Bilim sohasi


BOSHQARUV – “MENEJMENT” TUSHUNCHASINING MOHIYATI



Download 7,14 Mb.
bet44/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

BOSHQARUV – “MENEJMENT” TUSHUNCHASINING MOHIYATI

Boshqaruv – bu qadimgi san’at va eng yangi fandir. Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar fikricha, boshqaruv siyosiy, iqtisodiy texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zining yo‘nalishi, tamoyillari, uslublariga ega. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv jiddiy ilmiy – uslubiy asosga tayanadi. Har bir fan bilimlar majmui bo‘lib, jamiyat va tabiatdagi hodisa va qonunlarni anglab tushuntirishga harakat qiladi. Fan sifatida boshqaruv yangi murakab hodisalarni aniqlashga, tabiatdagi tartib, qonunlarni ochishga harakat qiladi.

B


Boshqaruv nazariyasi o‘zining tadqiqot obyektiga ega bo‘lib, u boshqaruv jarayonining tashkil etilishi va bu jarayondagi odamlar munosabatlarining qonuniyatlarini o’rganadi.
oshqaruv nazariyasi tadqiqot obyektiga mos bo‘lgan uslublarni aniqlaydi, boshqaruv obyektiga faol ta’sir ko‘rsatish uslublarni ishlab chiqadi, jarayonlarni istiqbollashtiradi. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi, uning yutuq va mag‘lubiyatlari, o‘ziga xos farazlar yaratilishi va inkor etilishi ushbu fikrni tasdiqlaydi. Fan dunyoni anglash uchun kuchlivosita–tahlil uslubiga ega, ya’ni voqelikni qism, xususiyat, rivojlanish bosqichlariga bo‘ladi va umumlashtiradi.

Boshqaruv nazariyasi yoki ma’muriy boshqaruv hamisha ham deduktiv va eksperimental uslublarga tayanmaydi, chunki o‘rganilayotgan voqelikni tashqi muhit ta’siri omillaridan mutloq chegaralab saqlashning iloji bo‘lmaydi. Tahlil va sintezdan tashqari fan (shu jumladan san’at ham) yana bir ajoyib bilim quroli – intuitsiya (sezgi) bilan ish tutadi. Albatta, intuitsiya empirik va nazariy bilimlarga asoslanadi.

Intuitsiya – odam tafakkurining doimo izlanishi, muammo yechimini tinmasdan izlash natijasidir. Bunga Nyuton olmasi, Mendeleyevning tushi, bastakorlarning betakror musiqa asarlar yaratishini misol sifatida keltirish mumkin. Intuitiv yechim faraz g‘oya, taxmindan amaliyot tasdig‘igacha bo‘lgan mashaqqatli va murakkab yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Boshqaruv faqat fan emas, balki san’at bo‘lgani uchun ham intuitiv boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Mamlakat siyosiy va iqtisodiy muammo yechimlarini hal qilish bosqichida harakat qilayotganda, har bir rahbar firma, korxona qolaversa davlatni muvaffaqiyatli boshqarish uchun boshqaruvning ilmiy asoslarini bilishi, bu bilimlarni ijodiy qo‘llashi zarur ekanligini anglashi kerak. Amaliy faoliyatda boshqaruvchilar doimo o‘zgaruvchan sharoitda ishlaydi. Unda sodir bo‘lgan tasodifiy hodisalar hisobga olinadi, tajriba va intuitsiyaga asoslanib qaror qabul qilinadi. Qator olim va amaliyotchilar boshqaruvni eng avvalo san’at deb ta’kidlaydi. Ular fanning boshqaruvdagi roli haqida shunday yozadi: “Boshqaruv jarayoni san’atdir, uning mohiyati ilmni (boshqaruv sohasidagi tashkiliy bilim asoslarini) har bir sharoitga nisbatan ishlatilishidadir”. G.Kuns, S.O.Donnel7.

Keyingi yillarda nazariya bilan amaliy boshqarish faoliyatida bir qancha klassifikatsion qarashlar yuzaga keldi. Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri ilmiylik xususiyatidir. Faqat ilmiy nazar bilan qarashgina boshqaruvchi shaxsga – rahbarga o‘zining rahbarlik faoliyatida ko‘p qirrali va mazmunli ish uslubini ko‘rsata olish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib boshqaruv jarayoniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Boshqaruv funksiyasi rejalashtirish (istiqbolni belgilash, modellashtirish, dasturlash), tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya, qo‘yilgan masalalar bajarilishini nazorat va hisob qilish hamda uning mustaqil funksiyasi sifatida ajratilgan marketingdan iborat bo‘lib, boshqaruvning mohiyatiga turli tasniflarda turlicha yondashiladi. Jumladan, I.P.Pavlov, D.B.Uotson, B.F.Skinner asarlarida boshqaruv san’ati, kishilar muloqotining butun boshli tajribasi vaziyat o‘zgarganda stereotiplardan, bir xillilikdan voz kechishni maslahat beradi. Boshqaruvda rag‘bat va jazo tizimi chuqur ilmiy asoslab beriladi, ijrochi faoliyatining mantiqiy doirasi uning qobiliyatiga qarab dalillar bilan aniqlab beriladi, rahbar va uning qo‘l ostida ishlovchilar o‘rtasida qarama-qarshi aloqa bo‘lishi zarurligi asoslanadi.






Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish