Beshefar biznes



Download 94,66 Mb.
bet1/9
Sana10.04.2022
Hajmi94,66 Mb.
#541001
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Жумадулло 33-15 (2)





MUNDARIJA



1

KIRISH……………………………………..................................................




2

“BESHEFAR BIZNES” MCHJ KORXONASI TO‘G‘RISIDA QISQACHA MA’LUMOT ......................................................................




3

KORXONA ELEVATORINING TEXNOLOGIK TAVSIFI…………




4

XOM ASHYO VA TAYYOR MAXSULOT TAVSIFI……………….




5

TEGIRMONNING DON TOZALASH BO‘LIMI……………………..




6

TEGIRMONNING UN TORTISH BO‘LIMI........................................




7

ISHLAB CHIQARISH TEXNIK LABORATORIYASI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT........................................................................




8

QO‘SHIMCHA SEXLAR..........................................................................




9

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................






KIRISH

O‘zbekiston Respublikachi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach qishloq xo‘jaligi va unga aloqador qayta ishlash sanoati soxalarini rivojlantirish nixoyatda muxim kasb etadi. Zero mazkur soxalarni rivojlantirishni O‘zbekiston axolisini birinchi galda zarur oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan extiyojlarini qondirish, qishloq xo‘jaligi xom-ashyo maxsulotlarini yanada samaraliroq qayta ishlashga yordam beradi.


Respublikamiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan ushbu muammoni hal etish uchun oziq-ovqat sanoati sohalarini har tomonlama rivojlantirish asosida mahalliy resurslardan oqilona, o‘ta samarali foydalanish zarur. Oziq-ovqat sanoatidagi eng muhim soha esa un-yorma ishlab chiqarish sohasidir. Shu sababli ham «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan so‘nggi yillar davomida mahalliy bug‘doy (arpa, sholi va boshqa don mahsulotlari) va javdari navlardan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Yaqin-yaqingacha aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan bir necha million tonnalik don ming mashaqatlar evaziga chetdan keltirilgan mamlakatda, qisqa vaqt ichida haqiqiy mo‘‘jiza yuz berdi. Kechagana yuz ming tonnaninig nari-berisida bug‘doy etishtirilgan o‘lkada bugun million-million tonnalik oltinrang xirmonlar tovlanib turibdi.
Istiqlolgacha paxtadan boshqa ekin ekilmagan dalalarda bugun ming-minglab gektarlik g‘allazorlar dengizdek mavjlanib yotibdi. Endi o‘zbek dehqonining ombori donga to‘la, dasturxonidan o‘z noni uzilmaydi. Bizga ma’lumki don oziq-ovqat va boshqa sohalari uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Un va yorma mahsulotlari asosan bug‘doy, javdar, suli, arpa, makkajo‘xori, sholi, grechixa, sorgo va boshqa donlardan ishlab tayyorlanadi. Bu donlardan olingan mahsulotlardan tashqari ikkinchi darajali mahsulotlar bo‘lib, ular: chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va mo‘ynali hayvonlarga omixta em uchun xom ashyo komponenti hisobida ishlatiladi.
Don spirt, kraxmal va boshqa oziq-ovqat va texnikaviy mahsulotlarni ishlab tayyorlashda keng suratda foydalaniladi.
Un ishlab chiqarish texnologiyasi va asbob-uskuna, jihozlarining murakkabligi ijtimoiy-iqtisodiy mezonlarni hal etish, tizimli tahlil vositasida ularni takomillashtirish
masalalarini ko‘ndalang qo‘yadi. Buning uchun barcha texnologiyalarining har birini alohida o‘rganib, ularning qay darajada samaradorligini hisoblab chiqish lozim bo‘ladi. Ana shunday tadqiqotlar natijasida yangi hamda mavjud texnologik usullar va uslublarning takomillashtirilgan shakllari vujudga keladi, bularning barchasi amalda ishlab turgan va yangidan ishga tushurilayotgan korxona va sanoat tarmoqlarining rivojini ta’minlaydi.
Demak, un ishlab chiqarish sanoatining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, mahalliy va chetdan keltirilgan don, urug‘lik don navlarining o‘ziga xosligini tadqiq etish, texnika va texnologiyalarni takomillashtirish, mahsulot sifatini oshirishda nihoyatda muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.
Bugungi kunda mahalliy bug‘doylaridan tayyorlangan 30 dan ortiq turdagi non mahsulotlari tayyorlanmoqda
Un tayyorlash uchun asosan bug‘doy, javdar va tritikal donlari ishlatiladi. Iste’molchilarning talablariga ko‘ra suli, grechixa, makkajo‘xori va arpa donlaridan ham un tayyorlanadi. Turli navli unlar kimyoviy tarkiblari bilan bir-biridan farq qiladi.
Istiqlolgacha paxtadan boshqa ekin ekilmagan dalalarda bugun ming-minglab gektarlik g‘allazorlar dengizdek mavjlanib yotibdi. Endi o‘zbek dehqonining ombori donga to‘la, dasturxonidan o‘z noni uzilmaydi. Bizga ma’lumki don oziq-ovqat va boshqa sohalari uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Un va yorma mahsulotlari asosan bug‘doy, javdar, suli, arpa, makkajo‘xori, sholi, grechixa, sorgo va boshqa donlardan ishlab tayyorlanadi. Bu donlardan olingan mahsulotlardan tashqari ikkinchi darajali mahsulotlar bo‘lib, ular: chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va mo‘ynali hayvonlarga omixta em uchun xom ashyo komponenti hisobida ishlatiladi. Bugungi kunga kelib 2014 yil respublikamiz 8 milyon 50 ming tonna bug‘doy etishtirdi. Bu ko‘rsatkich respublikamiz aholisini extiyojini to‘la qondiradi. O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan oziq- ovqat sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli un va un mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bir qancha dasturlar va qarorlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-son «2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son «Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017−2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalishlaridan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yich farmonlari ishlab chiqildi. Bunday farmonlarning chiqishi islab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilashga yurtumizning ravnaqi yo’lida xizmat qiladi.
Bunday korxonalardan biri BESHEFAR BIZNES MCHJ hisoblanadi. Bu korxonada unlar Mo’tabar brendi asosida ishlab chiqariladi.



BESHEFAR BIZNESMCHJ KORXONASI TO‘G‘RISIDA QISQACHA MA’LUMOT


BESHEFAR BIZNES MCHJ, TOSHKENT, O'ZBEKISTON - КОNTAKTLAR, MANZIL, ТЕLEFON

Download 94,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish