Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat - diqqatning muayyan obektga avvalo ixtiyoriy ravishda
qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan
(avtomatlashgan) diqqat turi bo‘lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim
N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror obektga uzoq muddat
qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g‘ayrat sarflanmasa ham
bo‘ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi
mehnatning yuqori, samarali ko‘rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning obektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto
ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta
ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi.
Diqqat murakkab psixologik jarayon bo‘lib, uning bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Ulardan asosiylari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |