sinaluvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Men sizga so‘zlarni aytaman, siz ularni eslab qolish uchun kichikroq rasm chizib oling. Rasm chizish tezligi va rasmning sifati sizni xavotirlantirmasin. Asosiysi, siz keyin rasmga qarab, eslab qolgan so‘zlaringizni aytsangiz bo‘ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: |