Beton turlari va ularning klassifikatsiyasi



Download 1,7 Mb.
bet9/14
Sana07.03.2023
Hajmi1,7 Mb.
#917062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Beton turlari va ularning klassifikatsiyasi

Gipsosement-putstsolanli bog‘lovchi (GPTSB) gipsga nisbatan anchagina suvga chidamli. (GPTSB) A.V. Voljenskiy va uning shogirdlari tomonidan
o‘rganilgan. U 50-80% yarim suvli gips va 20-50% putstsolan portlandsement
yoki portlandsementdan aktiv mineral qo‘shimchadan tashkil topgan. Mineral
qo‘shimcha miqdori quyidagicha tanlanadi: yetti kecha-kunduzli bog‘lovchida
SaO kontsentratsiyasi 0,85g/l dan kam bo‘lishi kerak (qotish davrida
ajratiladigan uch kalьtsiyli silikatni qo‘shimcha gidrat kalьtsiy oksidi
bilan bog‘laydi). Bunday sharoitda gidrosulьfoalyuminatni monosulьfatli
turi olinadi va ichki xavfli kuchlanish kelib chiqmaydi, balki mayin
dispersionli kam yemiriladigan gidrosilikatlar bog‘lovchining suvga
chidamliligini oshiradi.
GPTSB 100,150,200 markalarda ishlab chiqariladi. GPTSB asosida tez
qotadigan beton markalari-M150-M250ni olish mumkin, bu holda
tayyorlangandan 2-3 soatdan keyin 30-40% marka mustahkamligini oladi.
Mahsulotning qotishini tezlatish uchun 70-800S haroratda 5-8 soat davomida
bug‘latish taklif etiladi. GPTSB ning kamchiligi, po‘lat armaturali
mahsulotni korroziyadan saqlash zarurati bo‘lib, mos holatdagi qoplamadan
foydalanishdir.
1.2. Temir-beton konstruktsiyalarining klassifikatsiyasi
Yig‘ma temir-beton mahsulotlari va konstruktsiyalari
klassifikatsiya asosida quyidagi alomatlari belgilangan: beton ko‘rinishi,
uning zichligi, armaturalashni ko‘rinishi, ichki tuzilishi va qo‘llanilishi.
Beton turi va qo‘llaniladigan bog‘lovchilar bo‘yicha mahsulotlar
farqlanadi: sementli betonlar-og‘ir va oddiy zich to‘ldiruvchilar asosida,
alohida og‘ir betonlar va g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlar, g‘ovak
betonlar va maxsus betonlar – issiq va kimyoviy ta’sirga chidamli,
manzarali. Mahsulotda qo‘llaniladigan betonlar zichligi bo‘yicha o‘ta og‘ir
betonlar zichligi 2500 kg/m3 dan yuqori, og‘ir betonlar zichligi 1800-2500
kg/m3, yengil betonlar zichligi 500-1800 kg/m3 va o‘ta yengil betonlar zichligi 500 kg/m3 dan kam (issiqlik o‘tkazmaydigan) bo‘ladi.
Armaturalash turiga qarab temir-beton mahsulotlari oldindan
zo‘riqtirilgan va oddiy armaturlangan turiga bo‘linadi.
Mahsulot bir turdagi betondan tayyorlanganda tuzilishiga ko‘ra
yaxlit va ichi kovak; bir qatlamli, ikki qatlamli, ko‘p qatlamli, har xil
beton turidan tayyorlangan yoki turli materiallarni qo‘llash, masalan issiq
o‘tkazmaydigan bo‘lishi mumkin. Bir turdagi temir-beton mahsulotlari bir
biridan o‘lchovlari bilan, masalan devor bloki, burchak bloki, deraza osti
bloki va boshqalar bilan farqlanadi. Bir tur o‘lchovdagi mahsulotlar
markalarga nisbatan bo‘linishi mumkin.
Markalarga bo‘lish asosida turli armaturalash, montaj
teshiklarining mavjudligi, yoki qo‘ndiriladigan detallarining turliligi
e’tiborga olinadi. Yig‘ma temir-beton mahsulotlarini qo‘llanishiga ko‘ra: uy-joy va jamoat binolari, sanoat binolari, qishloq xo‘jalik, transport,
gidrotexnika inshootlari qurilishi va umumiy foydalanishdagi
mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Mahsulotlar maksimal darajagacha zavodda
tayyorlangan bo‘lishi kerak. Qismlardan iborat va kompleks mahsulotlar
iste’molchiga tugatilgan, qoida bo‘yicha bitkazilgan, yig‘ilgan holatda,
qo‘shimcha va qayta ishlov talab qilmaydigan, bezalmaydigan holatda
etkaziladi.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish