Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Suv  -  h’ayot  manbai.  Suv  tugamaydigan  resurslarga  kiradi  va  aylanma  h’arakat  natijasida  suv  zah’iralari  doim  tiklanib 

turadi. Er yuzidagi suv tugamaydigan resurs bo’lishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi mumkin bo’lgan suv zaxiralari juda 

h’am  cheklangan.  Gidrosferadagi  barcha  suvlarning  96,5  %  dunyo  okeanining  sho’r  suvlariga  to’g’ri  keladi.  Mavjud  chuchuk 

suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73 %) va er osti zaxiralarida (1,70 %) joylashgan. Shuni aytish kerakki, er ostidagi suv 

zaxiralari  aniq  bah’olangan  emas.  Er  yuzida  xozirgi  vaqtda  inson  bevosita  foydalanishi mumkin bo’lgan chuchuk suvlar 

miqdori  gidrosferadagi  umumiy  suv  h’ajmining  taxminan  0,3 % ni  tashkil  qiladi.  Sayyoramizda  daryo  va  ko’l  suvlari  bir  tekis 

taksimlanmagan va ayrim xududlarda suv tugaydigan h’amda juda sekin tiklanadigan resurs h’isoblanadi. 

Dunyo  ah’olisi  tez  suratlar  bilan  o’sib  borayotgan  xozirgi  vaqtda  800  mln.  dan  ortiq  kishi  suv  etishmasligi  sharoitida 

yashaydi va 60 % dan ortiq ah’oli sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlangan emas. 



 

60 


Biosferadagi  jarayonlar  va  insonlar  h’ayotida  suvning  ah’amiyati  juda  kattadir.  Kishilarning  kundalik  h’ayotini  suvsiz 

tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Suvning  (suyuq,  gazsimon,  qattiq)  bo’lishi  turli  joylarning  ob-h’avo  va  iqlim  sharoitining 

shaklanishida  muh’im  rol  o’ynaydi.  Fotosintez  jarayoni  suv  ishtirokida  amalga  oshadi.  Suv  tirik  organizmlar  uchun  birlamchi 

h’ayot muh’iti h’isoblanadi. 

İnson organizmining 60 % dan ortig’i, ba’zi bir o’simliklar 85 % dan 95 % gacha suvdan iboratdir. 

Ma’lumki,  suv  qishloq  xo’jaligi  va  sanoat  ishlab  chiqarishidagi  deyarli  barcha  texnologik  jarayonlarning  zaruriy 

tarkibiy  qismi  (komponenti)  h’isoblanadi.  Mazkur  soh’alardagi  texnologik  jarayonlarda  suv  juda  ko’p  ishlatiladi.  Chuchuk 

suvdan h’addan ortiq ko’p foydalanilsa, oxir-oqibat u etishmay qolishi mumkin. Nega deganda, h’ozirgi zamon texnikasi uni 

yuz  foiz  tozalashga  qodir  emas.  Suvni  butunlay  tozalash  uchun  h’am  oqova  suvlardan  foydalanishga  to’g’ri  keladi.  Bu  esa 

suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv h’avzalarida o’z-o’zini tozalash effekti h’am katta samara beradi. 

Bizning  Respublikamizda  h’ozirgi  vaqtda  ifloslangan  oqova  suvlarni  suv  manbalariga  oqizish  uchdan  birga 

qisqartirildi.  Suvni  tejab  ishlatish  borasida  nazorat  kuchaymoqda.  Dalalarga  rejali  asosda  suv  berilmoqda.  Tashkilot  va 

xonadonlarga suv o’lchagich asboblar o’rnatilmoqda. 

 

 



Garchand  Er  yuzida  suv  eng  ko’p  tarqalgan  modda  bo’lsada,  ularning  98  foiz  zah’irasini  dengizlarning  sho’r  suvlari 

tashkil  etadi.  Umumiy  chuchuk  suvning  atigi  0,1  foizidan  foydalanish  imkoni  bor,  xolos  (qolgan  suvlar  esa  er  qo’tblari  va 

baland-baland  tog’  cho’qqilarida  muzliklar  va  qor  tarzida  mavjuddir).  Suvdan  tejamqorlik  bilan  foydalana  olmaslik 

takomillashmagan  texnologiyaga  h’am  bog’liq.  Masalan, 1 t  sintetik  tola  olishda  500  m

3

  oqova  suv  h’osil  bo’ladi. 1 t 



mah’sulot  to  tayyor  bo’lgunicha  sarflanadigan  jami  suv  15-20  ming  m

3

  ni  tashkil  etadi.  Hozirgi  vaqtda  sanoatning  qator 



tarmoqlarida  yopiq  suv  almashinish  sxemasi  ishlab  chiqilgan  va  qisman  yo’lga  qo’yilgan.  Bu  suvni  tozalashning  mah’alliy 

usulidir.  Bunday  h’ollar  suv  iste’moli  me’yorini  ancha  pasaytirishi  va  ayrim  h’ollarda  esa,  suv  h’avzalariga  umuman  oqova 

suvini chiqarmaslik imkoniyatini yaratadi. 

Suv ona sayyoramizda eng ko’p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz erda h’ayot yo’q.  Suv - Erdagi asosiy h’ayotiy 

jarayon h’isoblanmish fotosintezda yagona kislarod manbaidir. U ob-h’avo va iqlimning shakllanishida katta ah’amiyatga ega. 

Erdagi  suvning  katta  qismi  dengiz  va  okeanlarda  to’plangan.  Erda  tarqalgan  butun  suvning  atigi  2  foizi  chuchuk  suv 

ulushiga to’g’ri keladi. Chuchuk suvlarning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar  va boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk 

suvlarni qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo’ladi. 

Shuningdek,  chuchuk  suvlar  daryolar,  ko’llar,  suv  h’avzalari,  buloqlar,  quduqlar,  ko’lmaklar,  er  osti  manbalaridan 

joylashgan. 

Er  sharining  ko’pgina  h’ududlarida  daryolar  asosan  elektr  manbai  h’isoblanadi.  Chuchuk  suvlardan  inson  turmushda, 

qishloq xo’jaligi va sanoat eh’tiyojlari uchun foydalanadi. Daryolar aloqa yo’li sifatida h’am muh’im ah’amiyatga ega. 

Afsuski  insonning  h’ayotiy  faoliyati  oqibatida  tabiiy  suvlar  ifloslanib,  ularning  biosferik  funktsiyasi  pasaymoqda. 

Suvning ifloslanishi bugungi kunda muh’im muammo h’isoblanadi. 

Suv  asosan  neft  va  neft  mah’sulotlari,  simob,  qo’rg’oshin  va  uning  bo’linmalari,  rux,  mis,  xrom,  marganets, 

shuningdek, radioaktiv elementlar, zah’arli ximikatlar va boshqalar bilan ifloslanmoqda. 

İnsoniyat  o’z  eh’tiyojlari  uchun  chuchuk  suvlardan  juda  ko’p  foydalanadi.  Ammo  bugungi  kunda  dunyoning  turli 

nuqtalarida chuchuk suvning etishmasligi h’ollari ko’zatilmoqda. Hozirgi vaqtda sayyoradagi shah’ar ah’olisidan 20 foizning 

va qishloq ah’olisidan 75 foizning chuchuk suvga bo’lgan eh’tiyojni qanoatlantirarli emas. 

Chuchuk suvlarning ifloslanishi tufayli ularning zah’iralari h’am kamaymoqda. Ayniqsa zah’arli oqar suvlar xavflidir. 

Ularning ko’p qismi suv h’avzalariga yana oqova suv tarzida qaytmoqda. 

Xullas, bugungi kunda suvning miqdoriy jih’atdan kamayishidan ko’ra uning sifatiy buzilishi ko’proq xatarlidir. 

Yirik  suv  tozalash  qurilmalarini  qurish,  sanoatda  suvdan  foydalanishning  yopiq  tsiklini  joriy  etish  bilan  bir  qatorda 

ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali suvning beh’uda sarflanishi va isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. 

Chirchiq  va  Oh’angoron  daryo  suvlari  h’am  ifloslangan.  Bunga  sabab  shuki,  sanoat,  maishiy  -  kommunal  xo’jalik 

korxonalari,  davolash,  sog’lomlashtirish  h’amda  dam  olish  zonalaridan  oqib  chiquvchi  chiqindilarning,  turli  mineral  va 

organik o’g’itlarning h’amda  zararkunanda h’asharotlarga qarshi kurashda  qo’llaniladigan o’ta  zah’arli  ximikatlarning  suvga 

qo’shilishi  h’am  o’z  ta’sirini  ko’rsatmoqda.  Bu  ekologik  vaziyatning  yomonlashishiga  va  ah’oli  orasida  kasallikning 

ko’payishiga sabab bo’lmoqda.   

Suv  -  boyligimiz,  uning  ustidan  kuchli  nazorat  o’rnatish,  umuman  uni  ifloslanishdan  muh’ofaza  qilsh  borasida  ko’p 

ishlarni bajarishimiz lozim. Biz h’am bu borada o’z fikr-muloh’azalarimizni bildirmoqchimiz: 

  Korxonalarda  olayotgan  suvlari  bilan  birga  ulardan  chiqayotgan  iflos  suv  miqdoriga  qarab  h’aq  to’lanishni  amalga 

oshirish; 

  Yirik  shah’arlarda  ikkita  suv  quvurlari  tizimiga  o’tib,  biridan  sifatli  ichimlik  suv,  ikkinchisidan  sanoat  va  boshqa 

eh’tiyojlar uchun ishlatiladigan suv berishga o’tish; 

  Vodoprovod jo’mraklarini bekorga ochib qo’ymaslik, ularning texnik h’olatini muntazam nazorat qilib turish kabi qator 

tadbirlar, suvlarning ifloslanishi h’amda ichimlik suvi isrof bo’lishining oldini olishda katta yordam beradi. 

Er  yuzida  xozirgi  vaqtda  suv  etishmasligining  asosiy  sabablari  -  mavjud  chuchuk  suv  manbalarining  materiklar  va 

ayrim mamlakatlar bo’yicha notekis taqsimlanishi va qishloq xo’jaligi sanoat korxonalarida suvdan nooqilona foydalanishdir. 

1  tonna  paxta  olish  uchun  10000  tonnagacha  1  tonna  sun’iy  kauchuk  olish  uchun  3000  tonnagacha, 1 tonna  nikel  olish 

uchun 4000 tonnadan ortiq suv sarflanadi. 

Maishiy  extiyojlar  uchun  ishlatiladigan  suvning  o’rtacha  miqdori  h’am  oshib  bormoqda.  Masalan:  Dunyo  bo’yicha 

shah’arlarda o’rtacha kundalik suv sarfi ah’oli jon boshiga 200 litrni tashkil qilsa, bu ko’rsatkich  Toshkentda 700. Moskvada 

800 litrni tashkil qiladi. 

Suvlarning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi h’am suv etishmasligining asosiy sabablaridan biridir. 



 

61 


Suvning ifloslanishi deganda - uning tarkibida sifatini kamaytiruvchi begona birikmalarning mavjudligi tushuniladi. 

Suvlarni  ifloslovchi  asosiy  manbalarga  -  sanoat  korxonalari  va  maishiy  xo’jalikdan  chiqadigan  oqava  suvlar;  neftni 

qayta ishlash korxonalarida ishlatilib chiqadigan suvlar; transportning tashlanma suvlari; shah’arlardan h’amda, kimyoviy vositalar 

ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachiliq komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va 

boshqalar kiradi. 

Neft va neft mah’sulotlari, sun’iy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidl Rg rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar 

suvni ifloslovchi asosiy birikmalar h’isoblanadi. 

Oqava suvlarga tushadigan mineral, organik, bakterial va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi: 

Mineral ifloslovchilar – odatda qum, loy, turli mineral tuzlar, kislota va ishqorlar eritmasidan iborat. 

Organik ifloslovchilar – o’simlik va h’ayvonlarning qoldiqlari, inson va h’ayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. 

Bakterial va biologik ifloslovchilar – asosan maishiy oqava suvlarda mavjuddir. 

Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida h’ar yili 500 milliondan ortiq kishi turli og’ir xastaliklarga chalinadi. 

Suvlarning  etishmovchidigi  sharoitida  ulardan  oqilona  foydalanish  va  oqava  suvlarni  tozalab,  qayta  ishlatishni 

ta’minlash muh’im ah’amiyatga egadir. 

Oqava suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjuddir. 

Mexanik usulda – suvlarni mineral va organik modlalyardan tozalanadi. 

Kimyoviy  usulda  –  oqava  suvlarga  turli  kimyoviy  birikmalar  qo’shilib,  zararli  moddalar  bilan  reaktsiyaga  kiritilib 

(chiqindilar cho’kma h’oliga tushiriladi) tozalanadi. 

Biologik  tozalash  uslubi  –  ko’llanilganda  organik  ifloslovchilar  bakteriyalar  va  mikroorganizmlar  yordamida 

mineralizatsiya qilinadi. Biologik tozalash sug’orish maydonlari, biologik xovuzlarda amalga oshiriladi.  Biologik tozalashdan 

so’ng suv xlor yordamida dezinfektsiya qilinadi va undagi h’amma bakteriyalar nobud bo’ladi. 

Er yuzi ah’olisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda er osti suvlarining ah’amiyati kattadir. Turli mamlakatlarda, shu 

jumladan  O’zbekistonda  grunt  suvlari.  artezian  suvlari  va  mineral  suvlar  katga  miqdorda  ichimlik  uchun  ishlatiladi.  Mineral 

suvlar  chiqgan  joylarda  maxsus  shifoxonalar  quriladi.  Hozirgi  kunda  er  osti  suvlarining  tartibsiz  ishlatilishi,  turli  manbalar 

ta’sirida ifloslanishi oshib bormoqda. 

İchimlik  suvlarning  bebah’o  manbai  er  osti  suvlarini  muh’ofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanishni  ta’minlash  eng 

muh’im ekologak muammolardan biridir. 

Suvlardagi  1300  dan  ortiq  zararli  birikmalarning  REM  lari  va  korxonalar  uchun  oqavalarni  tashlashning  yo’l 

quyilgan  chegaralari  belgilangan.  Korxonalar  suvlarning  belgilangan  limitdan  ortiqcha  ishlatgani  va  oqavalarni  tashlashni 

me’yordan oshirganligi uchun jarima va boshqa to’lovlar to’laydi. 




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish