47
YAIM–
yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol
xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid
qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport –
import).
Xususiy iste’mol xarajatlari.
MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol
xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining
shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan
predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va
turli xizmat turlari uchun
iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan formuladagi “UPI” mamlakat aholisining
qayd qilingan xarajatlarini yig’indisi sifatida aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga
ko’ra, ushbu xarajatlarning YAIMdagi ulushi boshqa harajatlarga nisbatan katta
miqdorni tashkil qiladi.
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof
investitsiyalar
.
Umum qabul qilingan uslubiyotga binoan
yalpi xususiy ichki
investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina,
uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda
qurilish ishlari; zahiralarning o’zgarishi.
Iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lgan mamlakatlarda
ularning ulushi YaIM
tarkibida 25-33 foizni tashkil qiladi. Investitsiyalar YAIM va aholi farovonligini
o’stirishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini
talab qilganligi uchun, uning tarkibiga
bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay
qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks xolda
zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan
taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan
bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri
va boshidagi zahiralar
qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta
miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning
o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin.
MHTda
investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib
o’rganiladi. Oxirgi ikki ko’rsatkich xususiy firmalar va kompaniyalarning
xarajatlarini ifodalab, ular ko’rilayotgan mamlakat
uchun yuridik shaxslar
hisoblanishi lozim.
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni
almashtirish uchun ishlab chiqarilgan barcha investitsion tovarlar plyus har qanday
iqtisodiyotda sof qo’shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak,
yalpi investitsiyalar
- ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o’rnini qoplash hamda kapitalning
qo’shimcha oshishiga olib kelgan investitsiyalardir.