Korxonada kadrlami rejalashtirish tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
Resurslami rejalashtirish: mehnat resurslariga istiqbolda bo‘lgan talablami qondirish rejasini ishlab chiqish;
Personalni qabul qilisb: barcha lavozimlar bo‘yicha potentsial nomzodlar zaxirasini yaratish;
Tanlab olish: ish o‘rinlariga mos nomzodlami baholash va zaxiradagilardan eng yaxshisini tanlab olish;
Ish haqi va imtiyozlami belgilash;
Ishga yo‘naltirish va moslashish. Ishga olingan xodimlami tashkilot va uning bo‘linmalariga olib kirish, korxona xodimlardan nimalanii kutayotganligi va ular qanday majburiyatlami bajarishi lozimligini tushuntirish;
0‘qitish: ishni samarali bajarish uchun talab etiladigan ish ko‘nikmalariga o‘rgatish uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqish;
Mehnat faoliyatini baholash uslubiyotini ishlab chiqish va uni har bir ishchiga yetkazish;
Lavozimni ko‘tarish yoki tushirish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo'shatish: ishchilaming katta yoki kichik ma’suliyatli lavozimlarga o‘tkazish usullarini ishlab chiqish, boshqa lavozimga o‘tkazish yo‘li bilan ulaming ishga yo'naltirishni rivojlantirish, shuningdek ishni tugatish jarayonini ishlab chiqish;
Rahbar xodimlami lavozimlar bo‘yicha ko‘tarish orqali tayyorlash, ulaming ish samaradorligini oshirish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
11.1-jadvaI
Korxonada kadrlarni rejalashtirish strategiyasi
Strategiya
|
Strategiyaning mazmuni
|
Mutaxassisiarm tanlash
|
Ishga oluvchilarga qo‘yiladigan talablami belgilash (malakasi, yoshi, tajribasi, mutaxassisligi).
Dastlabki tanlovlar o'tkazish, tavsiyanoma, xulosalar,suhbatlar.
Da’vogarlami dastlabki (psixodiagnostik, professional test va h k nazorat turlaridan o‘tkazish
|
Moslashish
|
1. Ishga olinatgan xodimni o‘z ishiga moslashish davridan o‘tkazish(mutaxassisga biriktirish, sinov muddati, ustozga biriktirish va h.k.)
|
Kadrlar monitoringi
|
Kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va kadrlarni rejalashtirish
|
0‘qitish va malakasini oshirish
|
Professional va shaxsiy omillarini rivojlantirish
|
Motivatsiya va rag‘batlantirish
|
Personalni ish natijalariga qarab ish haqi va turli moddiy asoslami, lavozim mavqeini ko‘tarish kabi omillar orqali bog‘lab qo‘yish
|
0‘zaro hamkorlikni ta’minlash
|
Personal o‘rtasida aniq hamkorlik munosabatlarini, mas’uliyatlar va javobgarliklar, xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlami shakllantirish
|
Personal barqarorligini ta’minlash
|
Korxona personalida eng yaxshi, foydali, samarali ishlaydigan kadrlar o‘zagini saqlab qolishga intilish
|
Korxona kadrlarini samarali rejalashtirish - bu ishlab chiqarish loyihasini boshqarish demakdir.Korxonada mehnat resurslarini boshqarishda muhim o‘rin personal bo‘yicha menejerga bog‘liq. Personal bo‘yicha menejer quyidagi talablarga javob berishi kerak.Uning shaxsiy xususiyatlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |