Bilim sohasi


Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti



Download 7,14 Mb.
bet118/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti o‘qitish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchi yoki talabaning o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi jihatlarini o‘rganishdan iborat.


Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorlikning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.

Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron – bir elementi o‘zgarsa, uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog o‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi o‘qitishni usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham o‘zgarishi mumkin. Yoki, o‘qitishning dasturi o‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda o‘qituvchi o‘zini va dars berish usullarini bir oz bo‘lsa – da o‘zgartirishga majbur. Chunki ular o‘zaro funksional bog‘liqdir. Didaktikaning maqsadi mana shu o‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan qonuniyatlar asosida kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir.

Didaktika o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviy tadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv–uslubiy hujjatlarni o‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi.

Didaktikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:






Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari:

Birinchi vazifasi – bilim egallash va ularni ko‘nikma va malakaga aylantirish qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, ko‘rgazmalilik, muntazamlik, ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faollik, tizimlik va izchillik, ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bular keyingi o‘rinlardalarida batafsil yoritiladi.

Ikkinchi vazifasi ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.

Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish.

To‘rtinchi vazifasi yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonining o‘quvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash.

Beshinchi vazifasiinsoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan – texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo.

Demak, ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda qobiliyatlarini o‘stirishdir.

Ta’lim asosida yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega. Unda ikki tomon – o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi-talabalar esa uni faol o‘zlashtirib oladi.

Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.

O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy – me’yoriy hamda tashkiliy – texnologik vazifani bajaradi.

Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: t
1.Ta’lim jarayonining ta’lim berish funksiyasi – o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
a’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.





Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish