Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

 

MA’RUZA  –  3  

 

Mavzu: Ekologiyaning tadqiqot usullari 



Reja: 

 

1.  Ekologiyaning  tadqiqot  usullari:  dalada  kuzatish,  laboratoriya  va  dala  tajribalari,  o’simlik 



assotsiatsiyasi va h’ayvonlarni ekologik o’rganish. 

2.  Matematik modellashtirish. 

 

Mavzuga  oid  tushuncha  va  iboralar:  Kuzatish,  tajriba,  modellashtirish,  assotsiatsiya,  formatsiya,  tip,  organizmlar 

soni, turlarning uchrashi, biomassa, h’osildorlik indeksi, dominantlik, qoplam, zichlik. 

 



 

10 


1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Ekologlar dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari kabi 

usullardan foydalanishlari h’aqida fikr yuritish. O’simliklar assotsiatsiyalarini, h’ayvonlarni ekologik o’rganish kabi masalalarni 

yoritib berish.  

 

Ekologiya  o’ziga  xoslikga  ega  bo’lib,  uning  izlanish  ob’ekti  bo’lib,  aloh’ida  olingan  tur  emas,  balki  turlar  guruh’i, 



populyatsiyalar va ularning jamoalari yoki biologik makrotizimlar xizmat qiladi. 

Ekologik  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borishda  ko’pincha  daladagi  kuzatishlar,  dalada  va  laboratoriyada  tajribalar  va 

ekotizimlarni modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 

Demak, ekologlar kuzatish va tajribaga asoslangan h’olda ish olib borishadi. 

Metod yoki uslub so’zi yunoncha - «biror narsaga yo’l» degan ma’noni anglatadi. O’rganilayotgan ob’ektni to’g’ri tasavvur 

etish, faqatgina unga to’g’ri yondoshganda, to’g’ri uslub tanlagandagina bo’lishi mumkin. 

Umuman, uslubni - qorong’uda yo’lni yoritib turuvchi chiroqga o’xshatishadi. 

Ekolog  uchun  birinchi  navbatda  daladagi  kuzatishlar  muh’im  rol  o’ynaydi,  ya’ni  turlarning  populyatsiyasi  va  ularning 

jamoasini  tabiiy  h’olatda  -  tabiatda  o’rganish.  Bunda  odatda  fiziologiya,  biokimyo,  anatomiya,  sistematika  kabilarning 

usullaridan keng foydalaniladi. 

Daladagi  kuzatishlar  bizga  organizm  yoki  populyatsiyalarga  aniq  bir  omillar  majmuasining  ta’sir  natijalarini  aniqlashga 

imkon  yaratadi,  aniq  bir  sharoitda  turlarning  rivojlanishi  va  h’ayot  faoliyati  h’aqida  umumiy  tushuncha  beradi.  Kuzatishlar, 

muh’itning  qaysi  bir  omili  turlarning,  populyatsiya  va  jamoaparning  h’ayoti  faoliyati  xarakterini  aniqlaydi?  -  degan  savolga 

to’liq, javob bera olmaydi. Bu savolga faqatgina tabiatdagi bo’ladigan munosabatlarning sababini aniqlash imkoniyatiga ega 

bo’lgan  -  tajriba  javob  berishi  mumkin.  Laboratoriya  sharoitidagi  tajribalarda  olingan  natijalar  albatta  tabiatda  tekshirilib 

ko’rilishi kerak. Bu esa populyatsiya va jamoaning tabiiy ekologik munosabatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. 

Tajriba  -  tadqiqotchi  tamonidan  yaratilgan  sharoitda  borayotgan  ma’lum  tabiiy  jarayonni  kuzatishdir.  Tajribada  ma’lum 

ob’ektga (individ, populyatsiya, biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. 

Tajriba natijalari h’aqida ko’rsatkichlarning o’zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash 

zarur. Tajriba xech vaqt taqqoslashsiz olib borilmaydi. 

İlmiy-tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Dala sharoitida olib boriladigan tajribalarga misol 

qilib  turli  qishloq  xo’japigi  o’simliklarini  sug’orish,  o’g’itlash  ta’siri,  tuproqqa  h’ar  xil  usullarda  ishlov  berish  bilan 

h’osildorlikning o’zgarishi, shuningdek h’ar xil ekologik omillarnyng h’ayvonlar maxsuldorligiga ta’siri kabilarni ko’rsatish 

mumkin. 


Ekologik  ilmiy  –  tadqiqot  ishlarida  laboratoriya  eksperimenti  keng  yoyilmagan,  chunki  laboratoriya  sharoiti  tabiiy 

sharoitga  to’liq  to’g’ri  kelmaydi.  Tirik  organizmlardagi  h’ayotiy  jarayonlarning  ba’zi  tomonlarini  laboratoriya  sharoitida 

aniqlash  mumkin.  Laboratoriya  sharoitida  olib  boriladigan  ilmiy  tadqiqot  ishlariga  misol  qilib  G.F.Gauzening 

infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko’rsatish mumkin. G.F.Gauze infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar 

o’rtasidagi raqobatni yo’qotish tamoyillarini ishlab chiqdi. 

Biologik  kuzatishlarni  to’g’ri  olib  borish,  dala  va  laboratoriya  tajribalari  qanday  qo’yilishi,  tajriba  va  nazorat 

variantlari, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishdagina, ya’ni bunday metodologik 

tushunchaga to’liq ega bo’lgandagina o’z ishingizning muvaffaqiyatli chiqishini amalga oshirasiz. 

Hozirgi  zamon  sharoitida  ekologik  izlanishlar  qator  nazariy  va  amaliy  masalalarni  h’al  etishda  muh’im  rol  o’ynaydi. 

Organizmlar  sonining  dinamikasi,  mavsumiy  rivojlanish,  foydali  va  zararli  turlarning  tarqalishi  va  iqlimlashtirishni, 

ko’payish va tarqalishni oldindan aniqlash, bularning h’ammasi xozirgi davrimizning ekologik muammolari h’isoblanadi. Bularni 

ishlab chiqish uchun albatta dala, laboratoriya va eksperimental kuzatishlar bir-birlarini o’zaro to’ldirib va bir - birlarini nazorat 

qilishlari kerak. 


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish