Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlarni suv o‘tkazmaydigan beton
tayyorlashda qo‘llash mumkin. Bu sementlarning mohiyati sementni qotishida
fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hajmi oshadigan tarkiblarni
borligidir. Bunday sementlarning juda kup retseptlari ma’lum, lekin
doimiy ishlab chiqarilmaydi (bunday sementlar alohida mahsus maqsadlar
uchun ishlab chiqariladi).
Oxirgi yillarda betonni qotish jarayonida uning hajm o‘zgarishini
sozlash uchun kengayuvchi sementlar o‘rniga oddiy portlandsementli qorishma
va betonlarga kompleks qo‘shimchar kiritilishi qo‘llanmoqda.
Fosfat sementlarni issiqqa chidamli va boshqa mahsus betonlarni
tayyorlashda qo‘llash mumkin. Bu sementlarning qotishi ba’zi bir mayin
yanchilgan oksidlarning(titan dioksidi, mis, magniy, ruh oksidi va
boshqalar) va fosfor kislotasining mahsus tarkibining o‘zaro ta’siri
hisobiga ro‘y beradi. Bunday sementlar yuqori mustahkamlikka egadirlar,
yuqori darajali issiqqa chidamli, lekin tarkibining turiga qarab mahsus
qotish tartibini talab qiladi, chunki noto‘g‘ri texnologiyalarda betonda
sezilarli darajada nosoz holat rivojlanishi mumkin, masalan
materialning oxirgi pishiqligini pasaytiruvchi massani ko‘payishi
mumkin.
Kislotaga chidamli sement - kislotaga chidamli mahsulotlar ishlab
chiqarish uchun mo‘ljallangan. U sinchiklab aralashtirilgan mayda kvarts
qumi va kremniyftorli zichligi 1,32-1,5, bog‘lovchi xususiyati natriydan
tashkil topgan. Bu sementni suyuq shishada, ya’ni natriy yoki kaliy
silikatini Na2OnSiO2; K2 OnSiO2 kalloidli qorishmasi bilan
qorishtiriladi. Kerak bo‘lgan konsistentsiya(quyuqlik)ga erishish uchun suyuq
shishaga suv qo‘shib suyultiriladi. Suyuq shisha karbonat angidrit gazi
ta’sirida qurishi va amorf kremnezem ajralishi oqibatida havoda qotadi.
Suyuq shisha qotishini tezlatish va sement toshining zichqligini oshirish
uchun kislotaga chidamli sementdan foydalaniladi. Uning tarkibiga
kiradigan kremniyftorli natriy qotish katalizatori hisoblanadi va
qotgan materialni kislota va suvga chidamliligini oshiradi.
Kremniyftorli natriy qo‘shimcha eriydigan shishaning massasiga nisbatan
12-15% ni tashkil etishi kerak. So‘nggi yillarda kelgusida sementning
xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qo‘shimchali
krentlar (kristallizatsion komponentlar) sement ishlab chiqarish kashf
etilmoqda va joriy qilinmoqda, natijada sementning mustahkamligi 5-
15% ga oshib(o‘rtacha 10 MPa), sovuqqa va sulьfatga chidamliligi
yaxshilanmoqda. SHuningdek sulьfoalyuminat klinneri asosida tez qotadigan
va yuqori mustahkamlikka (bir kundan keyin 40-50 MPa) ega bo‘lgan
sementlar ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |