Diqqatning ko‘chishi subektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir obektdan ikkinchi
obektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o‘tishida namoyon bo‘lib, bunda ko‘chish to‘liq
yoki chala bo‘lishi mumkin.
Diqqatning bo‘linishi uning ko‘chishidan farqli o‘larok ixtiyorsiz tarzda bo‘ladi. Diqqatning
bo‘linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ahamiyatsiz bo‘lgan
obektga ko‘chishida namoyon bo‘ladi.
Diqqatni obektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog‘liq salbiy xususiyatlar,
ya’ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri parishonxotirlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |