4.3. Modulyatsiya haqida ma’lumot
Informatsiyani uzoq yo’lga uzatish yuqori chastotali gormonik tebranish yordamida amalga oshiriladi
Elektromagnit tebranishi effektiv uzatishi va qabul qilishi uchun antenna qurilmasining geometric o’lchami uzatilayotgan tebranishning to’lqin uzunligi tartibida bo’lishi kerak. Masalan, chastotasi 1000 Hz bo’lgan elektromagnit tebranishni tarqatish (qabul qilish) uchun antennaning uzunligi 300 km.ga yaqin bo’lishi kerak. Tabiiyki bunday antennani yasash mumkin emas
Informatsiya uzatishda yuqori chastotali tebranishdan foydalanish, antenna o’lchamini qisqartirish, tebranishlarni bir-biridan farqlash va boshqa radiotexnik muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi..
Umumiy ko’rinishda yuqori chastotali gormonik tebranish quyidagicha yoziladi:
Bunda uning amplitudasi -А, chastotasi - va boshlang’ich fazasi o’zgarmas bo’lsa, (4.12) ifoda sof gormonik tebranishdan iborat bo’lmaydi. Agar ulardan biri uzatilishi zarur bo’lgan xabar qonuniyati bo’yicha o’zgartirilsa, 6(5) tebranish informatsiyaga ega bo’ladi va modulyatsiyalangan tebranishga aylanadi. Shunga ko’ra tebranishlar modulyatsiyasi deganda, yuqori chastotali tebranishning biror parametrini past chastotali tebranishning o’zgarish qonuni bo’yicha boshqarishga aytiladi.
Yuqori chastorali tebranishning qaysi parametri boshqarilayotganiga qarab, modulyatsiya jarayoni amplitudali va burchak modulyatsiyasiga ajratiladi.Burchak modulyatsiyasi esa, o’z navbatida, chastotali va fazali modulyatsiyaga bo'linadi.
Yuqori chastotali tebranishning chastotasi toshish chastotasi deb, past chastotali tebranishning chastotasi esa, modulyatsiyalovchi chastota deb ataladi. Modulyatsiyaning barcha turi uchun >> tengsizlik o’rinli.
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan modulyatsiyalashning yangi turlari ham vujudga keldi. Masalan, impulsli modulyatsiya. Uni yana impulsli manipulyatsiya deb ham ataydi. Impulsli modulyatsiya ham gormonik tebranish modulyatsiyasi kabi impulslar ketma-ketligining zarur axborotining o’zgarish qonuniyati bo’yicha boshqariladi. Masalan, impulslar ketma-ketligining amplitudasi bashqarilsa, amplitude-impulsli modulyatsiya (AIM) deb, davom etish vaqti o’zgartirilsa, davom etish vaqti bo’yicha modulyatsiya (DIM) deb, takrorlanish chastotasi o’zgartirilsa, chastotali-impulsli modulyatsiya (CHIM) deb ataldi. Agar boshqa parametrini o’zgartirilsa, modulyatsiya unga mos nom bilan ataladi.
Modulyatsiya jarayoni chiziqli bo’lmagan zanjirda amalga oshiriladi va modulyatsiyalangan tebranish konturi yrdamida ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |