İnson talablari. İnsonning toza h’avodagi bo’lgan talablari nimalardan iborat? İnson tanasining kislorodga bo’lgan bir
kunlik talabi 25 kg ga tengdir. Shu sonni endi dunyoning 6 mil-liardlik ah’olisiga ko’paytirsak, h’ar kuni insoniyatga 300 mln.t
h’avo kerakligi aniqlanadi. Yashash tarzimizni yuqori darajaga olib chiqish ya’ni, masalan, h’ar bir oilada bitta yoki ikkita
avtomobil bo’lishi yulida biz tabiatga h’am katta zarar etkazyapmiz.
İnsonga bir kunda o’rtacha 1.5 kg egulik kerak. Demak,
inson h’ar kuni egulik sifatida h’avoni 10 - 15 barobar ko’proq iste’mol qilar ekan. Shuning uchun, biz h’avodagi
ifloslantiruvchilar miqdori oziq - ovqatlarda ruxsat etiladigan me’yorga teng yoki undan kichik bo’lishini talab qilamiz.
Biz baliq va qisqichbaqasimonlardagi simobning miqdori 50 ppm (yoki 0.5 ppm) bo’lishiga ruxsat beramiz, ammo,
h’avoning iflosligini h’isobga olmaymiz. Keling, qumirni yonishini ko’rib chiqaylik,
S+O
2
=SO
2
Quvvati 500 - 750 megavatt bo’lgan zavod bir kunda 21 ming t. ko’mir yoqadi. Kislorodning juda katta miqdori bunda
nobud bo’ladi va natijada azotni azot oksidiga aylanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Yoki Los - Anjelesdagi 4x10
6
ta bo’lgan avtomobillarni olaylik. Bir funt yokilg’ini to’liq yonishi uchun 15 funt h’avo
kerak bo’ladi. AQSh dagi avtomobillar h’ar kuni o’rtacha 12 funt gaz ishlatadi. Demak, h’ar bir avtomobil bir kunda 180 funt
h’avo talab qilar ekan. To’rt million avtomobillar uchun bu son 720.000.000 funtni tashkil etadi.
Erning sun’iy yuldoshlari, raketalar va kosmonavtlarning ma’lumotiga qaraganda, atmosferaning 100 km gacha baland
qismida h’am uning tarkibi yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir.
1000 - 1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan; undan yuqorida - 2500 km gacha bo’lgan qismida
geliy gazi; 2500 km dan yuqorida esa eng engil gaz - vodoroddan iborat.
Kislotali yomg’irlar keyingi 10 - 15 yil ichida ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday
qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo’sh oksidlari bo’ladi. Atmosferaga millionlab
tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’irni kislotaga aylantiradi.
So’nggi yillarda AQSh, Qanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali
yomg’irlar ta’sirida katta maydondagi o’rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg’ir h’osildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy
yodgorliklarni emiradi, inson sog’ligiga zarar etkazadi. Kislotali yomg’irlarning uzoq masofaga ko’chishi natijasida turli
davlatlar o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ayrim xududlarda h’avoning h’arakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zah’arli tuman - smog insonlar
sog’ligiga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
59
1952 yili 5 - 9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo’lgan. Keyingi yillarda
dunyoning turli yirik shah’arlarida London tipidagi, Los - Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan fotoximik smog -
deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaktsiyaga kirishib xavfli birikmalarni h’osil qilish
tushuniladi. Masalan; formaldegid.
Er yuzida atmosfera h’avosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim, aks
h’olda Amerika olimi, meteorolog Luis Batton (1967) aytgani kabi:
«
İkkalasidan bittasi bo’ladi, odamlar shunga erishadiki, h’avo kam ifloslanadi, yoki h’avoning ifloslanishi shunga olib
keladiki, Er yuzida odamlar kam qoladi».
İnsonlar sog’ligining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarining emirilshi, o’simlik va h’ayvonlarning nobud bo’lishi va
boshqa h’odisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSh da h’avoning ifloslanishi inson sog’ligiga etkazilgan ziyoini
h’isobga olmaganida, yiliga 30 milliard dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera h’avosi ifloslanishining oldini olish
va kamaytirishning turli yo’llari mavjuddir. Korxonalarda tozalash qurilmalari o’rnatiladi, zararli korxonalar shah’ar chekkasiga
chiqariladi.
İshlab chiqarish texnologiyasini o’zgartirish, ayniqsa muammoni h’al qilishning eng istiqbolli yo’li h’isoblanadi.
Atmosfera h’avosining ifloslanishida avtotransportnik h’issasi oshib bormoqda. Toshkent shah’rida h’avo ifloslanishining
70 % dan ortiqi avtotransport h’issasiga to’g’ri keladi.
Transport h’arakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilki sifatini yaxshilash va boshqa
tadbirlar yirik shah’arlar h’avosining ifloslanishini kamaytirishda muh’im ah’amiyatga ega.
O’zbekistan Respublikasida atmosfera h’avosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri h’isoblanadi.
Shah’arlarning asosan tog’ oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda
atmosfera h’avosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo’lishiga olib kelgan. Havo ayniqsa ah’oli, sanoat va transport yuqori
darajada to’plangan Toshkent va Farg’onada kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan
Olmalik, Toshkent, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shah’arlarida h’avoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir
qator zararli birikmalar bo’yicha ko’rsatkichlari REMdan yuqori bo’lgan bu shah’arlarning ba’zilarida fotoximik smog xavfi
mavjud.
Bizda h’ozir atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga
h’arakatlanadigan va turg’un manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 2
mln. tonnagacha kamaygan.
Mamlakatimiz xududi Rossiya, Kozog’iston, Tojikiston va boshqa ko’shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar
bilan h’am ifloslanadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar h’am juda katta maydonda h’avoning
ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
Bizda h’avo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish - monitoring yaxshi yulga qo’yilgan. Korxonalar uchun h’avoni
belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani xollarida to’lov va jarimalar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |