Bazidioomikota filumi. Uredinales tartibi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana14.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#951328
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
18-мавзу

gipersezuvchanlik 
reaksiyasiga – ya’ni, xo’jayin o’simlik hujayralari 
tez nobud bo’lishiga olib keladi. Gipersezuvchanlik reaksiyasi xo’jayin o’simlik 
to’qimalarida qurollanmagan ko’zga kichik dog’chalar shaklida ko’rinadi. Zang 
zamburug’lari biotrof organizmlar bo’lib, ular ozuqani xo’jayin o’simlikning faqat 
tirik hujayralaridan olishi mumkin, shu sababdan zang zamburug’i kirgan hujayra 
darhol nobud bo’lishi parazit o’sha o’simlikda o’rnashib olishiga yo’l qo’ymaydi. 
Ammo gipersezuvchanlik asosli chidamlilikning tabiatda umri qisqa bo’ladi, chunki 
patogenning yangi irqlari bunday chidamlilikni oson yengadi. Shu sababdan zang 
bilan ishlaydigan seleksioner olimlar g’alla ekinlarining zang kasalliklariga qarshi 
«zang sekin rivojlanishi» hodisasidan foydalanishadi. Chidamlilikning bu xilida 
o’simliklar zang bilan zararlanish chastotalari kamayadi, latent davr uzayadi, 
urediniyalarning o’lchami va ular ichida hosil bo’ladigan sporalar soni kamayadi va 
o’suv davrida ularning patogenga chidamli bo’lgan davr muddati kamayadi. Bunday 
chidamlilikka ega bo’lgan o’simliklar zang bilan past darajalarda zararlanaveradi, 
ammo kasallik tufayli yo’qotiladigan hosil miqdori o’ta yuqori bo’lmaydi hamda 
patogenlarning bunday chidamlilikni yengadigan yangi irqlari hosil bo’lishi ancha 
uzoqroq vaqt oladi. 
Bug’doyni zang kasalliklaridan himoya qilish juda muhim, chunki ular katta 
maydonlarga tez tarqalib, hosilga o’ta jiddiy zarar yetkazadi. O’zbekistonda 
bug’doyda keng tarqalgan zang turlari va ularga qarshi kurash choralari haqida 
batafsil ma’lumotlar ilmiy adabiyotlarda mavjud (Xasanov, 2007; Hasanov, 
Ochilov, 2010). 
Zang zamburug’larining klassifikasiyasi. 
Uredinales 
tartibi turlari 
molekulyar usullar yordamida tadqiq qilingan va ayrim muhim natijalar olingan. 
Ammo ular yetarli emas va olimlar orasida bu tartibni oilalarga bo’lish masalasida 
kelishuv yo’q. Ba’zi mualliflar bularni ikki oilaga bo’lsa, boshqalari 14 oilaga 
bo’lishgan. Zang zamburug’larining sistematikasi ularning teliosporalari (va 
esiylari) ning tuzilishi hamda xo’jayin o’simliklarga nisbatan ixtisoslashishiga 
asoslanadi. 


Mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida olimlar bu tartibni 
Pucciniaceae 
va 
Melampsoraceae 
oilalariga bo’lishadi. 
Pucciniaceae 
oilasida teliosporalar 
oyoqchali, 
Melampsoraceae 
oilasida ularning oyoqchalari yo’q va yon tomonlari 
bilan yopishib, po’stloq yoki ustuncha shaklida bo’ladi. 
Pucciniaceae 
oilasiga 
Puccinia, Uromyces, Phragmidium, Gymnosporangium, Hemileia 
va b. turkumlar, 
Melampsoraceae 
oilasiga 
Uredinopsis, Thecopsora, Cronartium, Coleosporium, 
Melampsora 
va b. turkumlar kiradi. 
Zang zamburug’larining polimorfik rivojlanish sikli ularni klassifikasiya 
qilishni o’ta murakkablashtiradi. Ko’p turlarning nojinsiy bosqichi jinsiy bosqichiga 
nisbatan ko’p uchraydi, teliosporalari bo’lmagan turlarni esa klassifikasiyalash 
qiyin. Undan tashqari, har xil xo’jayinli turlarning teliosporalari va esiosporalari 
boshqa- boshqa o’simlik turlarida uchrashi yana qiyinchilik tug’diradi. Shu 
sababdan mikologlar 


sun’iy «Takomillashmagan zang zamburug’lari» (
Uredinales Imperfecti
) guruhini 
tuzishgan va unga teliosporalari topilmagan esial va uredinial turkumlarni 
vaqtinchalik kiritishgan. Esiy bosqichlari bo’lgan 
Caeoma

Aecidium

Peridermium 
va 
Roestelia 
formal turkumlari bir-biridan peridiylarining belgilari asosida 
ajratilgan. Ammo bularning aksariyatining teliosporalarini hyech qachon topib 
bo’lmaydi, chunki ular evolyusiya jarayonida deyarli to’la yo’qotilgan. Ularning 
boshqa, teliya bosqichi ma’lum bo’lgan turlarga qarindoshligi bo’lishini hozir faqat 
molekulyar metodlar yordamida aniqlash mumkin. 
Caeoma 
(15.2, A-rasm) formal turkumi turlarining esial bosqichining 
peridiylari yo’q. Sporalari odatdagiday xo’jayin o’simlik to’qimasi ichida ikki 
yadroli hujayralarning bazal qatlamidan rivojlanadi va keyinchalik epidermisni 
yorib, ochiladi. Esiosporalar to’dasi tashqariga ochiladi, ammo ularning ustida 
qobig’i bo’lmaydi. 
Aecidium 
(15.2, B-rasm) tipida esiylar likopcha shaklli, 
peridiylari to’qima ustiga cho’zilib, bo’rtib chiqmaydi. 
Roestelia 
(15.2, C-rasm) 
tipida likopcha shaklli esiylarning peridiylari to’qima yuzasidan ancha masofaga 
bo’rtib chiqqan uzun peridiyga ega, u bukilib yoki yirtilib, spora zanjirchalari 
atrofida popuklar shaklida joylashadi. 
Peridermium 
(15.2, D-rasm) tipida 
esiylarning peridiysi katta va bo’rtiq shaklli. U ko’pincha oq yoki krem tusli, 
o’simlik to’qimalari ustida qog’ozday yupqa holda hosil bo’ladi. 
Esial bosqichlarning ushbu formal turkumlari teliosporalari mavjud bo’lgan 
zang zamburug’lari rivojlanishi siklining muayyan bosqichlari bilan korrelyasiya 
qiladi. Masalan, 
Peridermium 
tipining 
Melampsoraceae 
oilasi turlarining 
teliosporalari bilan aloqasi mavjud; 
Roestelia 
tipli esiylar 
Pucciniaceae 
oilasining 
Gymnosporangium 
turkumida ko’p uchraydi; 
Caeoma 
tipli esiylar ko’p hollarda 
Pucciniaceae 
oilasining 
Gymnoconia 
va 
Phragmidium 
turkumlari bilan korrelyasiya 
qiladi. Eng murakkab formal turkum 
Aecidium 
bo’lib, bunday tipli esiylar 
Pucciniaceae 
oilasining ko’p turkumlarida uchraydi
. Uredo 
formal turkumiga 
rivojlanish siklida faqat urediniya bosqichi mavjud bo’lgan taksonlar kiritilgan. 
Uredinales Imperfecti 
guruhi deyteromisetlar tarkibiga kiritilmagan va bu masala 
ko’tarilmagan ham, chunki ularning belgilari ular yaqqol zang zamburug’lari 
ekanligidan dalolat beradi. 
Zang zamburug’larining eng primitiv (oddiy) va qadimiy o’simlik turlarida 
parazitlik qiluvchi turlari ham eng primitiv turlar ekanligi haqida ilgari mavjud 
bo’lgan farazlar hozirgi davrda noto’g’ri va asoslanmagan, deb hisoblanadi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish