Bilim sohasi: 500000 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’miiot Ta’lim sohasi: 510000 Sog‘liqni saqlash Ta’lim yunalishi: 5510500 Farmatsiya (turlari buyicha) 5111000 – Kasb ta’limi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/307
Sana01.01.2022
Hajmi2,39 Mb.
#289724
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   307
Bog'liq
PISIXOLOGIYA

diqqatni  alohida ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy 
etilgandir. 
Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi 
kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli 
bo’lsa, bu ixtiyoriydan so’nggi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi. Bu holda faoliyat 
kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob’yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-
g’ayrat sarflamasa ham bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan 
keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat 
anglanilgan holda ilgari surilgan maqsad bilan bog’liq bo’lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina 
iborat qilib qo’yilishi ham mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtixonga 
tayyorlanayotib,  qiyin kitobning qisqacha mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o’zini diqqat-
e’tiborli bo’lishga, alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik  u ishga shunday qiziqib 


50 
 
ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar 
madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror 
narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko’proq yuqori 
darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli 
ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab turish o’ta 
zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo’yadi.  O’qitish jarayonida ixtiyoriydan 
so’nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u 
ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining 
ilk bosqichlarini puxta  tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish 
shaxsning faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik 
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.  
Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib yetishda dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi 
asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha 
qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani 
«yuksak darajadagi  qo’zg’alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning 
hukmronlik qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil bo’ladigan 
markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli 
ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada  ustunlik qilishga ham 
qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» 
degan nom zamirida yuksak darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi 
tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to’g’risidagi tasavvurlari uzoq vaqt 
davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati uchun yaratiladigan eng 
qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo’naltirilgan tarzda jamlanganligi holatida barcha 
bilish jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi. 
 
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo‘ljal olish imkonini beradi. Bunday 
sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va 
uning sermahsul bo‘lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning 
hal kilinishi odamdan o‘z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun 
qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi. 
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning 
o‘ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, 
balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir. 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni 
samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab
serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga 
shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, 
sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida 
xizmat qiladi. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham 
uning ishtirokida sodir bo‘ladi.  


51 
 
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi 
alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish