Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 



 

 

 



fanidan ma’ruzalar matni 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Nukus  

 


 



 



 

MA’RUZA  –  1  

 

Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar 



 

Reja: 

Kirish  

1.  Ekologiyaning  xozirgi  zamon  tushunchasi  va  uning  vazifalari.  Ekologik  muammolarni  kelib  chiqishining  asosiy 

sabablari.   

2.  Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr. 

3.  Ekologiya fanining asoslari. 

4.  Ekologiyaning tarixi. 

 

Ekologiyaning  xozirgi  zamon  tushunchasi  va  uning  vazifalari.  Organizmlarning  yashash  sharoiti  va  ularning  tashqi 

muh’it  bilan  o’zaro  munosabati,  turlar,  populyatsiyalar,  biotsenozlar,  ekotizmlar,  biosfera  va  boshqa  tushunchalar  ekologiya 

fanining  manbaini  tashkil  etadi.  Shu  bois,  umumiy  ekologiya,  asosan,  to’rt  bo’limga  bo’lib  o’rganiladi.  Bular:  autoekologiya, 

populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera h’aqidagi ta’limot  

Bugungi  kunda  ekologiya  nafaqat  mustaqil  fan  sifatida  shakllandi,  balki  u  mazmunan  juda  kengaydi.  Ekologiya 

o’rganadigan yangi soh’alar ko’paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo’nalishlari paydo bo’ldi. 

«Ekologiya»  tushunchasi  fanga  birinchi  bo’lib  nemis  olimi  E.Gekkel  tamonidan  1866  yil  kiritilgan. («Organizmlarning 

umumiy morfologiyasi» asarida.) 

Hozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha so’z bo’lib, «Oykos» - uy-joy;                      «logos» - fan degan ma’noni 

beradi. 


Ekologiya biologik fan bo’lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muh’it sharoiti bilan o’zaro munosabat qonuniyatlarini 

o’rganadigan fan h’isoblanadi. 

Organizmlarning  moslashuvi  (adaptatsiya)  ni  o’rganish  sifatida  bundan  100  yil  avval  shakllangan  h’ozirgi  zamon 

ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muh’ofaza qilishning nazariy asosi h’isoblanadi. U o’ziga xos predmetga, 

vazifalarga h’amda izlanish usullariga egadir. 

Ekologiya  antropogen  va  h’ar  xil  omillar  ta’sirida  tabiatdagi  bog’lanishlarning  buzilishi  to’g’risida  ma’lumot  beradi. 

Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muh’ofaza qilishda ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Masalan; h’ar 

yili  o’rmon  xo’jaliklari  tabiatda  o’suvchi  dorivor  o’simliklarni  yig’ib  olib  dori  tayyorlash  uchun  topshiradi.  Bunda  agar  yigib 

olinayotgan  o’simliklar  miqdori  qayta  o’sib  chiqayotgan  o’simliklar  miqdoridan  oshsa  unda  o’simliklar  sekin-asta  yo’qola 

boshlaydi. Shuning uchun dorivor o’simliklarni yig’ish faqatgina ilmiy asoslangan me’yorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu 

me’yorlar va yig’ish mudadtlari o’simliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bo’lishi kerak. 

Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruh’i va tashqi muh’it orasidagi bog’lanishlarning tuzilishini, unga bog’liq bo’lgan 

jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini; tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va 

rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi, - bularning h’ammasi Ekologiyaning predmeti h’isoblanadi. 

Hozirgi paytda Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin: 

-  Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini h’isobga olgan h’olda o’rganish; 

İnsonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni oldindan bilish; 



-  Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o’rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muh’itni saqlab qolish; 

-  Buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo’jaligi    ekin maydonlarini yana ishga 

solish  (rekultivatsiya),  yaylovlarning  tuproq  h’osildorligini,  suv  h’avzalari  va  boshqa  ekotizimlarning  mah’suldorligini 

tiklash; 

- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar. 


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish