Ta’lim muassasalari rahbarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
ishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, vaziyatni pedagogik tahlil qila bilish;
vaziyatdan to‘g‘ri chiqa bilish, har bir ishga ijodiy yondashish;
o‘zining shaxsiy ibrati, ishga bo‘lgan munosabati bilan pedagogik jamoani ergashtira bilish;
pedagogik mahorat va boshqara olish mahorati, fan yutuqlarini o‘zlashtirish;
yangi g‘oyalar, ichki imkoniyatlarni qidirib topib, uni amaliyotga tatbiq etish;
umummadaniyatlilik, ziyolilik, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
jahon madaniyati durdonalaridan xabardorlik, dunyoqarashning kengligi;
mehribonlik, insonparvarlik, shaxsni hurmat qilish;
har bir pedagog – xodimga uning xarakteri, imkoniyatlari va ehtiyojidan kelib chiqib vazifa berish;
jamoa ishonchiga kirish, aytilgan fikr, taklif, qabul qilingan qarorning o‘z vaqtida bajarilishiga erishish;
pedagogik jamoa, ta’lim oldida turgan vazifalar, maqsadlar, istiqbolni aniq belgilash;
odamlar bilan o‘zaro samimiy munosabat o‘rnatish, muloqotga kirishish, jamoani ishontira bilish;
yordam berish, xodimlar kayfiyatini ko‘tarish, ixtiyoriy – majburiy tarzda o‘ziga ergashtirish;
har bir ishning muqobil variantlarini e’tiborga olish va amalga oshirish;
mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, o‘z so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish;
fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iyatlilik, jur’atlilik, jamoasi manfaati yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish;
mehnat – sevarlik, adolatlilik, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib, barchaga namuna bo‘lishi;
pedagoglarga erkinlik va mustaqillik berishi, ularning har bir qadamini nazorat qilishdan saqlanish;
yangiliklarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘yilgan xatolarini kechirish, ularni o‘zlari to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berish;
pedagog – xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik.
Yuqorida keltirib o‘tilgan talablar rahbar kompetensiyasini belgilab beradi.
J
Rahbarning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda o‘ta muhim hisoblanadi. Rahbarning kompetensiyalarga ega, ya’ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash – kompetentli yondаshuv deyiladi.
amiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuksak madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‘lish, ijodiy potensialini rivojlantirishga, innovatsion faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka egalik va shu kabi sifatlarni, ya’ni ko‘p qirrali qobiliyatlilikni talab etadi. Ko‘p qirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga mos keladi. Aleks Murning fikricha, “Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi. Xou ta’kidlashicha, hech qachon ikki o‘rganuvchi bir xil bo‘lmaydi: har bir shaxs o‘ziga xos qobiliyatlar egasidir 9.
Xorijiy so‘zlar lug‘atida «kompetentlik» tushunchasi biror shaxs yoki muassasaning vakolati va huquqlari majmuasi yoki biror bir insonga tegishli ishlar, savollar majmuasi sifatida ta’riflangan. Fransuzcha «competent» so‘zi “kompetentli, vakolatli” sifatida tarjima qilinadi. Inglizcha «competense» atamasida shaxsning sifati ma’nosi mavjud: kompetentlik – qobiliyat sifatida keltirilgan.
“Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87 – 92 betlar va Bentli 1998).10
Kompetentlik – deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlari tushuniladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Rahbarning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish, o‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir. Rahbar kompetensiyasining shakllanish bosqichlarini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish joiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |