Istiqboldagi talablami qondirish dasturlarini ishlab chiqishdir.
Talablar bu maqsad, dastur esa unga erishish vositasidir, dastur kadrlami jalb qilish, ishga olish, tayyorlash va ulaming harakatlanishi bo‘yicha aniq tadbirlar va rejani o‘z ichiga olish kerak. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishni samarali boshqarish rahbarlar va barcha darajadagi mutaxassislaming samarali mehnatisiz tasawur qilib bo‘lmaydi.Shunga ko‘ra, rahbarlar va mutaxassisiarga boigan talab miqdorini aniqlash, ulami tan lash, attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ular faoliyatini baholashni puxta tashkil etish zarur. Ishlab chiqarishning kadrlar ta’minoti tizimi deganda, istiqbolda korxona uchun xodimlar ta’minotini bashoratlash, bozor munosabatlari sharoitida xodimlar bilan ishlashni rejalashtirish va xodimlar ta’minotini tashkil etish tushuailadi. Istiqbol uchun xodimlar ta’minotini bashoratlash to‘g‘risida keyinroq so‘z yuritiladi. Kadrlar bilan ishlashni rejalashtirishga to'xtaladigan boisak, u tarmoqlar va iqtisodiyot bo‘yicha xodimlar ta’minoti rejalarini tuzish, boshqaruv xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, ishchilarning boshqaruvchilik faoliyatiga moyilligini aniqlash, zaxira xodimlari bilan ishlashni tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini mavsumiy attestatsiyadan o‘tkazish va baholashni tashkil etishda o‘z aksini topadi.Ishlab chiqarish menejmentining kadrlar ta’minotini tahlil qilishning maqsadi boiib, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. Menejment sohasida mehnat taqsimoti boshqaruv jarayonining kichik alohida mustaqil boshqaruv jarayonlarga bo‘linishini, ulami mustaqil faoliyat turlari sifatida asoslab, turli xil turdagi boshqaruv ishlarini bajaruvchi maxsus bo‘linmalami tashkil etishni ifoda etadi. Boshqaruv apparati xodimlarining mehnatini taqsimlash va koorperatsiyalashuvini tahlil qilish va ulaming majburiyatlar doirasining boshqaruv funksiyalariga muvofiqligi mavjud nizomlar va lavozim ko‘rsatmalari asosida amqlanadi. Mehnat taqsimoti funksional bo linmalar ichida ishchilar o‘rtasidagi, shuningdek, bo‘linmalararo barqaror aloqalami o‘matuvchi kooperatsiyani ham nazarda tutadi.Boshqaruv apparati xodimlari doim vaqt yetishmasligidan shikoyat qiladilar. Ish vaqti zaxiralari-bu ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish zaxirasidir.Ish vaqtini tadqiq etish usullarining tasnifi quyida keltirilgan.Kuzatishlaming asosiy turlari: