PEDAGOGIK JARAYON TIZIMINING XUSUSIYATLARI
Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida “pedagogik faoliyat”, “pedagogik jarayon” tushunchalari mavjud. Bu ikkala tushuncha ta’lim jarayonida uyg‘un ravishda amal qiladi. Pedagogik faoliyat – jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja – dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turidir. Pedagogik jarayon – o‘qituvchi yoki tarbiyachi, o‘quvchi-talaba yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish – o‘rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimidir.
D
Didaktik tizim (yunoncha “sistema” – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) ma’lum mezonlar asosida ta’lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatishdir.
idaktik tizimda pedagogik jarayon ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
(1 – jadval).
Didaktikada pedagogik jarayon faoliyat sifatida tushuniladi va shuning uchun unda quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
boshlang‘ich vaziyat (holat) tahlili;
ishni rejalashtirish, maqsad-mazmuni va maqsadga erishishni ta’minlaydigan vositalarini tanlash – o‘quv materialidan parcha ajratish va uni turli yo‘llar bilan qabul qilish;
o‘quvchi yoki talabalarning bajarishi, o‘qituvchi va o‘quvchi talabalarning hamkorligi, ishni birgalikda tashkil etishi;
material mazmunini o‘zlashtirish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish bo‘yicha qilinadigan ishni kuzatib borish va tahlil qilish;
tahlil va o‘zini-o‘zi tahlil qilish, ta’lim natijalarini baholash kabilar.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi yoki talabaning o‘zaro faoliyati, belgilangan maqsad, mazmun va dastur o‘qituvchining faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qishni boshqarish kutilgan natijani hosil qiladi. O‘qish – o‘qituvchining faoliyati. O‘quvchi yoki talaba o‘qituvchining yordamida ta’lim vazifalarini bajaradi, insoniyatning ijtimoiy – tarixiy tajribalarini o‘zlashtiradi. Barcha turdagi faoliyat uch qismdan tashkil topadi:
mo‘ljallash – asoslash;
muloqot – bajarish;
fikrlash – baholash;
Shunga ko‘ra, o‘quvchi yoki talaba faoliyati shu uch qismdan tashkil topadi. Ta’limning muhim vazifasi – o‘quvchi talabalar faoliyatidagi bu uch qismning birlikda bo‘lishiga va rivojlanishiga e’tibor berishdir. Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanish qonuniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |