Beton turlari va ularning klassifikatsiyasi


Stend texnologiyasini tashkil qilish asoslari



Download 1,7 Mb.
bet14/14
Sana07.03.2023
Hajmi1,7 Mb.
#917062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Beton turlari va ularning klassifikatsiyasi

Stend texnologiyasini tashkil qilish asoslari
Stend texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, mahsulotni
qoliplash va ularni qotirish qo‘zg‘atilmagan xolatda maxsus o‘rnatilgan
stendda bajariladi. Quyuvchi va boshqa texnologik asboblar, shuningdek uni
ishchi qismlari bir qolipdan ikkinchi qolipga stendda suriladi.
Bu usul katta maydonni talab qilishi bilan birga, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni murakkablashishi bilan katta
mehnat talab qiladi.
Stend texnologiyasi katta hajmdagi katta o‘lchovli-ferma, ikki
tomonlama nishabli balka va katta oraliqli konstruktsiyalarni, uzunligi
12m dan ortiq bo‘lgan kolonnalarni tayyorlashda juda qulaydir. Stendlarda
zo‘riqtiriladigan mahsulotlar tayyorlanadi. Ayniqsa bu usul, oldindan
zo‘riqtiriladigan buyumlar uchun samaralidir, qaysiki potok- agregat yoki
konveyer tizimida tayyorlanishi maqsadga muvofiq emas. Stend usuli asbobuskunalarga murakkab bo‘lmagan oddiy o‘zgartirishlar kiritilishi bilan keng nomenklaturali mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda stendlarning ikki turi qo‘llaniladi:
uzun va kalta. Uzun stendlar (paketli va tortuvchi) bir necha mahsulot stend
uzunligi bo‘yicha bir vaqtda ishlab chiqilganda qo‘llaniladi. Armatura
paketining turli usullar bilan tayyorlanishi paketli stendlar asbobuskunasi xususiyatlari, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash darajasini aniqlaydi. Paketli stendda shpallar, svaylar tayanchlar, tirgovichlar, balkalar va boshqa kichkina ko‘ndalang kesimli va armaturalar qulay joylashgan mahsulotlarini ishlab chiqarish samaralidir. Qisuvchi va ushlab qolish moslamalari ixcham o‘lchovli va nisbatan yengil, undan foydalanish qulay.
Ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan eni yoki balandligi mahsulotlar
(balka, to‘sin (hari), plitalar) katta sterjenli armaturani yakka yoki guruhli
zo‘riqishga talab bo‘lsa, tortuvchi stendda bajarish samaralidir.
Kalta stendlarda uzunligi bo‘yicha bitta, kengligi bo‘yicha bitta yoki
ikkita mahsulot ko‘pincha gorizontal holatda (ferma, ikki nishabli to‘sin)
tayyorlanadi. Kalta stendlarda armatura elektr bilan qizdirish yoki gidro
domkrat bilan cho‘ziladi. Uzun stendlar 70 dan 120m gacha uzunlikda bo‘lib,
ularda umumiy oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarda yuklash darajasi
chegaralangan va turg‘un nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarishda
foydalaniladi.
Kasseta usuli bilan temir-beton konstruktsiyalarini turli maqsadda
tayyorlanishi keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu usulning asl mohiyati,
mahsulotni qoliplash vertikal holatda statsionar guruhli bo‘laklarga
ajratiladigan metall qolip-kassetalarda, qaysiki mahsulot zarur
pishiqlikka ega bo‘lgunga qadar ro‘y beradi. Mahsulot ishlab chiqaradigan
ishchilar bir kasseta moslamasida mahsulotni qoliplagandan so‘ng
boshqasiga adilar, qoliplar soni mosligi uzluksiz ishlab chiqarish
potokini yuzaga keltiradi.
ARXITEKTURA VA QURILISH MATERIALLARI”FAKULTETI “QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH”KAFEDRASI ASSISTENTI SOLIJONOV HOJIAKBARNING QURILISH MATERIALLARI VABUYUMLARI FANIDAN BETON VA TEMIRBETON BUYUMLARI MAVZUSIDAGI OCHIQ DARSI UCHUN TAQDIMOTI
Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish