turida, II va III bosqichlari esa boshqa turida o’tadi. IV bosqich (ya’ni
bazidial
bosqich) parazitik bosqich emas va bazidiyalar xo’jayin o’simlik to’qimalarida hosil
bo’lmaydi. Zang zamburug’ining telio- (va uredinio-)
bosqichi rivojlanadigan
o’simlik
asosiy xo’jayin o’simlik
, spermagonial va esial bosqichlari rivojlanadigan
o’simlik esa
oraliq xo’jayin o’simlik
, deb ataladi.
Zang kasalligi qo’zg’atuvchisining rivojlanish sikli faqat bitta o’simlik turida
yakunlansa, bunday zamburug’lar
Auto-formalar, yoki
yakka xo’jayinli turlar
,
deb
ataladi.
Uredinales
tartibi turlarining aksariyati geterotallik bo’lib,
ular rivojlanish
sikllarini yakunlashi uchun ikki xil jinsga mansub bo’lgan jinsiy a’zolari mavjud
bo’lishi talab etiladi.
15.1-jadval
.
Zang zamburug’lari rivojlanish sikllarining shakllari
(Myuller, Lyoffler, 1995 va b.)
Zamburug
’
formasi
Sporalash bosqichlari
Mavjud
Mavjud
emas
Eu-
0, I, II, III,
IV
-
Brachy-
0, II, III, IV
I
Hemi-
II, III, IV
0, I
-opsis
0, I, III, IV
II
Micro-
III, IV
0, I, II
Lepto-
III, IV
0, I, II
Uredo
II
0, I, III, IV
Endo-
I, IV
0, II, III
Aecidium
I
0, II, III, IV
Izohlar
. 1) Eu- va –opsis shakllari, mutanosib ravishda, AQSh
klassifikasiyasining makrosiklik va demisiklik formalariga to’g’ri keladi. 2) Micro-
va Lepto- formalarining farqi shundaki, ularning birinchisida teliosporalar
faqat
tinim davridan keyin, ikkinchisida esa hosil bo’lishi bilan darhol, tinim davrini
o’tmasdan, o’sadi.
Mikrosiklik turlarning barchalari, tabiiy, yakka xo’jayinli turlardir. Ular har xil
xo’jayinli va rivojlanish sikli murakkab bo’lgan turlardan kelib chiqqanligi taxmin
qilingan. Rus mikologi V. G. Transhelning faraziga ko’ra zang zamburug’ining
dastlabki (ona) turida rivojlanish sikli qisqarishi jarayoni uning I va II bosqichlari
hamda asosiy xo’jayini yo’qotilishi hamda III bosqichi
oldingi esial bosqichi
xo’jayinida rivojlanishga o’tishi kuzatiladi. Bu gipoteza ko’p marta tasdiqlangan va
hozir
Transhel qonuni
, deb ataladi.
Haqiqatan, mikrosiklik
turlarning teliyalari
odatda faraz qilingan ona turning esiylari kabi faoliyat ko’rsatadi, ya’ni, o’simlik
to’qimalarida esiylar kabi guruhlarda hosil bo’ladi va, agar esial miseliy sistemali
bo’lsa, telial miseliy ham sistemali rivojlanadi. Ba’zi
mikrosiklik turlarning
teliosporalari ham tashqi ko’rinishidan esiosporalar bilan bir xil, ammo o’sganida
ular murtak gifalarni emas, balki bazidiya va bazidiosporalarni hosil qiladi (bunday
mikrosiklik turlar endosiklik zang zamburug’lari, deb ataladi).
Do'stlaringiz bilan baham: