Dengiz va okeanlar ekologik muammosi. Dunyo dengizlari – biosferani me’yorlashtiruvchi eng muh’im
manbalardan biridir. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zah’iralari mavjuddir. Dunyo dengizi er
shari sirtining 363 mln km
2
, ya’ni 71 foizini tashkil etadi. Dengiz va daryolardagi suvning umumiy h’ajmi 1362200
ming km
3
. Dengizning atmosfera bilan o’zaro ta’siri Erdagi ob-h’avo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi - juda
katta miqdordagi osh tuzi zah’irasi; unda 180 mingga yaqin organizm turlari – kichik bakteriyadan tortib, yirik
kitlargacha panoh’ topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra 60 milliard t
(quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard t). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi
oqsillarning 10 foiziga yaqini dengizlardan olinadi. Ko’pgina mamlakat ah’olisi uchun dengiz mah’sulotlari asosiy taom
h’isoblanadi.
İnsoniyatning bu "go’sha"si jah’on "axlatxona"siga aylanib bormoqda. Chunki ularga inson faoliyati oqibatida
to’planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo’lgunga qadar bu "tabiiy axlatxona"ga nima
tashlansa, ularning barchasi biologik tsiklga qo’shilib, tarqab ketardi. Biroq inson turli sun’iy moddalar ishlab
chiqqanidan boshlab, dengiz tabiiy muh’itining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zah’arlanishi tobora ortib bormoqda.
Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko’plab mamlakatlarning neft mah’sulotlarini dengiz orqali tashishni keng
yo’lga qo’yishi bilan bog’liqdir. Suvning neft va uning h’osila-mah’sulotlari bilan ifloslanishi, h’ayvonot va o’simliklar
olami uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika, O’rta Er dengizi, Fors ko’rfazi va boshqa
dengizlarda o’n va h’atto yuz minglab qushlar h’alok bo’ladi. To’g’ri, odamlar ularga yordam berishga keladilar, yuzlab
qushlarni qutqarishga muvofiq bo’linadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi.
İlgari vaqtlarda iflos suvlar dengiega qo’yilsa, u dengiz muh’itida erib tozalanadi, degan tushuncha mavjud edi.
Haqiqatan, dengiz iflos suvlarni tozalash qobiliyatiga ega.
Bu jarayonda dengiz organizmlari, masalan, mollyuskalarning h’ar xil turlari katta rol o’ynaydi. Ammo
dengizning o’z-o’zini tozalash qobiliyati h’am cheksiz emas.
Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan, dengiega daryo suvlari orqali sanoat va
qishloq xo’jaligi chiqindilari tashlanadi va shah’ar oqova suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40 % ni
tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to’g’ri keladi. Bunda dizel yoqilg’isi
chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, ballistik quyilmalarni to’kish va boshqalarni eslab o’tish kifoyadir. Ayniqsa,
neft va neft mah’sulotlari yuklangan tankerlarning h’aloqati, dengiz tubiga o’rnatilgan neft quvurlari, dengizdan neft
qazib olish katta zarar keltiradi.
Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, qora, Yapon, Oq va boshqa dengizlarda juda murakkab ekologik h’olat yuzaga
kelgan. Hozirgi vaqtda dengizlardagi ekologik h’olatlarni yaxshilashning bir necha yo’llari ma’lum: dengiz qirg’oqlarida
chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda tozalash inshootlarini qurish, antropogen ta’sirlarni
kamaytirish va boshqalar.
62
Dunyo dengizlarining qirg’oqlariga yaqin joylashgan sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari va unga quyiladigan
daryolar suvi bilan ifloslanishi ah’volni yanada qiyinlashtiradi. Ba’zi taraqqiy etgan mamlakatlar dunyo dengizlarining
tubiga atom ishlab chiqarishidan h’osil bo’lgan faolligi yuqori chiqindilarni ko’madilar (AQSh, Angliya, Germaniya).
Holbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar h’am seysmik jih’atdan ishonchli emas, u joylarda konteynerlarning chirish-
buzilishi h’am eh’timoldan xoli emas.
Nitstsedagi Biologik markaz ma’lumotlariga ko’ra, Atlantika dengizidan tutilgan baliqlardagiga qaraganda O’rta
Er dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko’p ekan. Jah’on Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumoti bo’yicha
O’rta Er dengiziga h’ar yili 12 mln tonna organik chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlar orqali h’ar yili 1 million t rux, 2,5
ming t turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi. Shuning uchun bu dengizning qator qirg’oqlarida cho’milish man
etilgan va u erdagi xududlardan tutilgan baliqlar iste’mol uchun yaroqsizdir.
Toqio, Jakarti ko’rfazlari, Yavan dengizlarining taqdirlari h’am achinarli h’olatdadir. U erlarda o’simlik va
h’ayvonot olamidan asar h’am qolmagan.
Dunyo miqyosida daryo, ko’llar va suv h’avzalarining ifloslanishiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Dunyo
okeanlarining ifloslanishi so’nggi yillarda jaxon ah’amiyatiga ega bo’lgan ekologik muammoga aylandi.
Dengiz va okeanlar asosan neft va neft mah’sulotlari, sanoat va maishiy oqavalar, og’ir metallar, radioaktiv birikmalar va
boshqalar bilan ifloslanadi. O’rta er dengizi - er yuzidagi eng ifloslangan dengiz h’isoblanadi.
Okean yuzasining neft bilan qoplanishi «okean - atmosfera» tizimida o’zaro aloqadorlikning buzilishiga va er
yuzida kislorodning asosiy manbalaridan biri bo’lgan yashil o’simliklar - fitoplanktonning nobud bo’lishiga olib keladi. Bu o’z
navbatida okeandagi biologik mah’suldorlikning kamayishiga sabab bo’ladi.
Dunyo okeanlarining ifloslanishi nafaqat global ekologik, balki sotsial oqibatlarga h’am olib kelishi muqarrardir.
O’rta Osiyo berk h’avza (Dunyo okeani bilan bog’lanmagan) bo’lib, er yuzida suv etishmaydigan qurg’oqchil mintaqalardan
h’isoblanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida burlanish yillik yogan miqdoridan katta va suv oltinga teng baxolanadi.
O’rta Osiyoning er usti va er osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishn talab qiladi.
İkki asosiy daryo -
Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq o’zlashtirilgan. Er osti suvlari h’am tobora ko’proq ishlatilmoqda. Hozirda er
osti suvlari imkoniyatining 52 % ishlatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi yirik sug’oriladigan dexqonchilik rayonlaridan biri h’isoblanadi.
Qadimdan bu katta xududda ko’l mexnat va mo’l suv talab qilinadigan ekinlar - paxta va sholi etishtirilib kelingan.
O’zbekistan erlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxondaryo, Chirchik va Oxangaron daryolari
suvlari bilan sutoriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 53 ta suv ombori kurilgan. Mavjud
ishlatiladigan suvlarning 85 % qishloq xo’jaligiga, 12 % sanoatga va 3 % maishiy-kommunal xo’jalikga to’g’ri keladi.
Suvlarning ifloslanishi h’am dolzarb ekologik muammolardan biri h’isoblanadi. O’zbekistonning asosiy daryolari
Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston xududlaridan ifloslanib keladi.
Daryolar suvi - chorvachiliq kompleksi, kommunal - maishiy oqavalar, sanoat oqavalari va katta h’ajmda kollektor -
drenaj suvlari bilan ifloslanadi. Suvlarga pestitsidlar va zah’arli kimyoviy birikmalarning ko’plab tushishi natijasida
respublikaning ayrim xududlarida ichimlik suv muammosi keskinlashib ketdi.
Ayniqsa, Qorakalpogaston Respublikasi va Xorazm, viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishi,
o’limning ko’payishiga olib keldi. Oxirgi yillarda er osti suvlari sifatining yomonlashuvi ko’zatilmoqda. Farg’ona - Marg’ilon
sanoat rayonida neft mah’suloti va fenollar bilan er osti suvining ifloslanishi REM (ruxsat etilgan miqdor)dan yuz barobargacha
ortiqligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida h’am er osti suvlarining mah’alliy o’ta yuqori ifloslanishi kuzatiladi.
Respublikamizda suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg’or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug’orish,
suvlardan takror foydalanish oqavalarni tozalash to’lar jumlasidandir. Suv h’avzalariga tushadigan sanoat oqavalari keyingi 5 yil
ichida 2 yarim marta kamaygan. Suvlarni me’yoridan ortiq ifloslagani uchun jarima va to’lovlar belgilangan.
Suvni e’zozlasak, toza to’tsak, kelguvsi avlodlarga tabiatimiz go’zalliklarini kam-ko’stsiz etkazishga xizmat qilsak, o’z
h’ayotimizning h’am go’zal, obod va forovon bo’lishiga ko’maklashgan bo’lamiz.
O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus qonun asosida amalga oshiriladi. «Suv h’aqidagi va suvlan
foydalanish» to’g’risidagi qonun 1993 yil 6 mayla
Do'stlaringiz bilan baham: |