umumjaxon resurslari xisoblandi. Ulardan foydalanish, muh’ofaza qilish faqatgina xalqaro kelishuvlar yordamida, turli
Tabiatni muh’ofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin bu muammoga aloh’ida e’tibor XIX asrning oxiri va
muh’ofaza qilishning zarurligi h’aqida dastlabki fikrlar berildi. 1910 yili Shveytsariyada Evropadagi birinchi tabiatni muh’ofaza
qilish jamiyati tuzildi. 1913 yili Bernda tabiatni muh’ofaza qilish bo’yicha birinchi xalqaro kengash chaqirildi. 1948 yili tabiatni
muh’ofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi. Tabiatni muh’ofaza qilish h’arakatlari XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi.
O’zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muh’ofaza qilish amalda 1920 yildan boshlangan.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muh’it o’rtasidagi munosabat turlicha bo’lgan kishilik jamiyati
taraqqiyotining dastlabki bosqichida insoi bilan tabiatning o’zaro munosabati ibtidoiy ah’volda edi.
kerakli narsani tabiatdan olar zkan, buning oqibati to’g’risida o’ylab o’tirmas edi. Chunki, ibtidoiy odamlar soni jixatidan juda oz
bo’lib tabiatga deyarli karam bo’lgan. Kishilar bu davrda tabiatni emas, balki tabiat kishilarni o’ziga bo’ysundirgan.
İbtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar o’zi foydalanadigan tabiiy resurslarning h’olatiga ma’lum darajada e’tibor
berib, iste’mol qiladigan o’simliklarni va ov qiladigan h’ayvonlarni h’imoyaga ola boshganlar. Bu davrga kelib ah’oli soni
ko’payib, ishlab chiqarish qurollari takomillashib, o’q-yoy, murakkabroq baliq ovlash asboblari yaratildi. Ma’lum bir - joylarda
h’ayvonlarni ovlash, foydali o’simlik - urug’larini ko’plab terib olish man etila boshlandi. Foydali h’ayvonlarni ko’plab kirib
tashlagan kishilar bu tuzumda o’lim jazosiga h’ukm qilingan. Noyob va qimmatli o’simlik h’amda h’ayvonlar mavjud bo’lgan erlar
«muqaddas joy» deb e’lon qilingan va U erlarda ov qilish, o’simliklarning mevasi va urug’ini terish man etilgan. Bu tadbir - choralar
Quldorlik jamiyati - xususiy mulkchilikga asoslangan jamiyat bo’lib, - insonning tabiatga ko’rsatgan ta’siri ancha
kuchayib borgan. Yirik quldorlar ko’llar kuchidan foydalanib, katta territoriyalarni h’aydab, tabiiy o’simlik va
h’ayvonlarni yo’q qilib, ekin dalalariga dylalantirganlar. Bunga O’rta Osiyoda, Misrda, Xitoy va Hindistonda erlarni xaydab,
52
sug’orib dexkonchilik qilgan quldorchilik davlatlari misol bo’ladi. Quldorlik tuzumida erlardan oqilona foydalanish
to’g’risida o’ylanmaslik sababli, tuproqning tabiiy h’olati yomonlashib borgan.
Quldorlik jamiyati davrida ba’zi davlatlarda yog’och - taxtalarga talab juda ko’p bo’lgan. Shu sababli, o’rmonlardan
to’g’ri foydalanish va ularni qo’riqlash soxasida choralar ko’rila boshlangan. Bunga misol qilib, Vavilon davlatining
bundan 4 ming yil oldin o’rmonlarni muh’ofaza qilish soxasida choralar ko’rilganligini, bu choralarni buzgan kishilar qattiq
jazolanganligini va h’atto o’limga mah’kum qilinganini aytish mumkin. Hattoki Misrda quldorlik jamiyatida «O’liklar
daftari» tashkil etilgan. Bu daftarda tabiat muh’ofazasi soxasida juda qiziqarli savollar yozilgan. Unda o’lgan kishiga
oxiratda quyidagi savol - javoblar berilishi yozilgan: «Men ularning yaylovlaridagi h’ayvonlarni o’ldirganim yo’q,
h’ayvonlarni tangri erlaridan xaydab chiqarganim yo’q. Men baliq tutganim yo’q».
Bundan ko’rinib turibdiki, Qadimgi Misrda h’ayvonlarni o’ldirish, o’simliklardan noto’g’ri foydalanish, me’yoridan ortiqcha
baliq tutish zararli va gunox h’isoblangan.
Feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi. Natijada juda katta territoriyalarda o’tloq va o’rmonlar yo’q
qilinib, dexqonchilik uchun foydalaniladi. Ayniqsa, rivojlangan G’arbiy Evropadagi davlatlar dengizda suzish, yangi erlarni zabt
etish uchun ko’plab kemalar qurdi va ma’danlarni eritish uchun ko’plab o’rmonlarni kesishgan. O’sha davrda bir kemani
qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kesilgan.
İspaniyaning «Engilmas Armada» h’arbiy kemasini qurish uchun yarim million dub
kesilgan. Natijada
İspaniyada xanuzgacha o’sha qirqilgan o’rmonlar tiklangani yo’q. Feodalizm davrida ko’plab o’rmonlarning
kesilishi oqibatida tuproq eroziyasi kuchaygan, daryo suv rejimi o’zgargan, noyob h’ayvonlar (shimol bug’isi, sayg’oq
kabilar) kamayib keta boshlagan. Bu davrga kelib Er kurrasi tabiatida buzilish yuz bera boshlagan.
Tabiatda ro’y bergan salbiy o’zgarishlar bilan birga feodalizm davrida h’am tabiatni muh’ofaza qilish choralari
ko’rilgan. Bundan 1000 yil oldin Buxoro yaqinida atrofi baland devorlar bilan o’ralgan Shamsobod qo’riqxonasi tashkil etilgan
bo’lib, uning ichida bug’u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi h’ayvonlar yashaganligini tarixchi georaf Narshaxiy yozib qoldirgan.
Kapitalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muh’it orasidagi ta’sir juda h’am kuchayib ketdi. Chunki ishlab chiqarish vositalari
xususiy mulkchilikga asoslangan, o’zaro raqobatlar mavjud bo’lgan, xo’jaligi notekis rivojlanayotgan kapitalistik jamiyatda tabiiy
resurslardan rejasiz foydalanildi. Evropada va Shimoliy Amerikadagi katta territoriyalarda o’rmonlar kesilib, shamol va suv
eroziyasi kuchayib, h’osildor erlar qishloq xo’jalik oborotiga yaroqsiz bo’lib qolgan.
XX asr boshlariga kelib, er kurrasidagi suv h’avzalari, atmosfera h’avosi, tuproqlar, sanoat, transport, maishiy - kommunal,
qishloq xo’jaligi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi juda h’am kuchayib ketdi. Bular o’z navbatida sayyoramiz
biologik resurslarining h’olatiga va ayniqsa kishilar salomatligiga ziyon etkazmoqda. Shu sababli jaxon mamlakatlarida h’am tabiiy
muh’itni toza saqlash, uni muh’ofaza qilish masalasi keng tus olmoqda.
Atrof - muh’it regional ifloslanishdan global masshtabdagi ifloslanishga aylanib ketdi va geografik muh’itda energetika
balansining ekologik sharoitning va moddalar almashinuvining buzilishi uchun xavf tug’ildi.
O’tgan asrning 50 - yillaridan boshlab fan - texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta’siri miqyosi va
darajasining keskin ortishiga olib keldi.
Tabiiy resurslarning mislsiz o’zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalari sonining ko’payishi
atrof - muh’itning kuchli ifloslanishi muammosini keltirib chiqardi. Hozirgi kunda insoniyatning extiyojlari uchun er ostidan 120
miliard t. dan ortiq foydali qazilmalar olinadi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida yiliga 4000 km
3
dan ortiq suv ishlatiladi, yonish
jarayonida 15 miliard t. kislorod sarf bo’ladi. YuNEP (1195 y) ma’lumotlariga ko’ra, h’ar sekuntda atmosferaga 200 tonnadan
ortiq SO
2
gazi chiqarilmoqda va 750 t. unumdor tuproq qatlami yo’qotilmoqda; h’ar kuni 47 ming ga o’rmon buziladi, 346 ming
ga erlar cho’lga aylanadi; taxminan 100 - 300 tur o’simlik yo’qolyapti.
Tabiatga ta’sirning kuchayishi ah’oli sonining keskin oshishi bilan h’am bevosita bog’langan. Er yuzida XX asr boshida 1
miliard 600 mln. kishi yashagan bo’lsa, 1960 yilda ularning soni 3 miliardga etgan va XXI asr bo’sag’asida ah’oli soni 5,7 miliard
kishidan ortgan.
Ekologik inqirozning oldini olish - tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof - muh’itni ifloslanishdan saqlash va
demografik muammolarni xal qilish bilan bevosita bog’liqdir.
Fan - texnika revolyutsiyasi urbanizatsiya jarayonining jadallashuviga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: