Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni
aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan
ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta
ahamiyatga ega, chunki nutqni o‘zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga
bog‘liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib
qolamiz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‘ri talaffuz qilamiz. Ammo
chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga
qulog‘imiz o‘rganmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |