Olimlarning aniqlashicha, 3 - 5 mln. yil avval dunyo iqlimi iliq bo’lib, muzliklar mavjud bo’lmagan. Bunga sabab o’sha
paytdagi atmosfera tarkibidagi is gazi kontsentratsiyasining yuqori bo’lganligi, deb taxmin qilinadi.
ning atmosferadagi miqdori XXI asrga kelib ikki barobar oshishi kutilyapti. Buning natijasida global isish
Agar bu taxminlar to’g’ri chiqsa (chunki bunga teskari taxminlar h’am mavjud), u h’olda insonning xo’jalik amaliyotida
juda katta o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Oqibatda, er yuzidagi yog’ingarchiliqlar miqdorining oshishi, shah’arlardagi
quyosh radiatsiyasi oqimining kamayishi mumkin. Kosmosdan olib borilgan kuzatuvlar natijalari, er yuzasining 31 foizi bulutlar
Ozon qobig’ining parchalanishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki ozonning 1 % ga kamayishiga
ultrabinafsha nurlar oqimining 2 % ga ortishiga olib keladi. Ultrabinafsha nurlar oqimining ko’payishi esa, ah’olida terining rak
Atmosfera ifloslanishi natijasida keladigan zarar juda kattadir va u bilan xisoblashmaslikka ilojimiz yo’q. Shuning uchun,
mutaxassislarning h’arakati bir tomondan zararni yo’qotishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan uni oldini olishga qaratilishi
Zararni yo’qotish uni oldini olishdan qimmatga tushishini h’isobga olganda, kelgusida amalga oshiriladigan loyixalarda,
Atmosferaning tabiiy ifloslanishida - kosmik changlar, vulkonlarning otilishidan vujudga kelgan moddalar, tog’
jinslari va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o’simlik va h’ayvonlarning qoldiqlari, o’rmon va dashtlardagi
yong’indan, dengiz suvining mavjlanishi bilan h’avoga chiqgan tuz zarrachalari muh’im rol o’ynaydi.
t chang atmosferaga tushadi. Kuchli vulqon otilganda atrof - muh’itga 75 mln. m
Dengiz suvi mavjlanganda h’avoga ko’plab tuz zarrachalari ajralib chiqadi. Bulardan tashqari h’avoga nurash tufayli shamollar
h’amda yong’in natijasida chang, qum va boshqa kattiq zarrachalar, o’simlik changlari kelib ko’shiladi.
Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar er yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlar uchun katta ah’amiyatga ega. Chunki
changlar suv bug’lari uchun kondensatsiya yadrosi h’isoblanib, yog’inlarni vujudga keltiradi, quyoshning to’g’ri radiatsiyasini
57
yutib, er yuzasidagi organizmlarni ortiqcha nurlanishdan saqlaydi. Shundan ko’rinib turibdiki, atmosferadagi tabiiy changlar
ma’lum darajada bo’lsa, atmosfera tarkibining zaruriy elementi h’isoblanib, undagi h’odisa va jarayonlarning borishini tartibga
solib turadi. Lekin ayrim h’ollarda vulqonlarning otilishi, kuchli chang - to’zonlarning ko’tarilishi tufayli h’avo me’yoridan ortiq
ifloslanib, h’alokatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Atmosferaning sun’iy ifloslanishi
Keyingi yillarda ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi (bu h’ol h’amma rivojlangan mamlakatlarga xos)
atmosfera h’avosining ifloslanishini tezlatdi.
Sun’iy ifloslanish manbalariga - energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi.
Atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi o’rinni (40 foiz); energetika sanoati (20 foizi) ikkinchi
o’rinni; karxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o’rinni (14 foiz) egallaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, maishiy - kommunal xo’jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosfera sun’iy
ifloslanishining 26 foizi to’g’ri keladi.
Atmosfera ifloslanishining o’sishi h’attoki inson yashashi kam bo’lgan joylarda h’am deyarli sezilarli ekan. Masalan:
AQShning
İellouston milliy bog’i - amerikada eng toza h’avosi bilan ajralib turadigan, keyingi 5 yil ichida zarrachalarning
o’rtacha soni 10 marta oshgan.
Kavkaz tog’lari cho’qqilarida o’rnashib olgan chang zarrachalari 1930 - 1960 yillarda 20 marta ortgan. Buni olimlar shu
davralarda sanoat ishlab chiqarishning ortishiga bog’lagan.
Atmosfera ifloslanishining o’sishini ko’pgina omillarning xozirgi zamon taraqqiyotiga xos bo’lgan, energiya va
metallurgiya sanoati ishlab chiqarishi, avtomobil va samolyotlar sonining o’sishi, minglagan tonna chiqindilarining yondirilishi
va h’okazolarning natijasida deb qarash lozimdir.
Hozir er kurrasida kishilarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq h’olda atmosferaga h’ar yili 500 mln.t. atrofida
oltingugurt gazi, sulfad oksidi, azot oksidi, karbonat angidrid va pestitsidlar chiqarilmoqda. Bulardan tashqari, tsement, ko’mir,
metallurgiya va boshqa sanoat korxonalaridan ko’plab atmosferaga kul, rux, qo’rg’oshin, mis, chang va boshqa qattiq moddalar
chiqarilmoqda. Shuningdek, katta maydonlardagi o’rmonlarni kesib, erlarni xaydash tufayli tuproq eroziyasi va deflyatsiyasi
kuchaydi, o’rmon - o’tloqlarda yong’in ko’paydi, qishloq xo’jaligida ko’plab pestitsidlarni ishlatish oqibatida atmosfera tarkibida
chang, tutun, qurumlar, zah’arli ximikatlar miqdorining ko’payishiga olib keldi.
Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, kattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari, uglevodorod va
oltingugurt oksidlari, metal oksidlari va boshqalar kiradi.
So’ngi yillarda atmosferaning ifloslanishida transport vositalarining salmog’i ortib bormoqda. Chunki avtomashina,
samolyot, teplovoz, qishloq xo’jalik mashinalari va boshqalar juda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosferaga (tarkibida
200ga yaqin zah’arli moddalar uchraydigan) h’ar xil gazlarni (is gazi, azot oksidi, uglevodorodlar, ko’rg’oshinning zah’arli
birikmalari, chang, qurum va boshqalar) chiqarib, uni ifloslaydi.
Hozir er sharidagi 400 mln.dan ortiq avtomobil atmosferaga yiliga 300 mln.t. ga. yaqin h’ar xil zah’arli gazlar, chang,
qurum va boshqa kattiq zarrachalar chiqarib ifloslamoqda. Shundan 200 mln.t. uglerod oksidiga, 50 mln.t. uglevodorodga. 30
mln.t. azot oksidiga, qolgani boshqa gaz, chang, kurum va qattiq zarrachalarga to’g’ri keladi.
Avtomobillar atmosfera h’avosini h’ar xil zah’arli gazlar bilan ifloslashidan tashqari dunyo ah’olisining nafas olishiga
ketadigan kisloroddan 3 - 4 marta ko’p kislorodni sarflaydi.
Undan tashqari atmosferaning ifloslanishida va ko’plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning roli katta. Masalan:
Amerika - Evropa orasida uchadigan superreaktiv layner 8 soat ichida 50 - 75 t. kislorod sarflaydi. Bu miqdordagi kislorodni 25-30
ming ga maydondagi o’rmon 8 soat mobaynida etkazib beradi.
Atmosferaning ifloslanishida raketalarning salmog’i ortib bormoqda. Amerika olimlarining ma’lumotiga ko’ra
«Shatl» kosmik apparatini orbitaga chiqargan raketa atmosferaning yuqori qatlamiga 300 t. alyuminiy oksidini, oq,
poroshoqga o’xgan modlani chiqargan. Bu modda bulktlar tarkibida muz kristallarining miqdorini 2 marta oshirgan, oqibatda
quyosh nurining qaytishi ko’paygan. Raketalar juda ko’p kislorodni sarflaydi va h’atto ozon qatlami h’aloqatiga h’am ta’sir
qiladi: AQShning «Skayleb» stantsiyasining orbitaga chiqargan «Saturn-5» raketasi ionsoferada kengligi 1800 km «deraza»
«teshik» h’osil qilib, u 1,5 soatdan keyin to’lgan. Olimlarning h’isobiga ko’ra, agar qisqa vaqt ichida bu raketaga o’xshash 125 ta
raketa uchirilsa, Erning ozon qatlamini yo’q qilib yuborishi natijasida sayyoramizda organizmlar qirilib ketishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanishida tog’ - kon sanoati, maishiy - kommunal xo’jaligi (uy - joylar) h’am ishtirok etadi. Bunda h’ar
xil yoqilg’ilarni yoqish tufayli atmosferaga zah’arli gazlar, tutun, qurum, kul chiqadi. zich yashaydigan rayonlar va katta shah’arlar
atmosferasining ifloslanishida kishilarning roli katta. Chunki bir kishi sutkada 10 m
3
ishlangan iflos h’avoni nafas olish organlari
orqali chiqaradi. Toshkent shaxridan sutkada 20 mln. m
3
ishlangan, iflos va tarkibida (SO
2
) 4 foiz bo’lgan h’avo atmosferasiga
chiqariladi. Bulardan tashqari kanalizatsiya, avtomobil g’ildiraklaridan, oshxonalardan, axlat quvurlaridan va h’okazolardan
chiqqan chang, gazlar, xidlar, mayda zarrachalar h’am atmosferani ifloslaydi.
Atmosferaning ifloslanishida chekuvchilarning roli h’am kundan - kunga oshib bormoqda. BMTning ma’lumotiga ko’ra,
xozir dunyoda yiliga faqat sigaret chekilishi natijasida atmosferaga 10,5 t. kadmiy, 14,8 t. ko’rg’oshin, 48,4 t. mis, 203,5 t. rux,
966 t. marganets va boshqa zah’arli moddalar chiqariladi.
Qishloq joylarida atmosferaning ifloslanishida ayniqsa parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go’sht kombinatlari,
qishloq xo’jalik mashinalari, kimyoviy o’g’itlar va zah’arli ximikatlar ko’proq ta’sir etadi. Kimyoviy ug’itlardan va ayniqsa
pestitsidlardan noto’g’ri, me’yoridan ortiqcha foydalanish oqibatida u ekologik sistemaning buzilishiga sabab bo’lmoqda.
Pestitsidlarning bir qismi h’avoga chang, mayda zarrachalar ko’rinishida yoki erib bug’ga aylangan h’olda atmosfera
h’avosini ifloslamoqda. Shu sababli so’ngi yillarda o’ta zah’arli va parchalanishi qiyin bo’lgan ximikatlar kam ishlab chiqarilmoqda,
ularning ba’zilarini (DDT) ishlab chiqarish butunlay man etilgan. Bundan keyingi vazifa - qishloq xo’jalik
zararkunandalariga qarshi kurashda biologik va ekologik usullardan ko’proq foydalanishga o’tishdir.
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida sayyoramizning organik h’ayoti uchun eng zarur bo’lgani kisloroldir. So’ngi 50 yil
mobaynida kishilarning xo’jalik faoliyati tufayli (transportda, sanoatda, nafas olishda, yokilg’ilarni yoqishda va boshqalarda
58
foydalanish natijasida) 246 milliard, t. kislorod qaytarilmaydigan h’olda sarf qilindi. Bu esa atmosfera tarkibidagi kislorod
miqdorining 0,02 foizga kamayishiga olib keldi.
Agar Er kurrasidagi yashil o’simliklar yiliga 550 milliard t. karbonat angidridni yutib, fotosintez orqali 460 milliard t.
kislorodni ishlab bermaganda edi, u taqdirda atmosferadagi kislorodning miqdori 200 yil ichida tugab qolgan bo’lar edi.
Shah’arlar qurilishi natijasida h’am er maydoni tekislanadi, jarlar to’ldiriladi, oqibatda relef, o’simlik va tirik mavjudotda
o’zgarish yuz beradi. Shah’arlarda joylashgan sanoat ob’ektlaridan, transportdan, maishiy - kommunal xo’jaligidan, atrof -
muh’itga juda ko’plab ifloslar, zah’arli gazlar, qattiq. zarrachalar chiqariladi, oqibatda shah’ar atmosferasi, suv h’avzasi, tuproq
qoplami ifloslanadi.
Ma’lumotlarga ko’ra shah’ar atmosferasi okeanlar ustidagi atmosferaga nisbatan 150 marta iflos ekan. Havoning kuchli
ifloslanishi insonlar sog’ligiga, barcha jonzotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shah’arlar va sanoat rayonlarida kishilar o’rtasida
surunkali bronxit, nafas qisishi va o’pka raki kasalliklarning ko’payishi kuzatiladi.
Agar h’avoda oltingugurt oksidi ko’p to’planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklari vujudga keladi.
Uglerod oqsidining h’avoda ko’payishi natijasida kishi organizmida gemoglobin kamayadi. yurak, qon - tomir tizimlari
buziladi, bosh aylanadi, yurak tez urib, uyku buziladi.
Vodorod sulfid gazining ortib ketishi natijasida odamning boshi og’riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi, h’id bilish qobiliyati
zaiflashadi; ftor birikmalari ta’sirida burundan qon keladi, tumov paydo bo’ladi. Azot oqsidlari tufayli o’pka kasallanadi, qon
bosimi kamayadi.
Atmosferadagi turli zah’arli gazlar o’simlik va h’ayvonlarga h’am zarar etkazadi. Havoga chiqayotgan chang, qurum,
tutun va oltingugurt gazlari, xlor, uglevodorod birikmalari, mishyak, surma, ftor va boshqalar yana erga qaytib tushgach
o’simlik barglariga, tuproq va suv orqali o’simlik ildiziga o’tadi. Natijada o’simliklarning nobud bo’lishi, h’osilning kamayishi,
fotosintezning o’zgarishi kuzatiladi, o’simliklarning h’avoni O
2
bilan ta’minlash qobiliyati pasayadi. Bu esa o’z navbatida inson
salomatligiga katta zarar keltiradi.
Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy h’ayvonlarining nobud bo’lishiga olib keladi. Tursunzoda alyuminiy zavodining
zah’arli gazlari ta’sirida uning atrofidagi rayonlarda mollar zah’arlanib, qoramollarning tishi to’qilib ketmoqda.
Havoning zah’arli chang va gazlar bilan ifloslanishi asalarilarning ko’plab qirilib ketishidan tashqari, asalini sifatiga
h’am ta’sir etadi.
Atmosfera h’avosidagi
ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir
ko’rsatmayligan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning odamning mexnat faoliyatiga
va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi.
Havo ifloslanishining muntazam REMdan yuqori bo’lishi ah’oli kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Ah’oli yashash joylarida h’avoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri REM ko’rsatkichlari bo’yicha belgilanadi.
Turli modadlarning ta’sir darajasiga qarab xilma - xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan:
İs gazi - 0,01 mg/m
3
;
oltingugurt gazi - 0,05 mg/m
3
; xlor - 0,03 mg/m
3
; fenol - 0,01 mg/m
3
; formaldegid - 0,003 mg/m
3
va h’okazo.
REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera h’avosidagi 600 ta kimyoviy
moddaning REMlari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalarning birlashib ta’sir qilishi o’rganilgan bo’lib, ular uchun
me’yorlar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: