Bilim sohasi



Download 7,14 Mb.
bet125/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

Abu Ali ibn Sino (910 – 1037) ta’lim-tarbiya, mantiq, aql – tafakkur, aniq fanlarning bola tarbiyasida tutgan o‘rni, o‘qitish usullari haqidagi ta’limotlarini “Tib ilmlari qonuni”, “Najot kitobi”, “Insof kitobi”, “Donishmand” asarlarida ham bayon etgan.

Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida yosh bolalarni tug‘ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalab borish lozimligini aytadi. Maktabda bolalarni qanday o‘qitish va nimalarga o‘qitish haqida, uning usullari ustida ham muhim fikrlarni olg‘a suradi. Alloma bolalarni bitta – bitta, alohida o‘qitishdan ko‘ra jamoa tartibida o‘qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida yozadi: “O‘quvchilar o‘qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O‘z bilimlari bilan g‘ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G‘urur va o‘ziga e’tibor tarbiyalanuvchilarni bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi.

O‘quvchilar birga bo‘lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar” 50..

Ibn Sinoning uqtirishicha, jamoa tartibida o‘qitishning yana bir ijtimoiy foydasi shundaki: o‘quvchilar bir-birlari bilan do‘st bo‘ladilar, bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, o‘zaro fikr almashadilar, musobaqalashadilar, vazifa va huquqlari haqida mulohaza yuritadilar. Bular hammasi namunali xulq va axloq qoidalarini shakllantirishga yordam beradi.

Ayrim bola til o‘rganadi, ayrimlari shoir bo‘lib yetishadi yoki notiqlik san’atini egallaydi. Ilmning turli sohalarini o‘rganishga kirishganidan so‘ng kimning qaysi ilmni tanlagani ma’lum bo‘ladi.

Demak, o‘qituvchi bolalarga ta’lim berishga kirishishdan avval, o‘quvchining xulq-atvorini o‘rganish va bilimlarini tekshirib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Avvalo, u o‘quvchinig nimaga e’tibor berishini tekshirib ko‘rishi, so‘ngra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etish kerak.

Ibn Sino o‘z kuzatishlarida o‘quvchining shaxsiy xislatlariga, ruhiyatiga e’tibor beradi, aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi. Insonda har uch hayotiy quvvat va insongagina xos bo‘lgan aqliy quvvat mavjuddir. Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishi, o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.


Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish