30 – amaliy mashg‘ulot:
UDP protokoli va ma’lumot uzatishni
dasturlashdagi ahamiyati.
Ishdan maqsad:
UDP soketlari va UDP segmentining strukturasini o‘rganib
chiqish
Nazariy ma’lumotlar
UDP segmentning yig‘indi nazorati
UDP yig‘indi nazorati UDP sarlavha va UDP ma’lumotlarni o‘zida qamraydi.
IP sarlavhadagi yig‘indi nazorati faqat IP sarlavhani qamraydi – u IP-paketda
mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qamramaydi. Ham UDP, ham TCP o‘z sarlavhalarida
ham sarlavhani, shuningdek ma’lumotlarni qamraydigan yig‘indi nazoratiga ega.
UDP uchun yig‘indi
nazorati majburiy emas, lekin TCP uchun yig‘indi nazorati
majburiydir.
UDP yig‘indi nazorati IP sarlavha (ortiqcha to‘ldirilgan 16-bitli so‘z), yig‘indi
nazoratiga o‘xshash xolda hisoblanadi, lekin faraqlanishi mavjud. UDP datagramma
toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, yig‘indi nazoratini hisoblashda esa 16-bitli
so‘zlar qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu xolda,
datagramma oxiriga, agar yig‘indi
nazoratini hisoblashga kerak bo‘lsa, to‘ldiruvchi nolli baytlar qo‘shiladi
(to‘ldiruvchi baytlar uzatilmaydi).
Faqat yig‘indi nazoratini hisoblash uchun UDP va TCP da 12-baytli
psevdosarlavhalar mavjuddir (UDP datagrammalarda va TCP segmentlarida).
Psevdosarlavhalarda IP sarlavhalarning ayrim maydonlari bor. Bularning barchasi
ma’lumotlar mo‘ljallangan punktga yetib borishini (IP mazkur qurilmaga
mo‘ljallanmagan
datagrammalarni qabul qilmaydi, va boshqa yuqori satxga
mo‘ljallangan UDP datagrammalarni uzata olmaydi) ikki marta tekshirish uchun
qilingan.
Agar UDP datagrammaning uzunligi toq bo‘lsa, yig‘indi nazoratini hisoblash
uchun qo‘shimcha bayt talab qilinadi. Agar hisoblangan yig‘indi nazorati 0 teng
bo‘lsa, u birlik bitlar (65535)
sifatida saqlanadi, bu qiymatlar arifmetikadagi
razryadlar bo‘yicha qo‘shishga (birni qo‘shish - ones-complement). ekvivalentdir.
Agar uzatilgan yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, bu jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini
hisoblamaganligini bildiradi.
Agar jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini hisoblagan bo‘lsa ham,
lekin qabul
qiluvchi xatolik mavjudligini aniqlasa, UDP datagramma yo‘q qilinadi,
xatolik
xaqidagi xabar generatsiyalanmaydi (agar IP satx IP sarlavha yig‘indi nazoratida
xatolikni aniqlasa, xuddi shunda narsa bo‘ladi).
UDP ning yig‘indi nazorati jo‘natuvchi tomonidan hisoblanadi va qabul
qiluvchi tomonidan tekshiriladi. Bu jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi yo‘lda
UDP sarlavhasi yoki ma’lumotlarda bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarni aniqlash
imkonini beradi.
UDP uchun yig‘indi nazorati – majburiy parametr emasligiga qaramasdan,
u hamma vaqt hisoblanishi kerak. 1980-nchi yillar oxirlarida kompyuter ishlab
chiqaruvchilarining
ayrimlari, UDP foydalanadigan, tarmoq faylli tizimi (NFS -
Network File System) ishlash tezligini oshirish uchun, sukunat bo‘yicha UDP
yig‘indi nazorati hisoblanishini uzib qo‘yishdi. Bu bitta lokal tarmoqda bo‘lishi
mumkin, unda kanal satxida freymlar uchun ortiqchali
siklik kod hisoblanadi,
datagramma marshrutizatorlar orqali o‘tayotganda, uning yordamida freymning
buzilishini angiqlash mumkin. Dasturiy yoki apparatli ta’minotda xatoliklari
bo‘lgan marshrutizator mavjuddir va ular o‘zlari marshrutlaydigan
datagrammalardagi bitlarni o‘zgartiradi.
Bu xatoliklar, agar yig‘indi nazorati
o‘chirilgan bo‘lsa, UDP datagrammalarda aniqlanishi mumkin emas. Shuningdek
quyidagini belgilash mumkin, kanal satxining ayrim protokollari (masalan, SLIP)
kanaldagi ma’lumotlar uchun yig‘indi nazoratini hisoblash biron bir shakliga ega
emas.
Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
Ilova
Amaliy satx
protokoli
Transport satxi
protokoli
Port
Email
SMTP
TCP
WWW
HTTP
TCP
File transfer
FTP
TCP
Remote File server
NFS
UDP
IP telefoniya
H.323
UDP
1719
IP telefoniya (IMO, Skype)
SIP
UDP
5060
Domain Name Service
DNS
UDP
53
Simple Network
Management Protocol
SNMP
UDP
161
Do'stlaringiz bilan baham: