Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Atrof  muh’it  ifloslanishining  sotsial  –  iqtisodiy  oqibatlari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Atrof  muh’it  ifloslanishining  sotsial  –  iqtisodiy  oqibatlari. 

İnson faoliyati natijasida bitta korxona chiqindilari bilan 

atmosfera, daryo, ko’l ifloslanishi va h’atto o’rmonlar yo’qolib ketishi mumkin. Bu lokal (mah’alliy) ekologik mummolariga misol 

bo’la  oladi.  Foydali  qazilmalarni  qazib  olish  va  ularni  qayta  ishlash  natijasida  dengizlar,  suv  h’avzalari,  shah’arlarning  tabiiy 

muh’iti ifloslanishi, h’ududlarning buzilishini h’ududiy (regional) ekologik muammolar tarzida qarash mumkin. 

Ammo  insonning  xo’jalik  faoliyati  yanada  global  xarakterga  ega  bo’lib  borib,  biosferada  kechadigan  jarayonlarga  ancha 

katta ta’sir ko’rsata boshlaydi. 

İnsoniyat  biosferadagi  qator  jarayonlarning  borishini,  xususan,  qator  elementlar  migratsiyasi  va  kimyoviy  aylanshini 

sezilarli darajada o’zgartirib  yubordi. Hozirgi vaqtda, garchan juda sekinlik bilan bo’lsa-da, butun biosferada sifatiy va  miqdoriy 

jih’atdan qayta qurish yuz bermoqda. Endilikda yaqin vaqtlarda h’al etilishi zarur bo’lgan qator murakkab ekologik muammolari 

yuzaga keldi. 

So’ngi yillarda olimllar atmosferaning azon qatlamining yupqalashib, emirilib borayotganini bot - bot ta’kidlashmoqdalar. 

Xolbuki  azon  qatlami  ultrabinafsha  nurlarining  zararli  ta’siridan  tirik  jonzotlarni  h’imoya  qiladi.  Bu  jarayon  ayniqsa  sayyoramiz 

kutblarida  tez  kechmoqda.  U  erda  "azon  tuynigi"  h’osil  bo’lishi  kuzatilmoqda.  Ultrabinafsha  nurlar  ta’sirida  kislorod  (O

2



molekulalari erkin atomlarga parchalanadi. Ular o’z navbatida kislorodning boshqa molekulalariga birikib, ozon (O



3

) h’osil qiladi. 

Kislorodning  erkin  atomlari  azon  molekulalari  bilan  reaktsiyaga  kirishib,  kislorodning  ikki  molekulasini  h’osil  qiladi.  Shunday 

qilib, kislorod va azon o’rtasida muvozanat o’rnatiladi va ta’minlanadi.  

Biroq  freon  tipidagi  ifloslantiruvchilar  azonning  parchalanish  jarayonini  tezlashtiradi.  Bu  kislorod  va  azon  o’rtasidagi 

muvozanatni  buzadi,  ya’ni  azon  kontsentratsiyasi  kamayadi.  Butun  sayyora  miqyosidagi  xavf  -  xatarni  e’tiborga  olib,  xalqaro 

jamoatchilik  bu  muammoni  h’al  etishga  dastlabki  qadamlarini  qo’ydi. 1999 yilda  freon  ishlab  chiqarishni  yarim  barovar 

kamaytirish borasida xalqaro shartnoma imzolandi. 

"Parnik effekt" - atmosferada temperaturaning ortishidir. Yangi ma’lumotlar bo’yicha, XX asrning 80 yillarida XIX asrning 

oxiridagiga qaraganda shimoliy yarim sharda h’arorat 0,5 - 0,6 

o

S ga ko’tarilgan. Bashorat bo’yicha XXI asr boshlarida sayyoradagi 



o’rtacha  h’arorat  yana  1,2 

o

S ga  ko’tarilishi  mumkin. Olimlar  h’aroratning  bu  tarzda  ko’tarilishini  birinchi  navbatda  atmosferada 



karbonat angidrid gazi va aerozol (freon)lar miqdorining ortishiga bog’lab tushuntiradilar. Bunda Erning issiqlik nurlanishini h’avo 

kuchli yutadi. Buni parnikdagi h’olatga o’xshatish mumkin. Ravshanki, bunday "parnik effekti"ning yaralishida TETs va AESdan 

ajraluvchi issiqlik h’am ma’lum rol o’ynaydi. 

İqlimning  isishi  muzliklarning  intensiv  erishi  va  dunyo  okeani  sath’ining  ko’tarilishiga  olib  kelishi  mumkin.  Buning 

oqibatida yuzaga keladigan o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish qiyin. 



 

54 


Ayni muammoni karbonat angidrid gazi va boshqa ifloslantiruvchilarning atmosferaga tarqalishini kamaytirib va tabiatdagi 

uglerod aylanishida muvozanatni ta’minlab h’al etish mumkin. O’rmonlarning yalpi tarzda yo’qolishi - h’ozirgi zamondagi global 

ekologik muammolardan biridir. 

O’rmon  turkumlari  tabiiy  ekosistemalarning  normal  "ishlashi"da  muh’im  rol  o’ynaydi.  Ular  antropogen  asosda  kelib 

chiqqan atmosferadagi iflosliklarni yutadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, sirtqi suvlarning normal oqimlarini tartibga soladi, tuproq 

suvlari darajasi pasayishiga, daryolar, kanallar va suv h’avzalarining qurib qilishiga to’sqinlik qiladi. 

O’rmon  maydonlari  kamayishi  biosferada  uglerod  va  vodorod  aylanishi  jarayonini  buzadi.  O’rmonlarning  yo’qolishi 

ularning  flora  va  faunalari  xilma  -  xil  turlarining  h’alok  bo’lishiga  olib  keladi. 

İnson  o’rmonlarni  yo’qotib,  o’z  sayyorasi 

qiyofasining manzarasini tobora qashshoqlashtirmoqda. 

Oltingugurt  ikki  oksidi  va  azot  oksidi  yuzaga  keltiradigan  kislota  yomg’irlari  ekosistemalarga,  ayniqsa  o’rmonlarga  katta 

zarar  keltiradi.  Kislota  yomg’irdan  katta  yaproqli  daraxtlardan  ko’ra  nina  barglilari  ko’proq  zarar  ko’rishi  aniqlangan.  Kislota 

yomg’iri atrof - muh’itga boshqa zararli ta’sirlar h’am ko’rsatadi. 

İshlab chiqarish chiqindilari jiddiy ekologik muammoga aylandi. Hozirgi vaqtda atrof - muh’itni ifloslantiruvchi sanoat va 

qishloq  xo’jaligi  korxonalari  chiqindilari  midoqorini  kamaytirishga  h’arakat  qilinmoqda.  Bu  maqsadda  murakkab  filtirlar  ishlab 

chiqilmoqda va o’rnatilmoqda, qimmatbah’o tozalash qurilmalari tindirgichlar barpo etilmoqda. Ammo tajribalar ko’rsatadiki, ular 

garchan ifloslanish xavfini pasaytirsa-da, lekin muammoni butunlay h’al etishga yordam bera olmaydi. Ma’lumki, eng mukammal 

tozalash  ishlaridan  keyin  h’am,  tozalangan  oqova  suvlarda  10  % ga  yaqin  ifloslantiruvchi  moddalar  va  erigan  mineral  moddalar 

qoladi. Aftidan, muammoni chiqitsiz texnologiya ishlab chiqish va uni amalga joriy etish yo’li bilangina h’al etish mumkin. 

Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishda  agrotexnika  qoidalariga  va  o’g’it  solish  me’yorlariga  qat’iy  amal  qilish  muh’imdir.  

Chunki zararkunandalar va yovvoyi o’tlar bilan kimyoviy vositalar yordamida kurashish ekologik muvozanatning buzilishiga olib 

keladi. Bu krizisni bartaraf etish yo’llarini axtarish bir necha yo’nalishlarda olib borilmoqda. 

Qishloq  xo’jaligi  zararkunandalari  va  kasalliklarga  chidamli  o’simlik  navlarini  o’stirish  borasida  ishlr  qilinmoqda. Zararli 

h’asharotlarning  tabiiy  dushmanlari  ko’paytirilib,  biologik  ko’payish  usullari  borasida  katta  izlanishlar  olib  borilmoqda.  Faqat, 

h’asharotlarning  ma’lum  turlarining  biokimyoviy  sistemasiga  ta’sir  ko’rsatib  boshqa  organizmlarga  zarar  keltirmaydigan  yuqori, 

texnologiyali pereparatlar ishlab chiqilmoqda. 

Elektr  stantsiyalar  va  elektr  korxonalarida  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  murakkab  ekologik  muammolar  bilan 

bog’liqdir.  Energiya  zarurligi  -  insonning  asosiy  eh’tiyojlaridan  biridir.  Energiya  nafaqat  h’ozirgi  zamondagi  murakkab  inson 

jamoasining  normal  h’ayotiy  faoliyati  uchun,  balki  h’ar  bir  insonning  yashashi  uchun  h’am  juda  zarurdir.  Hozirgi  vaqtda  elektr 

energiya asosan gidroelektr stantsiyalar, issiqlik va atom elektr stantsiyalarda olinadi. 

Gidroelektrstantsiyalar yuzaki qaralganda tabiatga zarar keltirmaydigan ekologik toza karxona h’isoblanadi. Odamlar katta 

daryolarda  ko’plab  yirik  gidroelektrstantsiyalar  qurdi.  Endilikda  esa,  bu  yirik  inshootlarning  h’am  tabiat  va  insonga  katta  zarar 

keltirgani ma’lum bo’lib qoldi.  

Birinchidan,  daryoning  katta  tekisliklarida  to’g’onlar  qurish  suv  h’avzalari  ostida  katta  h’ududlar  -  foydali  erlar  qolib 

ketishiga olib keldi. Ko’plab odamlar o’z joylaridan ko’chirildi va yaylovlardan mah’rum bo’ldilar. 

İkkinchidan, daryolar to’sib qo’yilib, to’g’onlar baliqlar migratsiyasi uchun xalaqit berdi.  

Uchinchidan,  h’avzalarda  suv  to’planib  uzoq  turib  qoladi  va  sifati  pasayadi.  Suv  h’avzalarining  mustah’kamligi  kamayib 

borib, daryo va daryo yaqinida yashovchi organizmlarga xavf tug’diradi, ma’lum ta’sirlar ko’rsatadi. 

To’rtinchidan, mah’alliy suvning ko’payishi tuproq suviga ta’sir qiladi. Buning oqibatida esa erlarni suv bosishi, qirg’oqlar 

ko’chishi, h’ar xil eroziya sodir bo’lishi kuzatilmoqda. 

İssiqlik  elektrstantsiyalari  (İES)  h’am  mamlakatning  elektr  energiyaga  bo’lgan  eh’tiyojlarini  qondirishda  muh’im  o’rin 

to’tadi. Ko’mirda ma’lum darajada radioaktivlik xususiyati mavjudligini h’amma h’am bilavermaydi. 

İESda  katta  miqdorda  yoqilg’i  yonadi  va  ko’p  miqdorda  radioaktiv  chiqindilar  h’avoga  chiqadi.  Shuningdek,  organik 

yoqilg’ilar yonishi tufayli h’am tabiatga juda ko’p zarar keltiriladi. 

İESda yonilg’i sifatida mazut va gazdan foydalaniladi. Ekologik nuqtai nazardan suyuqlik va ayniqsa gaz bilan ishlaydigan 

energetik qurulmalar qattiq yoqilg’ilar bilan  bilan ishlaydiganlariga qaraganda tozaroq h’isoblanadi. 

İESlarni gaz bilan ishlashga 

o’tkazish energetik qurilmaning 

FİK ancha oshiradi va ekologik h’olatni yaxshilaydi. 

Atom  -  energetik  stantsiyalari  oddiy  elektr  stantsiyalarga  nisbatan  ekologik  jih’atdan  ancha  toza.  Ammo  ular  ancha 

xavflidir. Buni Chernobil atom elektr stantsiyasida ro’y bergan h’alokat isbotlaydi. 

Shunday qilib, energetika, aftidan, insoniyat oldiga h’al etilishi lozim bo’lgan muammolar qo’yadi. Bu muammolarni  h’al 

etish borasida bir necha yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda. 

Ekologlar  noananaviy,  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanishning  istiqbolli  ekanini  ta’kidlaydilar.  Bular, 

eng  avvalo,  quyosh  va  shamol  energiyasi,  er  bag’rining  issiqligi,  okeanning  mexanik  va  issiqlik  energiyasidir.  Mamlakatimizda 

quyosh (issiqlik) energiyasidan foydalanish borasida katta ishlar  qilinmoqda. 

Radioaktiv  ifloslanish  boshqa  ifloslanishlardan  ancha  farq  qiladi.  Radioktiv  nuklidlar  -  bu  nobarqaror  kimyoviy 

elementlarnig yadrosidir. Ular o’zlaridan zaryadli zararlar chiqaradi va qisqa to’lqinli elektromagnit nurlanishlar tarqatadi. 

Aynan  xuddi  ana  shu  zarralar  va  nurlanishlar  inson  organizmda  turli  xastaliklar,  xususan,  nurlanish  kasalligi  keltirib 

chiqarishi mumkin. 

Biosferada h’amma joyda radioaktivlikning tabiiy manbalari mavjud. 

İnson h’am boshqa tirik organizmlar singari h’amisha 

tabiiy nurlanishlarga duchor bo’ladi. Tashqi nurlanish kosmosdan tarqalgan nurlar va atrof - muh’itda mavjud bo’lgan radioaktiv 

nuklidlar h’isobiga sodir bo’ladi. 

İchki nurlanishni h’avo, suv va oziq moddalari orqali inson organizmiga kirib qolgan radioaktiv 

elementlar keltirib chiqaradi. 

Eng  xatarlisi  biosferaning  anropogen  radioaktiv,  ya’ni  inson  faoliyati  natijasida  ifloslanishidir.  Hozirgi  vaqtda  radioaktiv 

elementlardan  turli  soh’alarda  keng  foydalaniladi.  Ularning  saqlashda  va  tashishdagi  e’tiborsizliklar  tufayli  jiddiy  radioaktiv 

ifloslanishlar yuz beradi. 



 

55 


Chernobil  atom  stantsiyasidagi  portlash  tufayli  yadro  yoqilg’isining  atigi  5  %  atrof  -  muh’itga  tarqalgan  edi.  Bu  ko’plab 

kishilarning nurlanishiga sabab bo’ldi. Katta h’udud radiatsiya bilan shu darajada ifloslanadiki, u joylarda yashash salomatlik uchun 

xavfli bo’lib qoldi. Radiatsiya h’alokat joyidan yuzlab va minglab kilometr uzoqlikka tarqaldi. 

Hozirgi  vaqtda  h’arbiy  sanoat  va  atom  elektr  stantsiyalari  chiqindilarini  to’plash  va  saqlash  keskin  muammo  bo’lib 

bormoqda.  Har  yili  ular  borgan  sari  atrof  -  muh’it  uchun  katta  xavf  -  xatar  tug’dirmoqda.  Shunday  qilib,  yadro  energiyasidan 

foydalanish insoniyat oldiga yangi jiddiy muammolar qo’ydi. 




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish