Sement va bog‘lovchilarning maxsus turlari. Vaqt o‘tishi bilan
sement nomenklaturasi ortib bormoqda. Mahsus sementlar betonga alohida
xususiyat ya’ni, qurilishda keng qo‘llash imkonini beradi.
Oq portlandsement ifloslanishidan saqlash uchun mahsus tayyorlangan
texnologiya bilan tarkibida kam temir bo‘lgan oqartirilgan klinkerni
maydalab, gipsning zarur miqdori va oz miqdordagi diatomit qo‘shimchasi
bilan tuyib olinadi. Oq sement 300, 400, 500 marka bilan ishlab
chiqariladi va oddiy sementga ko‘yiladigan talablarni qoniqtirishi kerak.
Oqlik darajasiga qarab oq sement uch navga bo‘linadi: oliy nav, Bts-I va Bts
II. Sementning oqligi, sement oqligini 100% deb qabul qilingan
bariyning sulьfat oqligiga nisbati yorqinlik koeffitsienti bilan
xarakterlanadi. Naviga qarab yorqinlik 80, 76 va 72% kam bo‘lmasligi kerak.
Rangli portlandsementni oq sement, gips va pegmentni birgalikda
tuyib olinadi. Sement massasiga nisbatan sintetik mineral yoki tabiiy
pigmentning miqdori 15% dan, organik pegmentning miqdori esa 0,3% dan
oshmasligi kerak. Rangli portlandsementni mahsus tayyorlangan rangli
klinkerdan olish mumkin.
Oq va rangli sementlar rangli beton olish, arxitektura detallari va
yuzalarni qoplash plitalarini olish, pardoz ishlari uchun mo‘ljallangan.
Zo‘riquvchi sement, V.V.Mixaylov taklifiga binoan, portlandsement
klinkerini va zo‘riqqan komponentni glinozem shlaki yoki boshqa tarkibida
alyumin bo‘lgan modda, gips va oxakni birgalikda tuyib olinadi. O‘rtacha
kompnentlararo nisbat 65:20:10:5. Pastsulьfat shakldagi kalьtsiy
gidrosulьfoalyuminatini yuqorisulьfat shaklga kristallashishi oqibatida
sement toshi nisbatan katta mustahkamlikka yetgandan keyin (15-20 MPa)
zo‘riquvchi sement o‘z hajmini sezilarli kengaytirish xususiyatiga ega
bo‘ladi (4%gacha). Bunday sement o‘zini zo‘riqtiruvchi temir-beton
tayyorlashda qo‘llash imkonini beradi, qaysiki, armatura betonning
kengayishi oqibatida oldindan zo‘riqadi. Bu zo‘riquvchi sement boshqa
kengayadigan sementlardan farq qiladi, ular qotishni boshlanish davrida uz
hajmini kengaytiradi.
Zo‘riquvchi sement va ular asosidagi betonlar yuqori mustahkamlikka
egadirlar (28 kunda 50-70 MPa), suv va gaz o‘tkazmaydi. Zo‘riquvchi sementni
o‘zini zo‘ritirquvchi temir-beton trubalar, yo‘l va aerodromlarni qoplashda,
tonnel va katta diametrli vodoprovodlarda va shunga o‘xshash
konstruktsiyalar tayyorlashda qo‘llash samaralidir. Bu konstruktsiyalarni
tayyorlashda zo‘riquvchi sementning juda tez tishlashini (tishlashning
boshlanishi 2 minut, tugashi 6 minut), shuningdek beton zaruriy
mustahkamlikka erishgandan keyin sementning kengayishini ta’minlovchi
qotishning mahsus tartibi qo‘llanishini hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |