(imzo)
TATU Farg’ona filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi”
fakulteti Uslubiy Kengashida tasdiqlangan (2022-yil ___ avgust __-sonli
bayonnoma).
“TT va KT” fakulteti dekani
:
__________________
F.M.Muxtarov
(imzo)
“KELISHILDI”
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i
__________________ Sh.Umarov
(imzo)
KIRISH
Ushbu uslubiy qo’llanma «Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish
asoslari» fanining o’quv dasturi asosida Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Farg’ona filialida bakalavriatura talabalari uchun tayyorlangan. Unga
ko’ra, amaliy mashg’ulot praktikumini o’tkazishdagi auditoriya mashg’ulotlari
uchun, ya'ni amaliy mashg’ulot ishiga kiritish kollokviumi, amaliyot ishlarini
bajarish, amaliyot tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirilgan.
Talaba navbatdagi amaliy mashg’ulot ishlarini bajarishga faqatgina bajarilishi
lozim bo’lgan amaliyot ishining vazifalari va mohiyatini aniq tushungandan so’ng
kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va maqsadlarini yozma ravishda
tushuntira olishi shart.
Talaba, har bir ishdagi mavjud bo’lgan nazorat savollariga alohida e'tiborni
qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida TTBA fanidagi joriy va
yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi mumkin. Talaba shu savollarga
javoblarni aniq o’zlashtirgan bo’lishi shart. Shundagina talaba navbatdagi amaliy
mashg’ulot ishini bajarishga kiritilishi mumkin.
Talabaning amaliy mashg’ulot ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida
uslubiy qo’llanmada mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo’limida
keltirilgan hisoblash ishlarini ham bajarishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning laboratoriya
stendida yiqishi lozim bo’lgan barcha o’lchov sxemalarini chizishlari kerak. Amaliy
mashg’ulot ishini bajarishda talaba stendda o’lchov zanjirini uyda chizgan sxemalari
yordamida, o’quv adabiyotlardan foydalanmasdan yiqishi zarur. Shuning uchun
uyda tayyorlarlangan o’lchov sxemalari yetarli darajada to’liq va aniq bo’lishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun tayyorlanish vaqtida
keltirilgan ko’pgina laboratoriya ishlarida ko’rsatilgan shaklda jadvallarni tuzish
lozim. Uning kataklarida tajriba o’lchovlari va keyinga hisoblashlar natijalari
joylashtiriladi.
Eksperimental ko’nikmalardan tashqari, talaba amaliy mashg’ulot hisobotini
to’ldirishni ham o’rganishi zarur. Bu hisobotda amaliy mashg’ulot ishiga
tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan tadqiqot natijalariga ishlov berishda
zarur bo’lgan barcha yozuvlar yoritilishi kerak. Hisobotni laboratoriya ishini
bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni himoya qilishdan oldin taqdim etiladi.
Semestr oxirida hisobotni o’qituvchiga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat olish va
yig’ilgan ballarni hisoblash uchun topshiriladi. Hisobotda keltirilgan o’lchov
birliklari, sxemalar chizilishi Davlat Standarti (1-ilovada keltirigan) asosida bo’lishi
shart. Undagi mavjud xatolarni to’g’rilab bajarish ruxsat etiladi.
Hisobotda titul varaq bo’lib (2-ilovada keltirilgan), unda universitet,
fakultetning nomlari, gurux raqami, talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning
nomi keltiriladi.
Nazorat savollariga to’g’ri javoblari yozilgan hisoboti bo’lmagan talaba
navbatdagi (guruhning kalendar rejasidagi) amaliy mashg’ulot ishiga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |